JIZZAX KADASTR
2.74K subscribers
16.5K photos
1.91K videos
5 files
9.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +998722267523
Download Telegram
#bizning_manzillar #Jizzax_shahar

📍Kadastr agentligi Jizzax viloyati Jizzax shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati Jizzax shahar filiali

Bo‘lim boshlig‘i – Normatov Bobur Norpo‘lat o‘g‘li
Filial rahbari - Ergashev Sardor Burxonovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Amur Temur ko‘chasi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi qanday?

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔻 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔻 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-modda.

Telegram I Instagram I Facebook
#Live #8mart

💐“Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!!!”

🌷Aziz ayollar, onajonlar, opa-singillar! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Siz borsiz - olam munavvar. Borligingizning o‘zi bir baxt. Shu baxt aslo zavol topmasin. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.🌹

🌺Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Har vaqt oilangiz, yaqinlaringiz, Sizni sevguvchilar va qadrlaganlar uchun tabassum ila yashang, munisa jonlar..!💐

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:                                                                                                                               Telegram I Instagram I Facebook
8-mart Xalqaro xotin- qizlar kuni keng nishonlandi

🎺Mo‘tabar ayollarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etish maqsadida bugun sohadagi ayollar va latofatli qizlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mamasiyayev va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar ishtirok etib, barchani ayyom bilan qutlashdi.🌸🌸

💐💐Tadbir davomida soha ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ayollar munosib taqdirlandilar.💐💐

🎼Bayram tadbirida konsert dasturlari hamda kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:                                                                      Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ayollar
!!!

Ayol borki go‘zallik yashar,
Ayol borki olam munavvar,
Ayol borki hayot muqarrar,
Ayol borki tabiat yashnar.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERGA BO'LGAN MULKCHILIK

Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 16-modda.

👇Xabardor boʼlish uchun:👇 Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_atamalari

🛣Yer kadastri – bu yer uchastkalari haqida ma’lumotlar yig‘indisi. U kitob tarzida, kartoteka yoki ma’lumotlar tizimi tarzida tuziladi.

📉Yer kadastrida, yer uchastkalari tartib raqamlari, tavsifi, yer egalari haqida ma’lumotlar to‘plangan bo‘ladi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

Amaldagi tartibga ko‘ra, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi (https://lex.uz/docs/4135063):
🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;
🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;
🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#Tadbir
#Kadastr
#Jizzax

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Sidikov ishtirokida tanqidiy tahliliy yig'ilish o'tkazildi.
Unda boshqarma xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurash va uning oqibatlari, tashkilotning ichki tartib-qoidalariga rioya etish, jamoa o‘rtasida va fuqarolar bilan ishlash vaqtida o‘zini va o’zganing haq-huquqlarini hurmat qilish, ish jarayonida xushmuomalalik qilish kerakligi to‘g‘risida fikr yuritildi.
Faoliyati davomida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga ta'sirchan choralar ko'rish yuzasidan mas'ullarga topshiriq berildi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
11-mart (shanba) — barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoni bilan 11-mart shanba dam olish kuni 20-mart dushanba kuniga ko‘chirilgan.

Shu munosabat bilan 11-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qat’iy nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
📣📣DEHQONCHILIK XO'JALIGI YERLARIGA TANLOVLAR DAVOM ETMOQDA....

Jizzax viloyatidan 1026 та dehqon xo'jaligi yerlari
e-auksion.uz platformasida.

DEXQON XO'JALIGI YERLARI
Arnasoy tuman 77 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Baxmal tuman 9 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
G'allarol tuman 14 ta LOT 👉🏼(ko'rish)
Sh.Rashidov tuman 101 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Do'stlik tuman 7 ta LOT 👉🏼(ko'rish)
Zomin tuman 22 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Zarbdor tuman 52 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Mirzacho'l tuman 178 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Zafarobod tuman 178 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Paxtakor tumani 127 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Forish tuman 232 ta LOT👉🏼 (ko'rish)
Yangiobod tuman 29 LOT 👉🏼(ko'rish)

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🔰Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, qonunga muvofiq - https://lex.uz/docs/5580329:
♻️BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima, yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash, yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash, yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Telegram I Instagram I Facebook
▪️Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz▪️

Jamiyatimizda ildiz otgan korrupsiya va tanish bilishchilik kabi salbiy illatlar hamda mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida Komplayens nazorati mutasaddilari boshchiligida muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

◼️ Mazkur haftada ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▪️Farg‘ona viloyati
▪️Namangan viloyati
▪️Jizzax viloyati
▪️Qashqadaryo viloyati
▪️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook