JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.6K photos
1.74K videos
5 files
8.27K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Ayni damda Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari boshlandi.

Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Imtihon jarayonlari uch guruhga bo'lingan holda, ikki kun davom etadi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #kadastr_agentligi

📍 Ayni damda “O‘zbekiston va Gruziyada yer islohotlarini amalga oshirish tajribasini taqqoslash orqali mintaqaviy bilim – tajriba almashinuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M.Mirmaksudov Yer va kadastr tizimini takomillashtirish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida maʼlumot bermoqda.

Jumladan,

🔹 Kadastr agentligining asosiy vazifalari;

🔹 Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Yer va bino-inshootlarni hisobga olish tajribalari;

🔹 Amalga oshirilgan yer, kadastr va geodeziya nazorati tadbirlari;

🔹 Geodeziya va kartografiya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Davlat kadastrlari yagona tizimi va ularning yuritilishi;

🔹 Bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish

bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi xalqaro hamkorlarga ko‘rsatilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌐“Yangi Oʼzbekiston” ijtimoiy siyosiy gazetasining bugungi sonida “Oʼzbekiston milliy atlasi” muhim maʼlumotlar jamlangan manba” nomli maqola chop etildi.

🌐Oʼzbekiston Prezidentining topshirigʼiga asosan birinchi marotaba yaratilgan Oʼzbekiston milliy atlasi haqida batafsil maʼlumotlar jamlangan ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin.

#OAV_biz_haqimizda #DavKadastrPalata #gazeta

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
⚡️ Ерга эгалик қилишда қандай тартиб ўрнатилмоқда?

Ўзбекистон Республикаси Президенти “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3oFbvhN

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
KORRUPSIYAGA YO‘L YO‘Q
🔷Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi! Korrupsiya rivojlanishiga nafaqat uni sodir etganlar, balki jimgina kuzatganlar ham aybdor bo‘ladi. Shu bois, bu illatni yo‘qotishda bir yoqadan bosh chiqarmoq lozim. Korrupsiyaga oid biror bir holatning guvohi bo‘lsangiz, 72-223-70-54 telfon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
🔷Murojaat soxta emasligini aniqlash maqsadida boshqarmaning Komplaens nazorati mutaxassisi murojaatchi bilan bog‘lanadi.
☝️ESLATMA!!!
❗️Aslo yolg‘on xabar bermang!
Yolg‘on xabar berish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi (https://lex.uz/mobileact/111453).
Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
🌐Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi - yer tuzish, kadastr, koʼchmas mulkni roʼyxatga olish holatini oʼrganib, oʼzaro tajriba almashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdilar.

📈Mehmonlar koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha tizimda yoʼlga qoʼyilgan yangiliklar, auktsion savdosiga boʼsh uchastkalarni chiqarishdagi eʼtibor qaratish muhim boʼlgan jihatlarga ahamiyat berdilar.

💻Tizimdagi yoʼlga qoʼyilgan - server yaʼni barcha maʼlumotlar jamlanmasini koʼzdan kechirib, bu boradagi maʼlumotlar boʼyicha oʼzaro fikr almashdilar.

Halqaro hamkorlar tashrifi ertaga ham davom etadi.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
#Bayrog'm_faxrim 18-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun! Bayrog’imiz abadiy hilpirab tursin!
🇺🇿A'zolik—
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot