JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🔨JIzzax viloyatidagi E-auksion.uz platformasi orqali ko'chmas mulklarni sotib oling!

📹 131 ta noturar joy obyektlari (ko'rish)
📹 106 ta davlat obyektlari (ko'rish)
📹 38 ta ko'p qavatli turar-joylar ( ko'rish)
📹 3 ta turar-joy uchastkasi, hovli (ko'rish)
📹 6 ta qurilishi tugallanmagan binolar (ko'rish)
📹 12 ta qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar-joylar (ko'rish)
📹 3 ta "Avtogazta'minot" MCHJga qarashli aktivlar (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika

👍Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi tuman-shahar filiallari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan jami 15915 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.

Batafsil Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #kitobxonlik

“O‘ZIMDAGI BARCHA YAXSHI XISLATLARIM UCHUN KITOBDAN MINNATDORMAN”

📖 Kitob bebaho boylik ekani barchamizga ma’lum. Birorta san’at turini televideniye va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o‘rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. “O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o‘z davridagi allomalardan biri.

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘lim (filial) xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida haftaning payshanba kunida kitob mutolaasi soati yo‘lga qo‘yilgan.

📚Ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Shunday ekan, keling, birga kitob o‘qiymiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

➡️Yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

➡️binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

➡️ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

➡️qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

➡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 11-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahri #Yer_nazorati

➡️Noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish davom etmoqda

🌟Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshlig‘i N.Sidikov, viloyat prokuraturasining Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limi boshlig‘i M.M.Otaqulov hamda 🌟Kadastr agentligining Jizzax shahar bo‘limi boshlig‘i B. Normatovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.02.2022 yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

📹Tadbirlar davomida Jizzax shahrining Yoshlik va Bunyodkor MFYlaridagi bir qator yer qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

✍️Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari berilgandan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta’minlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🧊 Huquq egasi - ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

📝Servitut - begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati bo'lib otdi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🌎 HAR BIR QARICH YER HISOBLI

🎞Ushbu video Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida yer qonunbuzulish holatlari va ko'rilgan choralar, natijalar haqida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Yer_nazorati #Jizzax

📊Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar to‘g‘risida (2023-yil 1-oktabr holatiga) MA`LUMOT

🔽Jizzaxda yer va kadastr sohasi bo'yicha jami 1382 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

▶️ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning

😎60-modda 2-qismi bilan 172 ta,
😎60-moddasi 3-qismi bilan 209 ta,
😎60¹-modda bilan 1 ta,
😎68-moddasi 1-qismi bilan 220 ta,
😎68¹-moddasi bilan 780 tani tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Jizzax #Yer_hisobi #Uzkad

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi hududiy tuman(shahar) filiallari mutaxassislari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

➡️ Unda UzKad dasturiga kiritilgan yer maydonlarini hisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritilishi, dasturga kiritilgan yer fondi toifalari va ularning yer turlaridagi xato va kachiliklarni qayta ko‘rib chiqish hamda bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.

🟢 Shuningdek, yer hisobini yurituvchi mutaxassilarning UzKad dasturida rollari bo‘yicha kelib tushayotgan arizalarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish va ijrosi to‘liq ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM