JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Live #очиқ_мулоқот

Айни дамда Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармалари ташаббуси билан Жиззах вилоят суди, Жиззах вилоят маъмурий суди, «Жиззах ҳудудий электр тармоқлари корхонаси» АЖ ҳамда "Ҳудудгаз Жиззах" газ таъминоти филиали билан ҳамкорликда ОЧИҚ МУЛОҚОТ бўлиб ўтмоқда.

Унда фуқаролар ва тадбиркорлар ер ва кадастр назорати, маъмурий амалиёт, вилоятда қанча ер майдони ўзбошимчалик билан ноқонуний эгаллаб олинган, бунга қандай чоралар кўрилганлиги ва амалга оширилган ишлар, кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш ва кадастр билан боғлиқ бошқа маълумотларни тинглаб, ўзларига тегишли масалалари билан иштирок этишмоқда. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Rasmiy munosabat▫️

26 may 2022 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha
Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati quyidagilarni ma’lum qiladi:

- 2020 yil 7 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilganidan boshlab, Davlat kadastrlari palata tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlarining joriy yil 1-choragi davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik ish haqlari o‘rtacha 50%ga oshirilgan.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, kadastr ishlari va boshqa daromadlaridan o‘zining barcha xarajatlarini, jumaladan xodimlarga oylik maoshi bo‘yicha, birinchi darajali zaruriy xarajatlarini va boshqa ishlab chiqarish xarajatalarini amalga oshirishi belgilangan.

Qarorda xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi natijasida yuzaga kelgan masala bo‘yicha Palata markaziy apparati tomonidan ishchi guruh tuzilib, hozirda o‘rganish olib borilmoqda. Jarayon yakunlariga ko‘ra masala yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Sertifikatlar topshirildi🔹

◻️ Zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda har bir xodimning bilim saviyasi, uning malakasiga bo‘lgan e’tibor katta ahamiyat kasb etadi. Birqancha tilni bilgan xodimlar esa sohalardagi xorijiy hamkorlikda ustivorlik beradi.

◻️ Ana shularni ko‘zda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun yil boshidan ingliz tilini o‘rganishda malakali o‘qituvchilar jalb qilingan holda ta’lim olish uchun sharoit yaratib berilgandi.
40 dan oshiq til o‘rganishga xohish bildirgan xodimlar, uch oy davomida ingliz tili bo‘yicha berilgan ta’limni o‘zlashtirdilar.

◻️ Bugun, mazkur darslarning natijasi o‘laroq a'loga o'zlashtirgan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

#DavKadastrPalata #ingliz_tilidan_sertifikat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#TEST #BILASIZMI?

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Anonymous Quiz
84%
Davlat xizmatlari markaziga
14%
Kadastr agentligiga
1%
Mahalliy hokimiyatga
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan yangi "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori mazmun-mohiyatini Davlat kadastrlari palatasining malakali mutaxassisi S.Abdurazzakov agentlik xodimlariga tushuntirib berdi.

🔹O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#RASMIY_MUNOSABAT
https://www.youtube.com/watch?v=QkG-frpzxuo youtube ижтимоий тармоғи орқали эълон қилинган мурожаат “Беш болам билан уйимдан чиқариб юборишмоқчи” сарлавҳаси остидаги берилган мурожаат юзасидан. Кадастр агентлиги ҳамда Давлат Кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармаси томонидан мазкур ҳолатнинг тегишли қисми бўйича ўрганиш ишларини бошлади. Ушбу масала бошқарма томонидан алоҳида назоратга олинди. Ҳолат ўрганилиб якунлари бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.
Бизни ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi
Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?.
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;
Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:
— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;
— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Ma'lumot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori (BHM 270 000 so'm). 👇 Telegram I Instagram I Facebook
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 20-27 may kunlarida jami 2 214 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 20
▫️Andijon viloyati - 339
▫️Buxoro viloyati - 105
▫️Samarqand viloyati - 35
▫️Sirdaryo viloyati - 42
▫️Surxondaryo viloyati - 223
▫️Qashqadaryo viloyati - 190
▫️Toshkent shahar - 258
▫️Toshkent viloyati - 412
▫️Navoiy viloyati - 31
▫️Namangan viloyati - 145
▫️Xorazm viloyati - 158
▫️Jizzax viloyati - 133
▫️ Farg‘ona viloyati - 104
◽️Davlat kadastrlari palatasi -19

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi mumkin▫️

💠 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.

💠 Jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarning oldi olinishi, mulk egalarining huquqlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishi inobatga olinib, ushbu qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.


#DavKadastrPalata #oliy_majlis #yer_uchastkalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan yangi "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиби белгиланмоқда

Бериладиган компенсация турлари пул маблағлари, шу жумладан турар жойларни ва яшаш учун мўлжалланмаган жойларни вақтинчалик ижарага олиш учун пул маблағлари, бошқа кўчмас мулк объектини мулк қилиб беришдан иборат.

👉 https://kun.uz/14268691

Kun.uz расмий канали
Jizzax viloyati hududidan Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotib oling (11 ta)

Ushbu yer uchastkalarini sotib olib, uglevodorod xomashyosi, ko'mir, volfram, oltin, mis, kumush, qalay va boshqalar qazilmalarni qazish huquqini qo'lga kiritishingiz mumkin.

🔷 G'allarol tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔷 Baxmal tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔷 Sh.Rashidov tumanidan 1 ta (ko'rish)

▪️Strategik turdagi qazilmalarni qazish huquqi 1 ta (ko'rish)
▪️Noruda foydali qazilmalarni qazish huquqini 11 ta (ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube