JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
▫️Xalqaro forum▫️

💠 Bugun, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratishga qaratilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

💠 Ikki kun davom etadigan mazkur хalqaro forum dasturiga ko‘ra, bir necha davlatlarning yo‘nalishga doir taniqli professorlari, mashhur kompaniyalar asoschilari qatorida, Davlat kadastrlari palatasi raisining ham chiqishi rejalashtirilgan. Unda, "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi amaliy ma’ruzasi bilan chiqishi kutilmoqda.

⚡️Mavzuga yana qaytamiz...

#DavKadastrPalata #xalqaro_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 12-18 oktabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 855 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#сайёр_қабул

ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар!

🏠Аҳолининг кадастр соҳасидаги мурожаатларини кўриб чиқиш мақсадида Жиззах вилояти Мирзачўл туманида сайёр қабул ўтказилади.

Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, умуман кадастр билан боғлиқ бошқа муаммоларингиз бўлса, жорий йилнинг 21 октябрь куни, соат 10:00 да сайёр қабулда иштирок этишингиз мумкин.

📝Сайёр қабул Кадастр агентлиги Жиззах вилояти бошқармаси бошлиғи Шукур Қуқонбоев бошчилигида бўлиб ўтади.

➡️Манзил: Жиззах вилояти, Мирзачўл тумани, Гагарин шаҳри, Ўзбекистон кўчаси, Мусиқа ва санъат мактаби, 29-а уй биноси.

🇺🇿 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг! Telegram I Instagram I Facebook
Til – millat ko‘zgusi🔹

⚜️ 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚜️ Tizim xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetidan vakillar taklif etildilar. So‘zga chiqqanlar buyuk qadriyatimiz ko‘zgusi, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili, uning bugungi kundagi ahamiyati va taraqqiyoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

⚜️ Shuningdek, tadbirga monand tarzda Markaziy apparatda tashkil etilgan “Davlat tilida ish yurtilishi” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikatlar ham topshirildi.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Ашхобод шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Ашхабад с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#21_oktabr_Til_bayrami
Til – millatning faxri, g‘ururi.Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Inson o‘z fikrini til orqali boshqalarga yetkazadi, ifoda etadi, tushuntiradi. Darhaqiqat, xalqsiz til bo‘lmaganidek, tilsiz xalq, millat bo‘lmaydi. Til — davlat timsoli, mulki, uning ruhi. Aytish mumkinki, insonni inson qiladigan ham, uning obro‘sini oshiradigan yoki tushiradigan ham, ikki tomon o‘rtasidagi dilxiralikni bartaraf etib, ezgulikka yetaklaydigan ham, qalb kechinmalarini ifodalab, bir-birovimizga mehr-muhabbat izhori vositasi ham tildir. Shuning uchun “Til boyligi – dil boyligi” degan iborani ko‘p ishlatamiz. Ha, biz o‘z tilimizni qanchalik qadrlasak, e’zozlasak, uning nufuzini oshirish yo‘lida tinmay izlansak, uni yanada rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shsak, kelajak avlodlar ham bizdan rozi bo‘ladi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari