JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ер ва кадастр назоратини автоматлаштириш, коррупция ҳолатларини олдини олиш мақсадида ерга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлашдан бартараф этилгунга қадар мониторингини юритувчи “E-YER NAZORAT” автоматлаштирилган ахборот тизими амалиётга жорий этилди.

Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи
Мурод Файзуллаев

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Faoliyatga doir masalalar▫️

Davlat kadastrlari palatasi raisi Qashqadaryodagi sayyor qabulidan so‘ng hududdagi boshqarma va tuman filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda:
▫️Ko'chmas mulkni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish masalalari;
▫️Kadastr pasportini shakllantirishni muddatlari;
▫️Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish jarayonidagi o‘rganish muhim bo‘lgan jihatlar hamda bir qator faoliyatga doir masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

#DavKadastrPalata #Qashqadaryo

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat suv obyektlari🔹

🌊 Davlat kadastrlari palatasi
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🌊 Mazkur maʼlumotda siz, Davlat suv obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr
#ma_rifat_soati
Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi, Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqdalar.
Aytish kerekki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” xodimlarning kasbiy malakasini oshishiga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirishda hamda respublikamizda bo’layotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va to’laqonli anglashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 1-7 iyun kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 771 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Yer_nazorati Кадастр агентлиги Жиззах вилояти туман, шаҳар бўлимлари инспекторлари томонидан 2022 йилнинг январь-май ойлари давомида ер назорати тизимида олиб борилган ишлар юзасидан МАЪЛУМОТ 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Joriy yilning 6 iyun kuni Zo‘r tv telekanalining “Bu kun” informatsion axborot dasturi orqali Samarqand viloyati Payariq tumani “Tomoyrot” mahallasi “Jiyanbek” qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘roqov Saidning murojaatiga asosan Samarqand viloyatidagi telekanal muxbiri Chingiz Norqulov tomonidan videolavha tayyorlanib efirga uzatilgan.

◻️Murojaatda ta’kidlanishicha, yer egaligi bilan bog‘liq tushunmovchilikda fuqaro O‘roqov Said Axrorovich o‘ziga tegishli 20 sotix yer maydonini bir necha yillar oldin fuqaro Xusanova Tadjinisa Nasirovnaga ma’lum bir summadagi qarz evaziga, foydalanib turishga berganligini aytib, bugungi kunda ushbu yerga nisbatan fuqaro T.Xusanova tomonidan noqonuniy tarzda kadastr xujjatlari rasmiylashtirib olinganligidan noroziligi bildirilgan.

◻️Mazkur masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi gurux ayni damda o‘rganish ishlarini yakunlash arafasida ekanligini ma’lum qilamiz.
Aniqlangan ma’lumotlar asosida yuqoridagi murojaat yuzasidan to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент раислигида қайта тикланувчи энергиядан фойдаланишни кенгайтириш бўйича устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

“Нима учун ушбу йиғилишни ўзим ўтказаяпман? “Инсон қадрини улуғлаш” йилида ҳар бир фуқаромизнинг хонадонида яхши яшашига шароит яратишимиз зарур.

Бир нарсани аниқ тушуниш керак. Бир йилда Ўзбекистонда 10 миллиард долларлик электр ва газ истеъмол қилинади.

Агар бунинг 10 фоизини иқтисод қилишни ўргансак, бу 1 миллиард долларни бошқа эҳтиёжлар учун сарфлашимиз мумкин.

Ҳоким ва вазирдан тортиб, маҳалла раисигача барча даражадаги раҳбарлар бу масаланинг қанчалик муҳимлигини тушунаяптими, бу борада ўзининг масъулиятини ҳис қилаяптими, деган саволлар мени жуда қийнайди.

Қайси вазир ёки унинг ўринбосари ҳисоб-китоб қилиб, энергия сарфини қисқартириш бўйича ташаббус кўрсатди? Улар ўзи нима учун ойлик олаяпти?”, деди давлат раҳбари йиғилиш аввалида.
Йиғилишда сўнгги йиллардаги ислоҳотлар натижасида аҳолининг электр таъминотидаги узилишлар анча қисқаргани қайд этилди.

Лекин, куз-қиш мавсумида аҳолининг газга бўлган эҳтиёжи кескин ошиши сабабли барча юклама электр тармоқларига тушмоқда.

Ҳозирги кунда аҳолининг камида 2-3 миллиард киловатт соат электр энергиясига қўшимча талаби мавжуд. Келгуси беш йилда эса бу эҳтиёж яна 10 миллиард киловатт соатга ошади.

Бундай вазиятда энг самарали йўл – муқобил энергиядан фойдаланишни кўпайтириш.

Бу борада 2019 йилда алоҳида жамғарма ташкил қилиниб, аҳолига бюджетдан субсидия бериш тизими жорий этилди.

Лекин бирорта вилоят, туман ва шаҳар ҳокимида ёки вазирда ўз тизимидаги ташкилотларда энергия истеъмоли, уни тежаш, муқобил энергия ускуналарини ўрнатиш бўйича ҳисоб-китоб йўқлиги, улар жорий қилинган субсидия ва компенсациядан ўз тармоғи ёки ҳудудида фойдаланиш бўйича жон куйдирмагани танқид қилинди.
Президент ушбу масала умуммиллий аҳамиятга эгалигини қайд этиб, муқобил энергия ускунасини ўрнатган аҳоли ва тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш бўйича мутлақо янги тизим жорий этилишини таъкидлади.

Бунда, аҳоли ва тадбиркорларга:

- ўрнатилган қуёш ва шамол электр ускуналари учун қувватига қараб 15 миллион сўмгача, сув иситиш қурилмаси учун эса 2 миллион сўмгача компенсация тўланади;

- ёки ускуна қийматини 3 йил ичида фоизсиз бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти яратилади.

Ушбу тизим Энергетика вазирлигининг махсус жамғармаси орқали жорий этилиши белгиланди.
▫️O‘zbekistonda yerlarni xususiylashtirish boshlandi ▫️

🔰Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Yerxususiylashtirish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin.

🔰 Bunda yer maydonlari fuqarolarga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida xususiylashtirib beriladi. Odamlardan arizalar allaqachon kelib tushishni boshlagani va dastlabki orderlar o‘z egalariga Davaktiv agentligi tomonidan tantanali topshirilganligi aytilmoqda.

🔰 Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, “Yog‘ bozori” MFY, O. Maxmudov ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro P.Muxamadievga qarashli meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan 271 kv.m yer maydoniga fuqaroning tegishli arizasiga muvofiq mulk huquqini beruvchi eng birinchi davlat orderi rasmiylashtirilgan.

🔰 Shaffof “E-auksion” elektron auksion savdolarida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan “SAM-MAROQAND-OIL” MChJ birinchi raqamli “Yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi” sohibi bo‘ldi».

#DavKadastrPalata #auksion #xususiylashtirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from E-AUKSION
e-auksion.uz platformasi orqali 1970 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🟢 Samarqand viloyatidan 1127 ta joy (ko'rish)
🟢 Qashqadaryo viloyatidan 242 ta joy (ko'rish)
🟢 Xorazm viloyatidan 130 ta joy (ko'rish)
🟢 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 91 ta joy (ko'rish)
🟢 Navoiy viloyatidan 23 ta joy (ko'rish)
🟢 Buxoro viloyatidan 72 ta joy (ko'rish)
🟢 Sirdaryo viloyatidan 51 ta joy (ko'rish)
🟢 Farg'ona viloyatidan 23 ta joy (ko'rish)
🟢 Andijon viloyatidan 60 ta joy (ko'rish)
🟢 Namangan viloyatidan 50 ta joy (ko'rish)
🟢 Jizzax viloyatidan 55 ta joy (ko'rish)
🟢 Toshkent viloyatidan 35 ta joy (ko'rish)
🟢 Surxondaryo viloyatidan 9 ta joy (ko'rish)
🟢 Toshkent shahridan 3 ta joy (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Қайта тикланувчи энергиядан фойдаланишни кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Компенсация тақдим этиш ва бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти орқали аҳоли ва тадбиркорларни муқобил энергия манбаларидан фойдаланишга рағбатлантириш чоралари белгиланди.
Президент барча вазирлик ва идора, ҳокимлик, маҳалла биноларини ҳам муқобил энергияга ўтказиш вақти келганини таъкидлади.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам расширения использования возобновляемых источников энергии.
Определены меры стимулирования населения и предпринимателей к использованию альтернативной энергии на основе компенсаций и рассрочки.
Президент подчеркнул, что настало время начать перевод всех министерств и ведомств, хокимиятов и махаллей на альтернативную энергетику.

#Mirziyoyev #videoselektor #energetika #muqobilenergiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter