JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.6K photos
1.74K videos
5 files
8.27K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
HURMATLI FUQAROLAR!!!

Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Komplaens-nazorat» (ichki nazorat) xizmati Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

“KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAYLIK”
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#bilasizmi
QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI?
🔹ko‘chmas mulk ob`yekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔹ko‘chmas mulk ob`yektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔹ko‘chmas mulk ob`yektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔹ko‘chmas mulk ob`yektining toifasi o‘zgarganda;
🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Yerga oid imtiyozlar.
⚜️Dehqonchilik uchun bir gektargacha yer ijaraga beriladi.
⚜️“Huquqiy axborot (https://t.iss.one/huquqiyaxborot/10790)”da berilgan ma’lumotda ushbu imtiyoz tartiblari aniq ko‘rsatilgan.
#DavKadastrPalata #yerga_oid_imtiyozlar #info
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
🇺🇿Qomusimiz erkin va farovon hayotimiz kafolati!

🇺🇿8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

#Konstitutsiya #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Hususiy sektorda yana bir yangi yo‘nalish ish boshlashi uchun yo‘llanma berildi▫️

🧾Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4913-sonli qaroriga asosan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi faoliyati joriy etilgan.

💠Ushbu faoliyatni boshlashi uchun malaka imtihonini topshirganlarga Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan ilk shahodatnomalar topshirildi.

#DavKadastrPalata #shahodatnoma #hususiy_sektor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr_agentligi

🇺🇿 Республика бўйича, Қишлоқ хўжалиги ерлари 24 054 632 гектарни ташкил этади.

🗺 Шундан бугунга қадар 23 096 297 гектар ер майдонининг “Кадастр ва рўйхатдан ўтказиш интеграциялашган ахборот тизими”да электрон харитаси яратилган.

📝 Давлат рўйхатидан ўтказилган ер участкалари 21 784 395 гектарни ташкил этади.

📌 Фойдаланувчи сифатида ҳисобга олинган ер участкалари 1 059 391 гектардан иборат.

****************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🎬 “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining finalchilari aniqlab olindi.

🌐 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.

🎬 Tanlovga 20 dan ortiq materiallar kelib tushdi.

Agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqildi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olindi.

📌Yaqin kunlarda ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkaziladigan kun va uning ishtirokchilari to‘g‘risida batafsil maʼlumot beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ер ислоҳоти: 7,5 миллионта кўчмас мулк объектларининг архив ҳужжатлари рақамлаштирилди

👉 БАТАФСИЛ

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
🔊Hurmatli yurtimiz aholisi!

🔷Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.

👉 @Dkpuz_bot 👈

🔷Barcha savollaringizni mazkur botga yo‘llab, mutaxassislarimizdan javob olishingiz mumkin.

☝️Bundan tashqari, kadastr tizimi xodimlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan taqdiringizda ham ushbu botga murojaat qilishingiz mumkin.

🔷Botga yo’llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati

🏢 Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 26 267 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.

Xususan:

📝 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 25 676 nafar shaxs;

📍yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 239 nafar shaxs;

🏗 o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 85 nafar shaxs;

sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora ko‘rmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganligi uchun 12 nafar shaxs;

🏘 Tegishli ruxsat bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 237 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter