JIZZAX KADASTR
1.72K subscribers
16K photos
1.87K videos
5 files
8.93K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +998722267523

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #chegara_o‘zgarishi #Toshkent_viloyati

ZANGIOTA TUMANIDAN SERGELI TUMANIGA O‘TAYOTGAN OBYEKTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16-avgust 2021 yildagi 1290-IV-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27-avgust 2021 yildagi SQ-379-IV-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo‘linmalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga quyidagi ijtimoiy obyektlar o‘tkazilishi taʼminlandi:

🟢 mahallalar – 13 ta;

🟢 ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;

🟢 ko‘p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;

🟢 yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;

🟢 noturar joylar – 535 ta;

🟢 maktablar – 7 ta;

🟢 maktabgacha taʼlim muassasalari – 5 ta;

🟢 diniy muassasalar – 2 ta;

🟢 qabristonlar – 4 ta;

🟢 madaniyat markazlari – 1 ta;

🟢 tibbiy muassasalar – 2 ta.

Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #geodeziya_kartografiya

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📌O‘zgarishlarga muvofiq:

Kadastr agentligiga o‘ndan ortiq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaradi.

Agentlik tomonidan «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari bajariladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya faoliyati bilan litsenziya yoki xabardor qilish tartibi orqali geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham bajarilishi mumkinligi belgilandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #auksion

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kadastr idoralari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 54 474 ta 22 045 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritildi.

📌Shundan vakolatli organlar tomonidan:

➡️14 567 ta yer uchastkalari rad etildi;

➡️24 686 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

➡️15 839 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib, “E-Ijro auksion” orqali auksionga chiqarildi.

🚩Auksionga chiqarilgan 6008 ta 444 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Huquqiy_asoslar
🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
Audio
#Jizzax_kadastr
#Radio

Kadastr sohasi xodimlari o'rtasida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha tadbirlar tashkil etildi.

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

💠Shahrixon tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 15 930 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (25 ta mahalla).

📌Shundan, 2 402 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 13 528 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

🔷Bundan tashqari, 11 818 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
➡️15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 5 298 tani;
➡️11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 2 287 tani;
➡️6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlarii soni 2 279 tani;
➡️1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 939 tani tashkil etmoqda.

Bu borada ishlar Shahrixon tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik uchun ko'riladigan chora
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 68- prim 1- moddasiga asosan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga (Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalari, tuman shahar filiallariga) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa o'n besh baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yuqoridagilardan kelib chiqib ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro‘yxatidan o'tkazishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔘 Қуйидаги ҳолларда кадастр паспортини расмийлаштириш бепул амалга оширилади:

кўчмас мулк объекти бўйича бирламчи кадастр йиғмажилди (паспорти) мавжуд бўлиб, бегоналаштирилганда ёки объектда ўзгаришлар (реконструкция, қўшимча ва алохида қурилиш) мавжуд бўлмаганда;

кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ёки реконструкциясиз тоифаси ўзгарганда;

кадастр йиғмажилди (паспорти) йўқолганда (яроқсиз ҳолга келганда).

✍️ Ушбу ҳолларда кадастр паспорти 3 иш куни мобайнида расмийлаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #dunyo_yozuvlari #manaviyat_va_marifat

📚Bugungi kunda eng keng tarqalgan yozuv turi lotin alifbosiga asoslangan yozuvlardir va ulardan dunyoning 42,8 foiz aholisi foydalanadi.

🈯️Xitoy iyerogliflaridan 1,6 mlrd kishi, yaʼni dunyo aholisining 20,5 foizi foydalanadi. Lekin tarqalish miqyosi boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamaydi. Hind yozuvidan ham deyarli shuncha aholi foydalanadi, buning katta qismi Hindistonning oʻziga toʻgʻri keladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati Buxoro tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-oktabr kuni soat 14-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Buxoro tumani "Robotak" MFY 1-sektor shtabi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝Murojaat uchun telefon: +998(65)221-01-34

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Audio
#Kadastr_Jizzax
#Radio

Jizzax viloyatida 9 oy mobaynda o'tkazilgan kadastr-syomka ishlari haqida ma'lumot

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#xalq_bilan_birga #murojaatlar
🌏♻️Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasiga joriy yilning 20 oktabr holatiga 771 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 20 oktabrga qadar o‘rganilgan murojaatlar 747 ta (96,6%) tashkil etib, shundan 459 ta (61,6%) murojaatlar ijobiy hal etilib, o‘z yechimini topgan. 255 ta murojat esa (55,5%) huquqiy ma`lumot berish orqali ijobiy hal qilingan, 12 tasiga tushuntirish berilgan, 21 ta murojaat esa sohaga tegishli emasligi sabab rad etilgan. Tumanlar kesimida murojaatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak:
📗 Arnasoy tumani - 25 ta
📗 Baxmal tumani - 59 ta
📗 G‘allaorol tumani - 50 ta
📗 Sharof Rashidov tumani – 217 ta
📗 Do‘stlik tumani - 42 ta
📗 Zarbdor tumani - 24 ta
📗 Zomin tumani - 31 ta
📗 Zafarobod tumani - 40 ta
📗 Mirzacho‘l tumani - 14 ta
📗 Paxtakor tumani - 37 ta
📗 Forish tumani - 79 ta
📗 Yangiobod tumani - 4 ta
📗 Jizzax shahar – 115 ta
🇺🇿Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.