JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr_klinikasi

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🔰 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

📔 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

⌨️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

📩Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

▪️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

▪️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

⌨️Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📝Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni qanday olish mumkin!

Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

✏️Reglamentga asosan:

🟢ismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

🟢Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

🟢Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📑Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM