JIZZAX KADASTR
2.74K subscribers
16.4K photos
1.89K videos
5 files
9.07K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +998722267523

@Jizzax_kadastr_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев мева-сабзавотчилик ва озиқ-овқат тармоғини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития плодоовощной и продовольственной отраслей.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati

🌍YER NAZORATI TADBIRLARI OAV E'TIBORIDA

🌟 Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish borasida zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

📝 Yerdan foydalanishda qonuniylik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilayotgan ushbu tadbirlar natijalari joriy yilning yanvar oyida quyidagi OAV hamda tuman hokimliklarining ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritildi:

PAXTAKOR.UZ
ZARBDOR 24
ZARBDOR 24
Jizzax_pressa
Mirzacho'l tuman hokimligi rasmiy kanali
Zafarobod tumani hokimligi | Rasmiy
Шароф Рашидов туман хокимлиги

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
#huquqiy_savodxonlik

PROFILAKTIK UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA


🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis I. Mustafoyev, 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis B. Abduraimov tomonidan “Korrupsiya taraqqiyot dushmani” mavzusida tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

➡️Bu galgi tadbirda hududiy boshqarmalarning Forish tumani bo'lim va filialida faoliyat yurituvchi muataxassislarga tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.

📹Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar xususida soha xodimlari bilan erkin fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

🧊 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga
2024-yil 26.01-02.02.2024 kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📧 Jami kelib tushgan murojaatlar soni 91 ta

🧊Yer maydoni ajratish bo‘yicha 10 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 23 ta

✍️ Nizoli holatlar bo‘yicha 3 ta

✏️So‘rovnomalar 24 ta

📔 Boshqa masalalar bo'yicha 19 ta

🎨Kadastr xodimlari xatti xarakati ustidan3 ta

⌨️Kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq holatlar5 ta

🔰Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 4 ta

📝Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 91 ta murojaatdan 53 ta ijobiy hal qilingan 38 ta o'rganish jarayonida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#yer_nazorati
#Jizzax_shahri

🌟Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Sayxon MFY hududidan fuqaro Х. Sarimsakov tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurib olganligi aniqlangan.

✏️Holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati berilgan.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Jizzax viloyatida 2024-yil 2 383 mingdan ziyod kadastr pasporti shakllantirish uchun arizalar kelib tushgan.

👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) filiallari tomonidan joriy yilning 1- yanvardan 31- yanvargacha 1 652 ta kadastr pasporti shakillantirildi.

📝 Shakllantirilgan kadastr pasportlari hududlar kesimida tahlil qilinganida;

▪️Arnasoy tumani 51 ta;
▪️Baxmal tumani 264 ta;
▪️Do‘stlik tuman 57 ta;
▪️Zarbdor tumani 79 ta;
▪️Zafarobod tumani 70 ta;
▪️Zomin tumani 189 ta;
▪️Mirzacho‘l tumani 76 ta;
▪️Paxtakor tumani 64 ta;
▪️Forish tumani 38 ta;
▪️G‘allaorol tumani 152 ta;
▪️Sh.Rashidov tumani 297 ta;
▪️Jizzax shahar 275 ta;
▪️Yangiobod tumanida 40 ta Kadastr pasportlari shakllantirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✈️Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент раислигида ижтимоий соҳадаги устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

Соҳа учун масъул 13 та вазирлик ва идора ҳамда 223 нафар ҳоким ўринбосарлари бор.

Лекин таълим, тиббиёт, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларидаги ислоҳотларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда камчиликлар йўқ эмас.

Масалан, мактабгача ва мактаб таълимида эришилган катта ўзгаришлар билан бир қаторда боғча билан мактаб, мактаб билан коллеж ва олийгоҳ ўртасида узвийлик етарли даражада эмас.

Маҳалла раиси мактабда тарбия ва давомат масалалари, ота-оналар билан ҳамкорлик қилиш билан қизиқмаса, туман ҳокимлари, ёшлар ва ижтимоий масалага масъул ўринбосарлари мактабда маънавият ва спорт тадбирларини ташкил этишга эътиборсиз бўлмоқда.

Шу боис, ўтган ҳафта мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосарлар тайинланди. Уларнинг олдига таълим, тарбия ва маънавият бўйича мактабларга янги муҳит олиб кириш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги фаолиятига ҳам эътироз билдирди.

Профессионал таълим учун масъул идоралар кўпайиб кетгани учун тизим ривожланмаяпти. Иш берувчилар ва техникумлар ўртасида ҳамкорликни йўлга қўйиш зарур.

Олий таълимда қамров кескин ошди, соҳага хусусий сектор кириб келди. Лекин сифатга етарли эътибор қаратилмаяпти.

Масалан, талабаларнинг мустақил ишлаши учун муҳит барча олийгоҳларда ҳам бирдек намунали ташкил этилмаган. Аксарият коллеж ва техникумлар ҳам, олийгоҳлар ҳам иш берувчилар талаби билан ҳисоблашмайди. Айримларида дарслик ва адабиётлар етишмайди, бори ҳам бугунги талабларга жавоб бермайди.

Илм-фан ва инновацияларга етти йилда 6 триллион сўмдан зиёд маблағ ажратилди. Лекин илм-фанда “харажат – тадқиқот – маҳсулот” деган формула ишламаётгани қайд этилди.

Умуман, айрим ректорларда ташаббус, интилиш, фидойилик етишмаётгани кўрсатиб ўтилди. Шу боис, олий таълим, фан ва инновациялар бўйича янги вазир тайинланиб, унинг олдига профессионал ва олий таълимда кескин ўзгариш қилиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Тиббиётда ҳам камчиликлар етарли.

Сўнгги етти йилда тизимда 7 та вазир алмашди, лекин соҳани рақамлаштириш, тиббий суғуртани жорий қилиш суст кечмоқда.

Республика марказлари билан бирламчи бўғин ўртасида интеграция йўқлиги қайд этилди.

Бош вазирга муҳокама қилинаётган соҳаларда вазирлар, вазир ва ҳоким ўринбосарлари фаолияти бўйича таклифларни киритиш, ҳар бири билан бир йиллик контракт тузиб, KPI белгилаш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Президент мактабгача ва мактаб таълимидаги ишлар аҳволини таҳлил қилиб, келгуси режаларни белгилаб берди.

Ислоҳотлар натижасида мактабгача таълимда қамров 74 фоизга етди. 2016 йилда бу кўрсаткич 27 фоиз эди. Бу йил давлат боғчалари қуввати яна 10 минг ўринга, хусусий боғчаларда 50 минг ўринга оширилади.

Лекин баъзи чекка қишлоқларда боғча ҳали йўқлиги сабабли ҳамма болалар ҳам мактабгача таълим билан қамраб олинмаган, айрим туманларда боғча етарли бўлишига қарамай, қамрови ўтган йилга нисбатан бироз камайган.

Хусусий боғчаларда болалар ҳисобини юритиш рақамлаштирилмоқда, лекин давлат боғчаларида бу жараён ҳали бошланмаган.

Шу муносабат билан Мактабгача таълим агентлигига боғчаларда бюджет маблағларидан самарали фойдаланиш бўйича тизим яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X