JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha yurtimizda Omicron shtammi aniqlangan.

🔹Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.

❗️Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

❗️Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.

❗️Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boshlab vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko‘zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

#DavKadastrPalata #ssv #omikron

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ularga tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha Jismoniy shaxslarning noturar ob'ektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarini Davlat ro'yxatidan o'tkazish va davlat reesridan ko'chirmalar olish xizmati haqida ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #huquqiy_bilim #vm_731

📍O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi "BOG‘DORCHILIK-UZUMCHILIK SHIRKATLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 731-son qaroriga muvofiq Davlat ro‘yxatidan o‘tgan shirkatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida elektron hamkorlik orqali ma’lumotlar almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.▫️

🔹 Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🔹 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

Ularda qatnashing va bilimingizni oshirib boring! RESPUBLIKAMIZDAGI SHAHARLAR SONI NECHTA?
Anonymous Quiz
26%
125 ta
36%
126 ta
20%
130 ta
18%
120 ta
#Биласизми?

Мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик, доимий эгалик, вақтинча фойдаланиш ҳуқуқи билан ер ажратиш тартиби бекор қилинади, бунда илгари ажратилган ер участкаларига бўлган бундай ҳуқуқлар уларнинг эгаларида амалдаги тартибда сақланиб қолади;
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Президент Шавкат Мирзиёев йўл инфратузилмасини яхшилаш ва табиий газ таъминотига оид лойиҳалар билан танишди.
Хусусан, “Тошкент-Чиноз” йўлини таъмирлаш, Тошкент шаҳридаги Темур Малик кўчасини кенгайтириш ва бошқа лойиҳалар ҳақида маълумот берилди.
Тақдимотда табиий газ етказиб бериш тизимида хусусий шерикликни жорий этишга доир таклифлар ҳам кўриб чиқилди.
Давлат раҳбари лойиҳаларни маъқуллаб, уларни сифатли қилиб қуриш бўйича топшириқлар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектами улучшения дорожной инфраструктуры и системы газоснабжения.
В частности, представлена информация о проектах по ремонту автодороги «Ташкент-Чиназ», расширению улицы Темура Малика столицы и других.
Рассмотрены также предложения по внедрению частного партнерства в газотранспортную систему.
Глава государства одобрил проекты и дал поручения по их качественной реализации.

#Mirziyoyev #taqdimot #infratuzilma #qurilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing:

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari▫️

O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yhatidan o'tkazish tartibi bilan tanishing:

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Jizzax #kadastr #yer_nazorati
Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Jizzax shahar bo‘limi, MIB va tegishli tashkilotlar ishtirokida shaharning "Bunyodkor" MFY hududida o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat va poydevor buzdirilib, yer maydoni o'z holiga keltirildi.
🇺🇿A'zolik—
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Биласизми?

Қандай ҳолатлар кадастр паспорти беришни рад этиш учун асос бўлади?
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
▫️Auksionga savdolariga chiqarilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

🔷 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 6-11- yanvar auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz - 1097 ishonch telefoni orqali habar berishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #korrupsiya #korrupsiyaga_qarshi #Qoraqalpog_ston_videoroligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |