JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax #Kadastr Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan kadastr tizimida ishlovchi xodimlarning farzandlari viloyat «Bolalar kutubxonasi», Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurdilar. 🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
▫️Tokzorlar uchun yerlar ijaraga beriladi▫️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar va uzumchilik uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

⚜️ Ochiq tanlovga yerlar dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1–30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 679 ta holatda 53,0 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:

💠 43,5 gektari, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

💠 5,8 gektari, Aholi punkti yerlari;

💠 0,5 gektari, Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar;

💠 0,4 gektari, O‘rmon fondi yerlari;

💠 0,4 gektari, Suv fondi yerlari;

💠 2,3 gektari, Zaxira yerlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #muzey

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 27-may PQ–261-sonli qaroriga asosan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy salohiyatni oshirish maqsadida, “Moziyga sayohat!” loyihasi doirasida Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurdilar. 🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 26 iyul-02 avgust kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 059 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 108 ta maydoni 5.65 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 557 ta maydoni 28,60 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-apreldagi 299-sonli
qarori ijrosi yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan Grafikka asosan Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Andijon viloyatining Paxtaobod va Qo‘rg‘ontepa hamda Namangan viloyatining Chust tumanlarida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yuzasidan dala kuzatuv ishlari amalga oshirilmoqda.
📂Jumladan, Paxtaobod tumanidagi 2068 ta yerdan foydalanuvchilarning 26 ming 31 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 2 ming 25 ta yerdan foydalanuvchilarning 46 ming 154 gektar, Chust tumanidagi 2 ming 832 ta yerdan foydalanuvchilarning 93 ming 749 gektar yer maydonlari va chegaralariga aniqlik kiritish ishlari bajarilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Murojaatlar bilan ishashga mas'ul bosh mutaxassislar poytaxtda malaka oshirishmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallarida murojaatlar yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan 5 nafar mutaxasislarimiz uchun Toshkent shahrida malaka oshirish kurslari boshlandi.

Darslar haftaning juma kuniga qadar davom etadi va malaka oshirish kurslarida belgilangan test savollaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga hafta yakunida sertifikatlar taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, mazkur yo'nalishda ishlovchi jami 15 nafar Jizzaxlik mutaxassislar avgust va sentabr oylarida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishadi. 🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyani to‘xtatamiz ! ⛔️

⚜️ Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

To‘g‘ri qaroringiz orqali SIZ - tashkilotingiz, oilangiz hamda vijdoningiz oldida pok bo‘lasiz. Ya’ni:

Sof vijdon uchun katta mukofot !

♻️Mazkur videoni ko‘proq tarqatib siz ham korrupsiyaga qarshi kurashda faol qatnashing:👇

https://www.youtube.com/watch?v=ndN4V1giVr4

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube