JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.7K photos
1.75K videos
5 files
8.33K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax #kadastr #yer_nazorati
🔰Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining Jizzax shahar bo'lim inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan monitoring natijasida aniqlangan noqonuniy qurilish ishlari, Inspektorlar tomonidan berilgan ogohlantirishlardan so'ng, yer qonun buzilish holatlarini amalga oshirgan shaxslar tomonidan joyida bartaraf etildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
Саноат кооперацияси ва маҳаллийлаштиришни янада кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Йирик корхоналар билан маҳаллий ишлаб чиқарувчилар ўртасида кооперацияни маҳсулотлар кесимида йўлга қўйиш, импорт қилинаётган маҳсулотларни ўзлаштиришга тадбиркорларни жалб этиш бўйича кўрсатмалар берилди.
“Ўзстандарт” агентлигига халқаро сертификатга эга корхоналарни кўпайтириш вазифаси қўйилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего расширения промышленной кооперации и локализации.
Даны указания по налаживанию между крупными предприятиями и местными производителями кооперации по видам продукции, стимулированию предпринимателей к освоению выпуска импортируемых товаров.
Перед агентством «Узстандарт» поставлена задача увеличить число предприятий, имеющих международные сертификаты.

#Mirziyoyev #videoselektor #kooperatsoya #mahalliylashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Kadastr muhandisi – hususiy sektorda▫️

◻️ “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi faoliyati joriy etilganidan xabaringiz bor.

◻️ Ushbu faoliyatni boshlashi uchun talabgorlar uchun o’quv kurslari o’tkazilgandi. O’quv kursini yakunlagan 19 nafar malaka imtihonini topshirganlarga Davlat kadastrlari palatasining shahodatnomalari topshirildi.

◻️ Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’lim olgan mazkur bitiruvchilar faoliyati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan muntazam o‘rganib borilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnoma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#matbuot_anjumani
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan 2022 yilda “Aholiga ijaraga beriladigan yerlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda tanlovga chiqarish tartibi” va “Yer to'g'risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish” kabi mavzulariga bag'ishlangan matbuot anjumani boshqarmalarining mutasaddilari, jurnalistlar hamda axborot xizmati rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tdi. 🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 7-11 mart kunlarida jami 1 896 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 30
▫️Andijon viloyati - 61
▫️Buxoro viloyati - 117
▫️ Samarqand viloyati - 27
▫️Sirdaryo viloyati - 66
▫️Surxondaryo viloyati - 255
▫️Qashqadaryo viloyati - 139
▫️Toshkent shahar - 124
▫️Toshkent viloyati - 307
▫️Navoiy viloyati - 21
▫️Namangan viloyati - 160
▫️Xorazm viloyati - 123
▫️Jizzax viloyati - 323
▫️ Farg‘ona viloyati - 127
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 16

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #oylik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹DAVLAT KADASTRLAR PALATASI hafta ichida🔹

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida faoliyat yuritayotgan kadastrchi zahmatkash ayol haqida lavha.
👉Batafsil

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida faoliyat yurituvchi jozibali va latofatli ayollarimiz palata yigitlari tomonidan alohida e’zoz topdi.
👉Batafsil

⚜️Bahorning eng go‘zal ayyomi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kadastrning jozibali ayyollariga bag‘ishlangan tadbirlar, kechalar har bir hududda tashkil etildi.
👉Batafsil

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil fevral oyida jami 7 606 ta murojaatlar kelib tushgan.
👉Batafsil

⚜️ Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati fuqarolarning savollariga @Dkpuz_bot orqali javob berishda davom etadi!
👉Batafsil

⚜️Davlat kadastrlari Palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘lim bosh mutahassisi Zuxriddin Faxriddinov "O'zbekiston24" radiokanalida suhbatda qatnashib bu boradagi bilimlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
👉Batafsil

⚜️Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ravshan Nishonovning fikrlariga qiziqdik” – deya boshlanadi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida berilgan maqola.
👉Batafsil

⚜️Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olish borasida insonni o'ylantiruvchi, mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini yaratishda davom etmoqdalar.
👉Batafsil

⚜️Bugun respublikamizning Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmalarida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari o‘tkazildi.
👉Batafsil

⚜️Tadbirkorlarga Davlat kadastrlari palatasi mutaxassisi auksion savdolari bo'yicha ma'lumotlar berdi.
👉Batafsil

⚜️Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 1-7 mart kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etdi.
👉Batafsil

⚜️Respublikamizning ijtimoiy siyosiy gazetasi “Янги Ўзбекистон”нинг 51-sonida “Yer uchastkalarini xususiylas’htiris’h nima beradi ?” mavzusida jurnalistning Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo’ja Valiyev bilan bo’lgan suhbati chop еtildi.
👉Batafsil

⚜️Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 7-11 mart kunlarida jami 1 896 ta murojaatlar kelib tushgan.
👉Batafsil

#DavKadastrPalata #hafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yer munosabatlarida huquqiy bilim▫️

🔷 "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.2021 yildagi 6243-son farmonidan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #qishloq_xo_jaligi_yerlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
14-mart – Xalqaro to`g`onlarga qarshi kurash kuni

🔰«Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni» millatlararo sana hisoblanib, u har yili o‘nlab mamlakatlarda nishonlanadi. Mazkur sana ilk marta 1998-yilda nishonlangan.

🔰«Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni»ni nishonlash tashabbusi «Xalqaro daryolar tarmog‘i» nomini olgan Amerika Qo‘shma Shtatlari ekologiya tashkiloti tomonidan ilgari surilgan. Ekotashkilot faollari «To‘g‘onlarga qarshi kurash kuni»ni «Daryolar, suv va hayot uchun» shiori ostida nishonlashni taklif qilishgan.

🔰1997-yilning 14-mart kuni Braziliyaning Kuritiba shahrida yirik to‘g‘onlar qurilishiga qarshi birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari 14 martni –Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni deb e’lon qilishar ekan, "Biz kuchli va birdammiz, bizning ishimiz adolatli” degan shiorni o‘rtaga tashladilar.

🔰O‘sha kuni jahonning 20dan ortiq mamlakatida to‘g‘onlar qurilishiga qarshi 50 dan ortiq namoyish bo‘lib o‘tdi. «Suv o‘lim emas, balki hayot olib kelsin» shiori ostida o‘tgan anjuman ishtirokchilari «daryolar, suv va hayotni muhofaza qilish maqsadida» 1998-yildan boshlab har yili 14-martda Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kunini nishonlashga kelishib oldilar.

🔰To‘g‘on, deb asosan gidroelektr stansiyalari uchun suv oqimini to‘xtatish va muvofiqlashtirish maqsadida quriladigan inshootga aytiladi. Energiya manbayi sifatida suv oqimidan olinadigan energiyalar asosan GESlarda ishlab chiqariladi. GESlar esa odatda daryolarga to‘g‘on va suv omborlari qurilishi natijasida barpo etiladi. Buning uchun daryolarda yil bo‘yi suv bo‘lishi, daryolar esa imkon qadar nishablikda joylashishi lozim.

🔰Ma’lumki, daryolar tabiiy suratda muntazam yo‘nalishini o‘zgartiradi, goh toshib, goh qurib qoladi. To‘g‘onlar esa mana shu tabiiy jarayonga, shuningdek, suv haroratiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, suvdagi kimyoviy tarkibni o‘zgartirib yuboradi. To‘g‘onlar suv toshqinlarini oldini olishga emas, balki suv toshqinlarini keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, to‘g‘onlar suvlarning sho‘rlanishi, xavfli kasalliklar tarqalishining omili hamdir. Chunki suv omborlari chivin kabi yuqumli kasalliklar tarqatuvchi zararkunandalar ko‘payadigan makondir. Masalan, Sayano-Shushensk suv ombori yaqinida har yili 2 mingdan ortiq kishining yuqumli kasallikka chalinishi bilan bog‘liq hodisa qayd qilinadi.

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati
Axborot xizmati.
🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
⚡️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida rasmiylashtirmaslik javobgarlikka sabab bo'ladi.
🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi (https://lex.uz/docs/97664#5613529).
Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Xususiylashtirish jarayoni qancha vaqt oladi. Muddati haqida ma'lumot bering.

Javob: O‘ziga tegishli yerni xususiylashtirish jarayoni 22 ish kunigacha bo‘lgan muddatda;
Bo‘sh yerlar auksion orqali sotib olinganda 16 ish kunigacha bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati
Axborot xizmati.
Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼 Telegram I Instagram I Facebook