JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уй-жойингиз ва эгалигингиздаги мулкингиз ер майдонларига тўлиқ эгалик қилишнинг янги имкониятларидан хабардормисиз?

🌏Бугунга қадар сиз фойдаланаётган мулкингизга эга эдингиз, аммо у жойлашган ер ва майдонлар давлат ихтиёрида бўлган. Эндиликда сиз ушбу ерга умрбод эгалик қилиш ҳуқуқига эга бўлдингиз.

❗️Ҳа айтганча, ушбу тизим ҳар бир фуқаро учун ихтиёрий. Ҳар ким ўз хоҳиши ва манфаатидан келиб чиқиб қарор қабул қилади.

🔹Сиз мулк хуқуқига эга бўлдингизми? Уни тақсимлаш, сотиш, мерос қолдириш ҳамда снос каби барча масалалар сизнинг розилигингиз билангина амалга оширилади.

🔹Шунингдек, сизнинг мулкингизга айланган ер майдонидан кредит ва бошқа мақсадларда гаров сифатида фойдаланишингиз мумкин.

Telegram I Instagram I Facebook
Audio
🔹“O‘zbekiston24” radiosida matbuot anjumani haqida🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “O‘zbekiston24” radiokanali jurnalisti jarayonning o‘zidan jonli efirga chiqib ma’lumot taqdim etdi.

🎙Bundan tashqari, anjumanning to‘liq mazmunini keng yoritib, radioeshshitirish orqali tinglovchilarga kadastr va yer masalalaridagi keng ma’lumotlarni yetkazdi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Jizzax
#Kadastr
#Bunyodkorlik
Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi kompleans nazorati bosh mutaxassisi E. Kasimov Baxmal tuman bo‘lim va filiali xodimlari uchun qurilayotgan yangi binoni borib ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz: Bino aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish shuningdek, hududiy boshqarmaning tuman va filial bo‘limi xodimlariga qulay sharoitlar yaratish asosida loyihalashtirilgan. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

⚜️Yer berish tartibini buzish

◻️ Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer va dehqon xo'jaligini yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko'rsatish, jamoa bog'dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to'sqinlik qilish, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
66-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr
#ma_rifat_soati
Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi, Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqdalar.
Aytish kerekki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” xodimlarning kasbiy malakasini oshishiga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirishda hamda respublikamizda bo’layotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va to’laqonli anglashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Milliy geoaxborot tizimi haqida▫️

💠 Milliy geoaxborot tizimi yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarida bo‘layotgan o‘zgarishlarini hisobga oladi, ular bo‘yicha tegishli ma’lumot beradi, yerlarni o‘zgarish dinamikasi shakllanadi hamda arxiv xujjatlarini saqlab qoladi.

💠 O‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirokchilarga har bir yer egalari va yerdan foydalanuvchi kesimida joylashgan manzili, yer maydoni, yer turi, yer uchastkasi raqami, foydalanish huquqi va muddati, huquqiy xujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqtdagi holati bo‘yicha onlayn ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov ko‘rgazmali tarzda ma’lumot berdi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Audio
#Jizzax_kadastr_radio

Jizzaxda yer olib bermoqchi bo'lgan firibgar qo'lga tushdi

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr #live

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov Sadikovich boshchiligida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

💠Qabulda Guliston shahri aholisi o'zlarini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topishmoqda.

📌Qabulning yakuniy natijalari haqida yana ma'lumot beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Sayyor qabul jarayonlari▫️

🔷 Kadastr tizimida muntazam o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar murojaatchilarning bir qancha masalalari joyida hal etilishiga va ularning sohaga oid huquqiy saviyasi oshishiga zamin yaratmoqda.

◻️Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi rahbarlari boshchiligida Hazorasp tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning ko'chmas mulk va tadbirkorlik uchun yer ajratilishiga oid murojaatlari tinglandi.

◻️Navbatdagi sayyor qabullar Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida bo'lib o'tdi.

⚡️ Bugun esa fuqaro va tadbirkorlar murojaatlarini tinglash va muammolarga yechim topish maqsadida Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani ,Xorazm viloyatining Urganch va Sirdaryo viloyatining Guliston shaharlarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda.

▫️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Tizimga kiritishning bosqichlari▫️

💠 "Milliy geoaxborot tizimiga kiritishdan avval kechadigan birqancha jarayonlar mavjud. Ya’ni avvalo yer uchastkasining elektron tizimda yaratib olinadi, so‘ngra u hisobga olinadi va nihoyat huquqiy xujjatlariga asosan unga bo‘lgan huquq Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib yer uchastkasi auksion orqali berilishidan oldin ushbu yer uchastkasi davlat mulki huquqi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shartligi belgilangan." -deya ta'kidladi matbuot anjumanida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yerlar savdosi▫️

Tadbirkorlik uchun e-auksion.uz 70 mingga yaqin yer uchastkalarini taklif etmoqda:

📧 36476 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
📧 30183 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
📧 738 ta qishloq xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
📧 359 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
📧 793 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
📧 590 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
📧 59 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
📧 38 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▪️Rasmiy munosabat▪️

Bugun, 2022 yil 29 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda kadastr xodimlarining ish vaqtida kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirgani haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlari tarqaldi.
Xabarda aholida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishga qaratilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar aks ettirilgan.

Tezkor o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur voqea Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani filialida 2021 yil 22-avgust yakshanba kuni bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Xodimlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilgan obodonlashtirish hasharidan so‘ng, 22 avgust yakshanba soat 20:00lar atrofida o‘zaro kelishgan holda kompyuter o‘yinlarini o‘ynashgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, xodimlar ish vaqtlarida kelayotgan fuqarolarni, murojaatchilarni kuttirib qo‘yishgani noto‘g‘ri ma’lumotdir. Buni fotosuratda ko‘rishingiz ham mumkin.
Biz yakshanba kuni ish joyida kompyuter o‘yinlari o‘ynash mumkin demoqchi emasmiz. Bu holat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, xodimlardan tushuntirish xatlari olingan hamda tegishli choralar ko‘rilgan.

Yurtimiz aholisi va blogerlardan, vaqtlari va voqealari asoslanmagan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев “Astrum” IT aкадемиясига ташриф буюриб, ахборот технологиялари соҳаси мутахассислари ва ёшлар билан учрашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил IT-академию «Astrum» и провёл встречу со специалистами сферы информационных технологий и молодежью.

#Mirziyoyev #uchrashuv #IT #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter