JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.8K photos
1.75K videos
5 files
8.35K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol: Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yerlar oldin ham auksion orqali ajratilishi belgilangan edi. Yangi nizom bilan nimalar o‘zgardi?
Javob: Yangi nizomda yerni shaharsozlik hujjatlari asosida auksionga chiqarish, shuningdek avval yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi realizasiya qilingan bo‘lsa, endilikda mulk huquqida sotilishi belgilanmoqda.
Bu esa o‘z navbatida nizolarni bartaraf etish hamda yerga bo‘lgan mulkchilik huquqini kafolatlanishini ta'minlaydi. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati Axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Халқаро пресс-клубнинг “Ер ҳисоби ва давлат кадастри тизими: мақсадли фойдаланиш, назорат ҳамда рақамли технологиялар”мавзуидаги сессияси

Савол. Давлат кадастрлар палатаси ҳақида тушунча берсангиз.

Каналга уланиш https://t.iss.one/studio_67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Xalqaro press klubda▫️

💠O‘tgan yillarda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish juda uzoq jarayon bo‘lgan. Hozirda kiritilgan o‘zgartirishlardan keyin bu jarayon qancha vaqt oladi. Bu jarayonda korrupsiya va byurokratiya holatlari qanday?

💠 Bugun MTRKda bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzusidagi sessiyasida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyev quyidagicha javob berdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Ер участкаларини хусусийлаштириш бўйича давлат хизматларини кўрсатиш тартиби белгиланди

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Xalqaro press klub
"Бугунги кунда 24,4 млн гектар қишлоқ хўжалиги ерлари эга кесим қилинди. Яъни буни электрон харитаси яратилиб, улар кимга тегишли қаерда жойлашганлиги аниқ ҳисоб китоб қилинди. Бу 404 мингтадан зиёд ердан фойдаланувчи. Бундан ташқари туман, шахар хокимликлари номига 1 млн 190 минг гектар заҳирадаги ерлар давлат рўйхатидан ўтказилди".

Отабек Аллаберганов, Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik #kadastr_xizmati
⚡️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Hukumat tomonidan 02.04.2022 yilda tasdiqlangan 150-son ma’muriy reglamentga ko‘ra,
🔹Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
❗️Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
🔹Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
🔹Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.
🔹Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Savol
🔻O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning 68¹-moddasi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilishlarga qaysi nazorat organi chora ko‘radi ?
#Javob
🔻☑️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holati bo‘yicha – fuqarolarga BHMning o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa – o'n besh baravari miqdorda jarima solish vakolati Kadastr agentligining inspektorlariga vakolat berilgan. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati Axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Yer va kadastr nazorati yo‘nalishida 2022-yilning 1-aprel holatiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🗓 14.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 13 kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:25
🌛Iftorlik vaqti – 19:04

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Servitut instituti takomillashtiriladi▫️

⚜️Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–204-son, 12.04.2022 y.) qabul qilindi

⚜️ Qaror bilan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

⚜️ “Yo‘l xarita” doirasida o‘zganing yeridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) instituti yanada rivojlantiriladi.

⚜️Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerdan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:

▪️ temir yo‘l liniyalari va avtomobil yo‘llari uchun viloyat hokimlari qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
▪️elektr, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tarkibidagi ichki yo‘llar va kichik suv havzalari uchun yer ajratish talab etilmaydi (texnik talablarda belgilangan hollar mustasno). Bular uchun servitut belgilanadi;
▪️ servitut huquqi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmaganda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
▪️ servitut belgilangan yer uchun yer solig‘i (ijara to‘lovi) yer mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan to‘lanadi.

⚜️ Qaror bilan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #servitut

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan mulohazali videoroliklar yaratganlar. Ulardan yana biri Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

❗️ Eslatib o’tamiz: Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz - 1097 ishonch telefoni orqali habar berishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#bilasizmi #savol_javob
Savol:
- Qanday imoratlarga yordamchi-xo‘jalik imoratlari deyiladi?
Javob:
-yordamchi-xo‘jalik imoratlari deb ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlarga aytiladi.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati Axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

🔘 Respublika bo'yicha mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

📧 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 39 ta 👉(ko'rish)
📧 Buxoro viloyatidan 35 ta👉 (ko'rish)
📧 Samarqand viloyatidan 7 ta👉 (ko'rish)
📧 Xorazm viloyatidan 1 ta👉 (ko'rish)

🔘 Boshqa hududlardan ham yer uchastkalarini chiqarish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #yer_nazorati Кадастр агентлиги Жиззах вилояти бошқармасининг Ер ва кадастр назорати бўлими томонидан 2022 йилнинг 1-чорагида бажарилган ишлар юзасидан МАЪЛУМОТ
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
Forwarded from Daryo — LIVE
Давлат кадастрлари палатаси Нуробод туман филиали мутахассислари 2 млн сўм пора билан ушланди

Филиал мутахассислари мазкур пул эвазига 6 сотих ерга сохта кадастр ҳужжатлари расмийлаштириб беришини маълум қилган.

Ҳозирда филиал ходимлари фирибгарликда айбланиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Joriy yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib keyin tanlovga chiqarish vazifasi qo‘yilgan. Bu borada nima ishlar qilindi?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Axborot 24 | Qashqadaryoda yerdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha o‘rganishlar

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

Otabek Allaberganov, Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

Bugungi kunda 24,4 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ega kesim qilindi. Yaʼni buni elektron xaritasi yaratilib, ular kimga tegishli qayerda joylashganligi aniq hisob kitob qilindi. Bu 404 mingtadan ziyod yerdan foydalanuvchi. Bundan tashqari tuman, shaxar xokimliklari nomiga 1 mln 190 ming gektar zahiradagi yerlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Kadastr va soliq qonunchiligi qaysi hududlarda ko‘proq buzilayapti?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ахборот технологиялари ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш борасидаги ислоҳотлар натижадорлиги ҳамда соҳада 2022 йилда амалга оширилиши лозим бўлган вазифалар юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по результативности реформ в области информационных технологий и развития цифровой экономики, а также приоритетным задачам сферы на 2022 год.

Facebook|Instagram|Twitter