JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax #kadastr #yer_nazorati
Жиззах вилоятида 144,7 гектар ер майдонларидан ноқонуний фойдаланилаётганлиги аниқланди.
🏢Кадастр агентлигининг Жиззах вилояти бошқармаси тизимида фаолият кўрсатаётган инспекторлар томонидан ўтказилаётган хатловлар натижасида жорий йилнинг 13 сентябрь ҳолатига ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш бўйича 673 та ҳолатдаги 144,7 гектар ер майдонлари аниқланди.
Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган 144,7 гектар ер майдонининг 25,4 гектари уй-жой қуриш 1,9 нотурар жой қуриш, 106,9 гектари томорқа сифатида, 0,7 гектари балиқ ховузи қуриш,
9,5 гектари бошқа мақсадларни ташкил этмоқда.
Ўзбошимчалик билан эгалланган 673 та ҳолатнинг
157 та ерқонунбузилиши ҳолатлари жойида бартараф этилиши таъминланди.
🇺🇿Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг :
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Forwarded from Kadastr - Live
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 361 та
Андижон вилояти - 563 та
Бухоро вилояти - 673 та
Жиззах вилояти - 564 та
Қашқадарё вилояти - 937 та
Навоий вилояти - 217 та
Наманган вилояти - 453 та
Самарқанд вилояти - 733 та
Сурхондарё вилояти - 1 258 та
Сирдарё вилояти - 302 та
Тошкент вилояти - 925 та
Фарғона вилояти - 1 269 та
Хоразм вилояти - 621 та
Тошкент шаҳар - 379 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#seminar #davlat_tili

📚2021-yil 9-10-sentabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha biriktirilgan xodimlari ishtirokida ZOOM orqali o‘quv-seminar bo’lib o’tdi.

📖 Unda “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2021-yil 17-avgustdagi 165-sonida chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” maqolasi hamda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzulari bo‘yicha taqdimot materiallar bilan chiqishlar qilindi.

📌Keyingi bosqichda hududiy boshqarmalarning joylarda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislar tomonidan barcha xodimlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Бугун туғилган кун – Абдушукур Абдуллаев

Кадастр агентлиги директори ўринбосари, "Геоинновация" маркази директори, техника фанлари доктори Абдушукур Абдуллаев 1959 йил 13 сентябрь куни Тошкент шаҳрида туғилган.

📍 https://uza.uz/posts/301243

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
ТОШКЕНТ ШАҲРИ ЧЕГАРАЛАРИ ЎЗГАРТИРИЛМОҚДА

💠Олий Мажлис Сенатининг ўн саккизинчи ялпи мажлисида Тошкент вилоятининг Зангиота, Юқори Чирчиқ, Ўрта Чирчиқ ва Қибрай туманлари ҳамда Тошкент шаҳрининг Сергели, Бектемир, Мирзо Улуғбек ва Яшнобод туманларининг, шунингдек Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳри чегараларини ўзгартириш тўғрисидаги масала кўриб чиқилгани ҳақида хабар берган эдик.

💠Ялпи мажлисда муҳокама қилинган ушбу масала Сенат қарори билан Тошкент вилоятидан 7 853,3 гектар ер майдони Тошкент шаҳрига, Тошкент шаҳридан 171,3 гектар ер майдони Тошкент вилояти ҳудудига ўтказилаётганмоқда. Худуд ерларини қабул қилиб олиш жараёнлари бошланган.

💠Кадастр агентлиги Тошкент шаҳар бошқармаси мутасаддиларининг жойларга чиқиб ажратилаётган худудларни хатлов жараёнлари бўйича яна хабар берамиз.
#Xalq_bilan_birga
AHOLI MUROJAATLARI O'RGANILMOQDA

Kadastr sohasi bo'yicha aholi murojaatlarini o'rganish, ularning ijobiy va qonuniy yechimi borasidagi harakatlarni yanada rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli Farg'ona shahrida o'tkazildi. Unda aholi va tadbirkorlar sohaga oid masalalari bilan ishtirok etishdi.
Murojaatlarni Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i, Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i va mas'ullar qabul qilishib, ijro uchun belgilab olishdi.

Shuningdek, DXM mutasaddilari ham ishtirok etishib, aholining kadastr hujjatlarini tayyorlash tartibi borasida ma'lumotlar berib o'tishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
КАДАСТР ПАСПОРТИНИ ТАЙЁРЛАШ МУДДАТЛАРИ
(инфографика)

Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 2 сентябрдаги 535-сон қарорида белгиланган.

Telegram Instagram YouTube Facebook
DIPLOMATIC WORLD jurnali Kadastr sohasidagi islohotlarni dunyoga olib chiqdi.

Jahonning eng mashhur jurnallaridan biri DIPLOMATIC WORLD jurnali yaqinda O’zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan maxsus sonini chop etdi.

🌐 Jurnal rahbari Barbara Dietrich xonim tashrifi davomida Respublikamizda Kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham qiziqdi.
Agentlik xodimlari tomonidan Barbara Dietrich hamda Alberto Turkstrani qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Yakunda ular sohadagi islohotlarni alohida e’tirof etib bu haqda o’zlarining jurnallarida yozishlarini bildirishgan edi.

📌 Jurnalning 134-136 sahifalari ayni shu mavzuga bag’ishlangan.

DIPLOMATIC WORLD
jurnali vakillari Barbara Dietrich hamda Alberto Turkstralarga Kadastr agentligi nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusida yaqin hamkorlikda ishlashimizga ishonamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook