JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr_Jizzax
#Tadbir
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Ona tili – millat ma`naviyatining mustahkam poydevoridir’’ mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir (ma'ruza suhbat) tashkil etildi.
Tadbirga “Ma`rifat” targ'ibotchilar jamiyati a`zosi, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ( PhD), dotsent E.Nasrullayev hamda filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Siddiqovalar ishtirok etishib, ona tilimizning nufuzi, badiiy adabiyotning ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar.

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Forwarded from Jizzax | Kun.uz
Davlat bog‘chalarining bo‘sh turgan yerlari nodavlat bog‘cha binosini qurish uchun bepul ijaraga beriladi

Prezident farmoniga ko'ra, nodavlat MTTlar tashkil etish uchun nodavlat MTT binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega bo‘lgan ishlab turgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi.

Bunda davlat sherigi, xususiy sherik va davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rtasida ijara shartnomasi tuziladi. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/uz/97336078

➡️ Jizzax xabarlari
Жиззах вилоятида 3883 та бўш ер майдони сотувга қўйилган

Жорий йилнинг 12 октябрь ҳолатига Жиззах вилоятида «
е-kadastr.uz» дастурига киритилган бўш ер участкалари сони –5997 та, майдони – 171.91 гектарни ташкил қилади.

Шунингдек, 5568 та ер участкалари ваколатли идоралар билан келишиш учун YERELEKTRON дастурига киритилган,

2020-2021 йиллар мобайнида 1188 та ер майдони (33.68 гектар) аукционда сотилган бўлса, ҳозирда жами ҳудуди 2584 гектар бўлган 43.53 та ер майдони сотувга қўйилган.


https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Jizzax_kadastr
#Yig’ilish

Kadastr agеntligining Yerni masofadan turib zondlash, gеodеziya va kartografiya boshqarmasi boshlig’i I. Ergеshov ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yer hisobini tuzish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda Kadastr agеntligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i Sh.Quqonboyеv, Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Sidikov, tuman (shahar) bo’limi va filiali rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig’ilishda 2022-yil 1-yanvar holatiga bo’lgan yеr hisobini tuzish ishlari va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar, yеr hisobini qayta tahlil qilish, xato va kamchiliklarni bartaraf etish, barcha turdagi yеr egalari va yеrdan foydalanuvchilar tasarrufidagi yеr maydonlarini “Innola” dasturga tushirish bo’yicha bajarilgan ishlar va rеjalar muhokama qilindi.

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
RO‘YXATDAN O‘TKAZISH INTEGRATSIYALASHTIRILMOQDA

💠Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari binosida kuni kecha boshlangan Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr integratsiyalashgan axborot tizimi”ni ishlab chiqish loyihasini ishga tushirish oldidan uyushtirilgan seminar trening kadastr mutaxassislarining bahs-munozaralariga boy o‘tdi.

💠Koreya Respublikasining “LG-LX” konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari Palatasi, Geoinfokom DUK mutaxassislari jalb qilingan. Mazkur loyiha hozirgi kunda test rejimida ishga tushirilmoqda.

💠Seminar yakuniga ko‘ra hududiy boshqarma vakillariga berilgan bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha fikrlari tahlil etildi. Ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini yakunladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-son Qonuniga asosan:

❇️So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa-2 ko‘chasida faoliyat ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchilar quyidagi miqdordagi maxsus soliq stavkalarini qo‘llash belgilandi:

🔸yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq bo‘yicha 1 %;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun har chorakda qat’iy belgilangan soliq uchun 25 ming so‘m, ijtimoiy soliq bo‘yicha BHMning kamida bir baravari miqdorida;

📌Shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llagan holda to‘lanishi belgilandi. (2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladiSoliq kodeksi 71/1-bob)

❇️ Quyidagilar mol-mulk va yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, YaTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahri va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari – 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 % stavkada to‘laydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari – 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi. 2021-yil 15-sentabrdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi – Soliq kodeksi 483 modda 6-band). https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#kadastr #savol_javob #farmon

SAVOL:

Yerga bo'lgan huquqga qanday o'zgartirishlar kiritildi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli (
https://lex.uz/docs/5450176#5455043) "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi farmonining 2-bandiga asosan yerga bo'lgan huquq turlari 2021- yil 1- avgustdan boshlab 6 tadan 3 taga qisqartiriladi.

🔶 yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

🔶 meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

🔶 ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko‘chmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi;

🔗 https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#Jizzax_kadastr
#Jarayon
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tuman filiali xodimlari ish jarayonidan foto lavhalar

https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot