JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr
#ma_rifat_soati
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunni "Siyosiy-ma’rifat soati" da faol qatnashish bilan boshladilar.
🔹Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan ma’rifat soatida:
✏️ Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishadi:
🔰Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish (Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yettinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati)
🔰 Davlat fuqarolik xizmatchilarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish
🔰 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)
🔰 Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Kadastr xujjatini tayyorlash▫️

🔰 Kadastr xujjatlarini tayyorlash, uning jarayonlari va kadastr muhandisining kun davomida ko‘zga ko‘rinmas, ammo uy xujjatlarini tizimga kiritishdagi muhim bo‘lgan ishlari Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan o'zgacha yondashuvdagi videoda.

#DavKadastrPalata
#Qoraqalpog_iston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Inamov Nozimjon Ravshanovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nozimjon Ravshanovich 1983 yil Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan.

2021 yildan shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🇺🇿 Tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish

◻️ Bugun, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Unda, Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov qatnashdi. Tashkiliy masalalardan boshqaruv tizimida bir necha tayinlovlar amalga oshirildi.

◻️ Yangi tayinlangan lavozim egalarini mas’uliyatli vazifalari bilan tabriklab, kelajakdagi ishlariga zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Yunusov Abdulaziz Abdugaparovich
Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulaziz Abdugaparovich 1982 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2010 yil - Toshkent arxitektura-qurilish instituti tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
TAYINLOV

Suyunov Axmadjon Xujamurodovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Axmadjon Xujamurodovich 1984 yil Tojikiston Respublikasi Qo'rg'ontepa viloyatida tug‘ilgan. 2008 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.

2021-yildan shu vaqtga qadar - Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#korrupsiya # Jizzax #kadastr #2022
Korrupsiyaga qarshi kurashishda, soha xodimlari orasida bu illatning oldini olish maqsadida kadastr sohasida ham qator tadbirlar, davra suhbatlari, amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Eldor Kasimov tomonidan hududiy boshqarmaning Do‘stlik tumani bo‘lim va filialida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
"Orzu-maqsadlarga pora bilan erishib bo'lmaydi. Har qadamingizni tashlayotganda ortingizdan qarab qoladigan qora ko'zlarni unutib qo'ymang.O'zini halollik vaksinasini bilgan emlagan xodim o'ziga korrupsiyani yaqinlashtirmaydi". 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Hududiy yangiliklar▫️

💠 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani o‘tkazildi.

💠 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish mavzusidagi matbuot anjumanida yig‘ilgan OAVlari vakillari va jurnalistlarga shu yo‘nalish bo‘yicha tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⁉️Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #huquqiy_targibot

🇺🇿Bugun "Yuridik shaxslarning ko'chmas mulk obyektlari hisobini yuritishdagi kamchiliklarining mol-mulk va yer soliqlarini to'g'ri hisoblanishiga ta'siri" to‘g‘risida Kadastr agentligining Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Bozorov tushuncha berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TAYINLOV

🔰Bugun, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Ushbu yig'ilishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosarlarining tayinvoli e'lon qilindi.

◻️Inamov Nozimjon Ravshanovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

◻️Yunusov Abdulaziz AbdugaparovichDavlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

◻️Suyunov Axmadjon Xujamurodovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt