JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.8K photos
1.75K videos
5 files
8.35K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд саммити доирасида манзарали ва мевали дарахтлар экилди

Куни кеча, Туркий давлатлар ташкилотининг Самарқанд саммити доирасида яна бир хайрли ишга қўл урилди – барча иштирокчи мамлакатларда дарахт экиш маросими ўтказилди.

Маълумки, ташкилотда бугунги куннинг энг долзарб муаммоси бўлган экология масалаларига алоҳида аҳамият қаратилиб, табиатни асраш бўйича амалий чоралар кўрилмоқда.

Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан “Яшил макон” дастури амалга оширилмоқда. Бундай лойиҳалар Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркия, Туркманистон ва Венгрияда ҳам бор.

Хусусан, Самарқанд саммити доирасида Ўзбекистон, Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркия, Туркманистон ва Венгрия етакчилари “Регистон” мажмуаси боғига кўчатлар экишди.

Маросим ушбу давлатлар пойтахтлари ва мамлакатимиз ҳудудларида видеоалоқа орқали кўрсатилди. У ерларда ҳам минглаб кўчатлар экилди. Шу тариқа, дарахтзорларни кўпайтириш ҳаракати халқаро миқёс касб этди.

Мазкур маросим доирисида Жиззах вилоятида ўтказилган кўчат экиш ишларида вилоят ҳокими Эргаш Салиев бошчилигида барча маҳаллалар вакиллари, ташкилот ва корхоналар ходимлари, олимлар ҳамда турли меҳнат жамоалари иштирок этишди.

Ўзбекистондан бошланган "Яшил макон" умуммиллий ҳаракати бутун Осиё минтақаси давлатлари ҳудудларига ҳам кўчганлигидан руҳланганлар Жиззах шаҳри марказидаги истироҳат боғига 5000дан зиёд туп манзарали ва мевали дарахт ва бута кўчатларини экдилар.
🔹Murojaatlarning haftalik tahlili🔹

🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 7-11 noyabr kunlarida jami 1 513 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 18
▫️Andijon viloyati - 76
▫️Buxoro viloyati - 16
▫️Samarqand viloyati - 18
▫️Sirdaryo viloyati - 63
▫️Surxondaryo viloyati - 163
▫️Qashqadaryo viloyati - 98
▫️Toshkent shahar - 156
▫️Toshkent viloyati - 453
▫️Navoiy viloyati - 27
▫️Namangan viloyati - 91
▫️Xorazm viloyati - 108
▫️Jizzax viloyati - 108
▫️ Farg‘ona viloyati - 75
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 43

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️OAV biz haqimizda▫️

❇️O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun 15,7 gektar yer Yerelektron AATga kiritilgan” sarlavhasi bilan UzAning ijtimoiy tarmog‘ida berilgan maqolada Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov bilan bo‘lgan suxbatni o‘qishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
✔️ TAYINLOV

Davlat soliq qo‘mitasi raisining joriy yilning 8-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Pazilov Bahrom Bahodirovich ⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Pazilov Bahromjon Bahodirovich 1988-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutining binolar va inshootlar qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Hozirgacha ⭐️Kadastr agentligi 🌟Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uychi tumani filiali boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

⭐️Kadastr agentligi jamoasi B.Pazilovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yugurish marafonida ▫️

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizada “Yangi Nafas” yugurish marafonlar o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

🏃‍♂️Bugun poytaxtimizning Xumo arena saroyi oldida ana shu marafon doirasida yurtimizdagi bir necha tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasidan ham xodimlar faol ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #marafon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑 “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 7-13 noyabr kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Жиззахликлар "Бир Ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда - бирга югурамиз" шиори остида бирлашди

Бугун "Бир Ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда - бирга югурамиз" шиори остида мамлакатимиз бўйлаб ўтказилаётган югуриш марафони Жиззах вилоятида ҳам кутаринки кайфиятда ўтказилди.

Давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан Жиззах шаҳрида ўтказилган "Yangi Nafas" оммавий югуриш мусобақасида вилоятимиздан кўплаб инсонлар иштирок этишди.

Минглаб кўнгилли ёшлар Давлат хизматлари марказидан Ш.Рашидов ҳиёбонига қадар бўлган 3 чақирим масофани босиб ўтишди.

Мусобақа ғолиби ва совриндорлари вилоят ҳокими ўринбосари Акмал Савурбаев ҳамда Жиззах шаҳар ҳокими Комил Холмуродов томонидан эсдалик совғалари билан тақдирланишди.

Мусобақа доирасида шаҳар кўчаларида кўнгилочар тадбирлар, концерт дастурлари ташкил этилди.
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KECHA VA BUGUN ⌛️

🇺🇿 Farg'ona viloyati

🌐 Farg‘ona viloyati hududi:
🔹tarix
: 22 000 gektar
▫️bugun: 675 281 gektar

📋 Nomlanishi:
🔹tarix
: "Parkana" Xitoy manbalarida esa bu o'lka "Davan" deb nomlangan
▫️bugun: Farg'ona viloyati

🏘 Mahallalar soni:
🔹tarix: 1041 ta MFY
▫️bugun: 1062 ta MFY

📊 Aholisi:

🔹tarix: 3 mln 200 ming kishidan ortiqroq
▫️bugun: 3 mln 800 ming kishidan ortiqroq

Respublikamizning boshqa hududlari bo'yicha ana shunday ma'lumotlarga ega bo'lish uchun bizni kuzatib boring.

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Farg_ona

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr

🟢Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi

📝 Prezident farmoni bilan endilikda mulk huquqi faqatgina sud qarori bilan bekor qilinadi, yuridik shaxsning tugatilishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilmaydi.

🫥Davlatimiz rahbari joriy yilning 24 avgust kuni «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

➡️ Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM