JIZZAX KADASTR
1.62K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.21K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев икки мамлакат делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда музокара ўтказдилар.
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Озарбайжон стратегик шериклигини янада кенгайтириш ва уни янги амалий мазмун билан бойитишга интилиш қатъий эканини тасдиқлади.
Ҳамкорлик учун мавжуд улкан салоҳиятни ишга солиш, икки мамлакат иқтисодиётини тўлдириб турувчи омиллардан фойдаланиш зарурлигини таъкидланди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев провели переговоры в расширенном формате с участием делегаций двух стран.
Шавкат Мирзиёев подтвердил приверженность дальнейшему наращиванию узбекско-азербайджанского стратегического партнерства и наполнению его новым практическим содержанием.
Отмечена необходимость задействовать имеющийся огромный потенциал сотрудничества, использовать факторы взаимодополняемости экономик двух стран.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Bino va inshootlar davlat kadastri▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔹Mazkur maʼlumotda siz, Bino va inshootlar davlat kadastri joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi!
Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining Komplayens nazorat xizmati tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbir Baxmal tumanida bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan global muammolardan biridir. Bu illatga qarshi kurash – oriyatli, toza vijdonli qalb ila bo'lmog'i lozim. Viloyatimizda barcha sohalar kabi Kadastr agentligi tizimida ham korrupsiyani oldini olishga qaratilgan keskin choralar koʻrilmoqda.

🔹Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida mansab vakolatini suisteʼmol qilmaslik, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilish, ish joyiga kech kelmaslik, “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalar to'g'risida so'z bordi.
Rasmiy sahifalarimiz 👇 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

🔷 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 14-21 iyun kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from JIZZAX KADASTR
#сайёр_қабул

ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар!

🏠Аҳолининг кадастр соҳасидаги мурожаатларини кўриб чиқиш мақсадида Жиззах вилояти Ғалларол туманида сайёр қабул ўтказилади.

Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, умуман кадастр билан боғлиқ бошқа муаммоларингиз бўлса, жорий йилнинг 24 июнь куни, соат 11:00 да сайёр қабулда иштирок этишингиз мумкин.

📝Сайёр қабул Кадастр агентлиги Жиззах вилояти бошқармаси бошлиғи Шукур Қуқонбоев бошчилигида бўлиб ўтади.

➡️Манзил: Жиззах вилояти, Ғалларол тумани, Сарбозор МФЙ, 26-мактаб биноси. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Xalq murojaatlari e'tiborda▫️

◻️ Aholi muammolarini tinglash va ularga tezkorlik bilan yechim topish har bir tizim oldidagi asosiy vazifa. Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan har bir viloyat hududida sayyor qabullar tashkil etish tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan.

Kuni kecha, Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda Dang`ara, Furqat va Uchko`prik tumanlaridan tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tinglandi.

▫️Bugun esa, Andijon viloyatining Asaka tumanida boshqarma boshliqlari ishtirokida fuqarolar uchun tashkil etilgan sayyor qabul bo'lib davom etmoqda.

▫️24-iyun kuni soat 11:00da Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan G'allaorol tumani aholisi uchun sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🔷Hududingizda o'tkazilayotgan sayyor qabul jarayonlarida ishtirok etish orqali o'zingizni qiziqtirayotgan savol va muammolaringizga yechim topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Jizzax #Kadastr #infografika #yer_nazorati

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga asosan, Davlat yer nazoratini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to'g'risidagi ma'lumot Infografika ko'rinishida. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Yutuqlar o‘zimizniki, kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim▫️

🔳 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan hududiy boshqarma xodimlarining maoshlari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorati qilish, ularni qonuniy oshirilib borilishini ta’minlash maqsadida muntazam moliyaviy monitoring ishlari olib boriladi. Yutuqlar doimo alohida e’tirof etiladi ammo, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni ham qayd etish o‘rinlidir.

🔳 2021-yilning 4-choragi va 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari evaziga tushgan pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, hamda oylik ish haqlarini hisoblanishda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmalarda ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi. Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra hududiy boshqarmalar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida boshqarmalarda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Jumladan:

- xodimlarga oylik ish haqlarini hisoblashda mas’ul hisobchilar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning oqibatida xodimlarga noto‘g‘ri ish haqlari hisoblanganligi aniqlangan;

- bir necha boshqarmalarning boshliqlari va bosh hisobchilari tomonidan asosli xujjatlarsiz moddiy rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilgan;

- Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilmagan holda ish yuritilganligi kuzatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar alohida tahlil etildi.

🔳 Faoliyati davomida bir qator jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ayrim mutasaddilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bir necha mutasaddilarga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

#DavKadastrPalata #hududlar_o_rganilganda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from JIZZAX KADASTR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sharof Rashidov tumanida noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq yana bir holatga chek qo‘yildi. Ma'lum bo‘lishicha, bir kishi 3 ta yer maydonini 93 million so‘mga sotishni reja qilgan. Endilikda u ushbu harakati uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🏞 Biz har kuni atrofimizdagi olamga qaysidir ma'noda o'z hissamizni qo'shamiz. Kundalik amallarimiz bu ulushning sifatini belgilab beradi va aynan qanday hissa qo'shayotganimizni ham aniqlashtirib olish asosiy masaladir.

🖌 Jeyn Gudoll

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Auksionda 23 baravar qimmatga sotilgan yer▫️

🔷 Auksion savdolariga Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taklif etilayotgan yerlar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib savdolarga chiqarilmoqda.

20-iyun kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolarida bir nechta lotlar sotuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «E-auksion» matbuot xizmati xabar bermoqda. 14 ta davlat aktivi sotilib, 93 tasi ijaraga berilgan. 262 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari sotildi.

Bular orasida Chirchiq shahridagi boshlang‘ich narxi 26,3 mln so‘m bo‘lgan 0,21 gektar yer uchastkasi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun ijara huquqi bilan 620,9 mln so‘m taklif berildi. Shu tariqa mazkur lot boshlang‘ich narxiga nisbatan 23,6 barobar qimmatroqqa sotildi.

▫️Daryo.uz nashrining e'tirof etishicha, bu hammasi emas...

🔷 Hamkasblarimizning viloyatlarda olib borayotgan xatlov ishlari, mamlakatning bo‘sh turgan yer uchastkalarini mahallalar kesimida to‘g‘ri taqsimlab komissiya tahliliga taqdim etayotgan kadastrchilarning mehnatlari - yer o‘z qiymati va qadrini, asosiysi o‘z egasini topganida rohatga aylanadi.

#DavKadastrPalata #auksion #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube