JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi va hududiy filiallarga 2022- yilning 30-iyun holati bo‘yicha jami 1224 ta murojaatlar kelib tushgan.
🌀Mazkur ko‘rib chiqilgan murojaatlar bo‘yicha tasniflar bo‘yicha tahlil qilinganda.
🔺Yermaydoni ajratish bo‘yicha - 245 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha - 248 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha - 198 ta
🔺Nizoliholatlar bo‘yicha - 172 ta
🔺So‘rovnomalar - 361 ta
📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
1224 ta murojaatdan 677 ta ijobiy hal qilingan, 463 ta murojaat muddatida yopilgan, 84 ta murojaatlar taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan.
✉️Murojaatlardan ko‘rinib turibdiki 6 oy davomida eng ko‘p murojaat So‘rovnomalar bo‘yicha kelgan murojaatlar hisoblanib umumiy murojaatlarning 29.5% tashkil qiladi.
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Konstitutsiyaviy islohotlar▫️

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🇺🇿 Ayni kunlar umumhalq muhokamasida bo‘layotgan yangilanayotgan Konstitutsiyada “Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi” ekanligi mustahkamlanmoqda.

#DavKadastrPalata #bosh_qomus #umumxalq_muhokamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚜️ Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi.

📄“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–781, 29.06.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📄Qonunga ko‘ra, Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

⚜️Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qo’rg’i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir majlislari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkaziladi.

⚜️ Mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensatsiyaning shartlari, turlari va miqdori bo‘yicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

⚜️ Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida ko‘chmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиби белгиланди

“Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–781, 29.06.2022 й.) Президент томонидан имзоланди

🔰Қонунга кўра, Ер участкаларини қуйидаги мақсадларда компенсация эвазига олиб қўйиш жамоат эҳтиёжлари деб эътироф этилади:

мудофаа ва давлат хавфсизлиги, муҳофаза этиладиган табиий ҳудудлар эҳтиёжлари, эркин иқтисодий зоналарни, эркин савдо зоналарини ташкил этиш ва уларнинг фаолият кўрсатиши учун ерлар бериш;
халқаро шартномалардан келиб чиқадиган мажбуриятларни бажариш;
фойдали қазилмалар конларини қидириш ва қазиб олиш (бундан кенг тарқалган фойдали қазилмалар конлари мустасно);
республика ҳамда маҳаллий аҳамиятга молик автомобиль ва темир йўлларни, аэропортларни, аэродромларни, аэронавигация объектларини ҳамда авиатехника марказларини, темир йўл транспорти объектларини, кўприклар, метрополитенлар, туннелларни, энергетика ва алоқа тизимининг муҳандислик объектлари ҳамда тармоқларини, космик фаолият объектларини, магистрал қувурларни, муҳандислик-коммуникация тармоқларини, ирригация ва мелиорация тизимларини қуриш (реконструкция қилиш);
тасдиқланган аҳоли пунктлари бош режаларининг объектларни Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қуришга оид қисмини бажариш;
давлат инвестиция дастурларида кўрсатилган давлат таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва тиббий-ижтимоий хизмат кўрсатиш муассасаларининг бинолари ҳамда иншоотларини марказлаштирилган инвестициялар ҳисобидан қуриш назарда тутилган лойиҳаларни амалга ошириш.

🚫 Ер участкаларининг ҳар қандай бошқа мақсадларда олиб қўйилишини жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш сифатида талқин этиш тақиқланади.

Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг, маҳаллий Кенгашнинг ер участкасини олиб қўйиш бўйича ташаббусни дастлабки тарзда кўриб чиқишга доир мажлислари ОАВ ва жамоатчилик вакиллари иштирокида очиқ ўтказилади.

➡️ Маҳаллий Кенгашнинг ер участкасини олиб қўйиш тўғрисидаги қарори қабул қилингандан кейин ҳокимликлар ҳуқуқ эгалари билан компенсациянинг шартлари, турлари ва миқдори бўйича келишувга эришишга доир ишларни амалга оширади.

☑️ Ҳуқуқ эгаси билан келишувга эришилмаган тақдирда, ҳуқуқ эгасини келишувни имзолашга мажбур қилиш мақсадида кўчмас мулкни эркин тасарруф этишига монелик қиладиган хатти-ҳаракатларни содир этишга, ҳуқуқ эгасининг муносиб ҳаёт кечириши учун монелик қиладиган шарт-шароитларни яратишга йўл қўйилмайди.

Ушбу Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан уч ой ўтгач кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#kadastr #noqonuniy_qurilish
НОҚОНУНИЙ ҚУРИЛИШ УЧУН ЖАВОБГАРЛИК

🔷 Кўп квартирали уйлар конструкцияларини ноқонуний ўзгартирганлик учун жавобгарлик кучайтирилди

▫️Батафсил инфографикада👆 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!!! 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱Yoshlik bu - shijoat, tirishqoqlik, mehnatsevarlikdir,
🌿Yoshlik bu - har jabhada faollik, ilmga chanqoqlik, tashabbuskorlikdir,
👬Yoshlik bu - izlanuvchanlik, intizomlilik, yaratuvchanlik demakdir.
⚡️Bu sifatlar senda mujassam bo'lsa, demak sen yoshsan.
💐Biz yoshlar - ertangi kunning asosiy kuch-qudratimiz.

🌠Shuni unutma - yurt kelajagi bizning qo'limizda
!

#DavKadastrPalata #yoshlar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиби белгиланди

Маҳаллий Кенгашнинг ер участкасини олиб қўйиш тўғрисидаги қарори қабул қилингандан кейин ҳокимликлар ҳуқуқ эгалари билан компенсациянинг шартлари, турлари ва миқдори бўйича келишувга эришишга доир ишларни амалга оширади.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3y27l8p

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
🌱Yoshlik-jo‘shqinlik🌱

Davlat kadastrlari palatasi tizimidagi yoshlar qanday yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda?

🟩 Bizning yosh mutaxassislar:

▫️Boshqaruv xodimlari – 80 nafar;
▫️Ma’muriyat xodimlari – 489 nafar;
▫️Ishlab chiqarish xodimlari - 1 272 nafar;
▫️Texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari - 182 nafar yoshlardan iborat.

🟩 Intiluvchan yoshlarimiz talaygina. Ular orasida ilg‘or g‘oya egalari ham bor ekanligi ertangi kunimizga ishonch uyg'otadi.

#DavKadastrPalata #yoshlar_kuni #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
#xumoraorzusigaerishdi

Бахмал туманида истиқомат қилувчи Хумора ҳаётида бугунги ёшлар куни байрами унутилмас кунлардан бири бўлди десак асло хато бўлмайди.

Хумора Худойназарованинг йўллаган хатига Президентимиздан жавоб мактуби келди.

Вилоят ва туман жамоатчилиги вакиллари, Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети раҳбарияти Хумора яшаётган хонадонда бўлиб, бир гуруҳ фаоллар иштирокида жавоб мактубини ўқиб эшиттирдилар.

Шундан сўнг, унинг илтимосига биноан университет талабалигига давлат гранди асосида қабул қилинганлиги бўйича сертификат тантанали тарзда топширилди.

Ҳаётга катта умид билан қараётган Хуморанинг кўзларида қувонч учқунлари ва миннатдорчилик ҳисси яққол намоён бўлиб турганди.

“Президентимизнинг бизга хусусан, ёшларга қаратаётган эътиборлари учун ўз миннатдорчилигимни билдираман.Албатта келажакда ўқиб, билим олиб халқимиз ва давлатимиз раҳбарининг бизга бўлган ишончини оқлашга ваъда бераман”, дейди кўзларида қувонч ёшлари ила Хумора Худойназарова.

#Prezident #Jizzax #maktub #Xumora
▫️Bugundan qonunchilikdagi o‘zgarishlar ▫️

Davlat kadastrlari palatasi 1-iyuldan qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida har oylik ustama to‘lanadi:👉 (https://old.lex.uz/docs/6020669);

⚜️ Pensiyani tayinlashda fuqarolardan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5408686)

⚜️ «Tonirovka» narxi arzonlashadi:👉 (https://t.iss.one/segmentuz/5388)

⚜️ Olis va chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama to‘lanadi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5979130);

⚜️ Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5530091);

⚜️ Avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan «Shaffof yo'l» platformasi test rejimida ishga tushiriladi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5845985)

⚜️ Davlat tashkilotlari faoliyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5819319);

⚜️ 6 turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishdagi ayrim talab va shartlar bekor qilinadi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5971599#5974244);

⚜️ Teatr xodimlarining lavozim maoshlari oshiriladi:👉 (https://old.lex.uz/docs/5799769);

⚜️ Bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o‘tagan xodimlarni rotatsiya qilish tartibi joriy etiladi:👉(https://old.lex.uz/docs/5998615)

⚜️ Ochiq ma’lumotlar davlat organlari rasmiy veb-saytining bosh sahifasida alohida bo‘limga joylashtirish talab etiladi:👉 (https://old.lex.uz/docs/6066512).

#DavKadastrPalata #iyuldan_qonunchilikda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr
#ma_rifat_soati
Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi, Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqdalar.
Aytish kerekki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” xodimlarning kasbiy malakasini oshishiga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirishda hamda respublikamizda bo’layotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va to’laqonli anglashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplaens nazorati▫️

◻️ Davlat kadastrlari palatasi Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i A.Raxmatov Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalarining rahbar va ishchi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi.

◻️ Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda jamiyatimizda kadastr sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarga qarshi kurashishda fuqarolarimizning o‘rni alohida tahlil etildi.

◻️Yig‘ilish davomida aholining erkin va obod turmushiga soya soluvchi korrupsiya har bir fuqarodan sergak bo‘lish, bunday illatga befarq qaramaslik haqida ta’kidlandi.

#DavKadastrPalata #komplayens_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube