JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари – Аббос Аппанов, Фёдор Федин ва Акмал Акромов хонадонига бориб, уларнинг ҳолидан хабар олди.
Президентимиз фахрийларнинг саломатлиги, яшаш шароитларини сўради. Бугунги тинчликка қўшган ҳиссаси, кўп йиллик самарали фаолияти учун уларга миннатдорлик билдирди.
– Сизларнинг ҳаётингиз, ҳар бир гапингиз бизга мактаб, – деди Шавкат Мирзиёев.

Президент Шавкат Мирзиёев навестил участников Второй мировой войны – Аббоса Аппанова, Фёдора Федина и Акмаля Акромова.
Глава государства спросил о здоровье ветеранов, условиях жизни. Выразил благодарность за вклад в нынешние мирные дни и многолетний плодотворный труд.
- Ваша жизнь, каждое ваше слово – школа для нас, - сказал Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #9may #Хotiravaqadrlash #faxriylar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🏞 Maqsadimiz nafaqat toza havo va suv, jozibador go'zallik muhitini, balki insoniyat va boshqa tirik mavjudotlarga nisbatan o'zaro hurmat, odob-axloq hamda sifat muhitini yaratish hamdir.

🖌 Geylord Nelson

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Qurilish korxonalari soni ortgan▪️

🔲 2022- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami 44 836 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda- deya xabar bermoqda Davlar statistika qo’mitasi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 054 taga ko‘p.
2022- yil yanvar- aprel oylarida 1 816 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Faoliyat yuritayotgan eng ko’p qurilish korxonalari soni hududlar kesimida:
▫️Toshkent shahri – 9 025 ta
▫️Toshkent viloyati – 3 914 ta
▫️Farg‘ona viloyati – 3 702 ta
▫️Qashqadaryo viloyati – 3 434 ta
▫️Samarqand viloyati – 3 400 ta va boshqa hududlar.

🔲 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 76,5 % ini tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #qurilish_ishlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#sayyor_qabul
DIQQAT E’LON!
Hurmatli Jizzax viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🏢Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, umuman kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19 may kuni soat 10:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📝Sayyor qabul Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
➡️Manzil: Dostlik shahri, G’.G’ulom MFY, Оxunboboyev ko’chasi hududidagi “Madaniyat saroyi” binosi. Mo’jal – Jome masjidi yonida.
‼️Sayyor qabulda ishtirok etish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini so‘rab qolamiz. Xabardor boʼlish uchun👉Telegram I Instagram I Facebook
🔰Yer uchastkalari qanday qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi?
🔵O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga muvofiq
Oldi-sotdi va boshqa shaxsga o‘tishning boshqa turlariga oid shartnoma;
Mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
Sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
Qarz undiruvchi hamda qarzdor o‘rtasida bino va inshootlarni topshirish to‘g‘risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
Bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga o‘tadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

NOQONUNIY O’ZLASHTIRIB OLINGAN YERLAR ANIQLANDI

📹Batafsil Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔰Shu sababdan ham Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

⚡️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali may oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 2 087 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 8 787 ta
Tugatilganlar - 2 408 ta
Rad etilganlar - 1 358 ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Kadastr pasportini shakllantirish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi (hududiy filiallarga) 2022-yilning 11-may holati bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar TAHLILI Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида дон маҳсулотлари корхоналарида трансформация жараёнларининг натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по мерам повышения результативности трансформационных процессов на предприятиях хлебопродуктов.

Facebook|Instagram|Twitter
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 10 328 tani tashkil etmoqda:

📧 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 696 ta (ko'rish)
📧 Andijon viloyatidan 812 ta (ko'rish)
📧 Buxoro viloyatidan 944 ta (ko'rish)
📧 Jizzax viloyatidan 1679 ta (ko'rish)
📧 Qashqadaryo viloyatidan 581 ta (ko'rish)
📧 Navoiy viloyatidan 280 ta (ko'rish)
📧 Namangan viloyatidan 456 ta (ko'rish)
📧 Samarqand viloyatidan 546 ta (ko'rish)
📧 Surxondaryo viloyatidan 559 ta (ko'rish)
📧 Sirdaryo viloyatidan 471 ta (ko'rish)
📧 Toshkent shahridan 57 ta (ko'rish)
📧 Toshkent viloyatidan 26 ta (ko'rish)
📧 Xorazm viloyatidan 1123 ta (ko'rish)
📧 Farg'ona viloyatidan 2098 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент ҳузурида ғаллачиликдаги ислоҳотларнинг энг муҳим босқичига бағишланган йиғилиш бошланди.

“Кўриб турибсизлар, жаҳон бозорларида озиқ-овқат нархлари кун сайин юқори суръатлар билан ўсмоқда.

Бугунги кунда халқаро биржаларда 1 тонна буғдой 400 доллардан сотилмоқда ва йил бошига нисбатан 30 фоизга ошди.

Бундай вазиятда нарх-наво барқарорлигини таъминлашнинг ягона тўғри йўли бу – фермерлар манфаатдорлигини таъминлаш, ҳосилдорликни ошириш орқали бозорда таклифни кўпайтириш ҳисобланади.

Бунинг учун ғаллачиликда бозор механизмларини тўлиқ жорий этиш зарур.

Биз бу ислоҳотларга узоқ тайёргарлик кўрдик. Барча масалаларни пухта ҳисоб-китоб қилиб, бу ишларни босқичма-босқич амалга ошириб келаяпмиз”, деди давлат раҳбари йиғилиш аввалида.

Соҳада хусусий секторга кенг йўл очилгани туфайли унинг улуши тобора ортиб бораётгани таъкидланди.

Хусусан, сўнгги уч йилда ҳудудларда қуввати қарийб 3 миллион тонна бўлган 160 дан ортиқ йирик хусусий дон корхоналари иш бошлади.
Йиғилишда ўтган йилда республика бўйича қарийб 3,5 миллион тонна ун ишлаб чиқарилгани, шундан 54 фоизи хусусий дон корхоналари ҳиссасига тўғри келгани кўрсатиб ўтилди.

“Лекин, бугунги кунда “Ўздонмаҳсулот” компанияси таркибидаги 43 та дон корхоналари янги бозор шароитларида самарали ишлашга тайёрми? Афсуски, бу саволга жавоб ижобий эмас.

Шу пайтгача компания таркибидаги дон корхоналари фермерлардан тайёр буғдойни қабул қилиб, уни қайта ишлаш билан шуғулланиб келган.

Оқибатда, уларнинг ун ишлаб чиқариш қувватларидан фойдаланиш даражаси ўртача 60 фоиздан ошмайди”, дея танқид қилди Президент.

Давлат дон корхоналарининг тегирмон харажатлари хусусий секторга нисбатан 20-25 фоизга юқори, рентабеллик эса 2 баравар кам.

Ишлар самарасиз йўлга қўйилгани оқибатида “Ўздонмаҳсулот” корхоналарининг Қишлоқ хўжалиги жамғармаси олдидаги қарзи 1,8 трлн сўмни ташкил этиб, шундан 1,1 трлн сўми умидсиз қарз ҳисобланади.

Энг ачинарлиси, давлат дон корхоналарида талон-торож қилиш ҳолатларига ҳалигача барҳам берилмаган.
“Бир сўз билан айтганда, давлат дон корхоналаридаги айни пайтдаги эскича тизим дон етиштирувчига ҳам, қайта ишловчи корхоналарга ҳам манфаат бермаяпти.

Шу боис, қишлоқ хўжалиги ислоҳотларини бошлаган давримизда дон етиштиришда давлат буюртмасини босқичма-босқич бекор қилиш ва ҳақиқий ғалла бозорини яратишни бундан уч йил олдин эълон қилган эдик.

Бугун халқимиз, фермер-деҳқонларимиз анчадан буён кутган ушбу ислоҳотларимизнинг янги босқичини бошлаймиз. Қанчалик қийин бўлмасин, 1 июндан бошлаб ғаллани давлат томонидан сотиб олиш ва сотишда бозор нархларига ўтамиз.

Шунингдек, фермер ва кластерлар ўзлари етиштирган ғалласини биржа савдоларига олиб чиқишлари учун ҳам барча имкониятлар яратилади”, деди Президент.

Бунда, энг аввало, давлат ресурслари учун сотиб олинадиган 1 тонна буғдой нархи ўтган йилдаги 1 миллион 550 минг сўмдан жорий йил ҳосили учун 3 миллион сўмга, яъни 2 бараварга оширилиши маълум қилинди.