JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Samarqand_viloyati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul kuni bo'lib o'tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari - "Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart" ekanligini alohida ta'kidlab o'tgan edilar.

Yuqoridagi videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondoshish lozimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
#Vaksinasiga_emlash #Jizzax_kadastr
#Mirzachol_tumani
КАСАЛЛИКДАН ҲИМОЯЛАНИШНИНГ ЯГОНА ЙЎЛИ – ВАКЦИНАЦИЯ
Дарҳақиқат, шундай. Атроф-муҳит, иқлим ва аҳоли турмуш тарзининг ўзгариши, миграцион жараёнлар фаоллашуви баъзи вирусли юқумли касалликларнинг дунё бўйлаб эпидемия, пандемия тарзида кенг тарқалишига олиб келаётир.
Афсуски, Covid-19 пандемияси инсоният тарихида халқаро аҳамиятга эга бўлган ўта хавфли фавқулодда вазият сифатида тан олинди ва бутун дунё соғлиқни сақлаш тизими олдига ўта муҳим ва жиддий муаммоларни қўйди. Таъкидлаш керакки, Covid-19 га қарши курашишнинг энг самарали усули – аҳолини оммавий эмлаш. Шу муносабат билан Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Мирзачўл туман бўлими ҳамда филиали ходимлари Covid-19 га қарши ихтиёрий равишда эмландилар.

🔗Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг!
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xalq_bilan
#sayyor_qabul
#Jizzax_kadastr

Фуқаро: "Мурожаатим бўйича тўлиқ жавоблар олдим. ... Соғ-саломат бўлишсин, ишларига, касб-корларига барака берсин"

Ҳар бир мурожаат ортида инсон тақдири бор. Шундай экан, аҳоли мурожаатларини имкон қадар ижобий ҳал этишимиз, улар кўнглида кадастр соҳаси ходимларидан розилик ҳиссини уйғотишимиз керак. Бугун ўтказилган сайёр қабулда ҳам асосий мақсадимиз – айнан шу жиҳатга қаратилди.

"Бугун туманимизда сайёр қабул ўтказилди. Йиғилишдан асосий мақсад, туманимиздаги кадастр, яъни уй-жойга бўлган муаммолар, ечимларни ечиш бўйича. Жуда кўп саволлар берилди. Мутахассислар саволларга тўлиқ жавоб беришди. Ечилмаган масалалар анча йиғилиб қолган экан, аҳолининг ичида, ҳаммасига тўлиқ жавоб берилди. Биз берилган жавоблардан тўлиқ қониқиш ҳосил қилдик. ...Ҳаммалари соғ-саломат бўлишсин, ишларига, касб-корларига барака берсин ... “, - дейди Жиззах вилояти, Фориш тумани, Боғдон кўчасида истиқомат қилувчи фуқаро Жўраев Ботирбек.
#E_auksion #Bo_sh_yer_uchastkalari #Yakka_tartibdagi_uy_joy

🔰Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔰Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auksionga qo‘yiladi).

🔹 Buxoro viloyatidan 124 ta (ko'rish)
🔹 Jizzax viloyatidan 423 ta (
ko'rish)
🔹 Qashqadaryo viloyatidan 23 ta (
ko'rish)
🔹 Navoiy viloyatidan 55 ta (
ko'rish)
🔹 Samarqand viloyatidan 94 ta (
ko'rish)
🔹 Surxondaryo viloyatidan 233 ta (
ko'rish)
🔹 Sirdayo viloyatidan 28 ta (
ko'rish)
🔹 Xorazm viloyatidan 26 ta (
ko'rish)
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1163 ta (
ko'rish)
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Samarqand_viloyati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul kuni bo'lib o'tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari - "Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart" ekanligini alohida ta'kidlab o'tgan edilar.

Yuqoridagi videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondoshish lozimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
#Tayinlov #Samarqand_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Xabaringiz bor joriy yilning 29-aprel sanasida Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasida palata raisi M.Valiyev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda barcha tuman va shahar filiallari rahbarlari hamda boshqarma bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Mazkur
yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i v.v.b. etib Davronov Yashnar Baxodirovich tayinlandi.

🔹Davronov Yashnar Baxodirovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #biz_haqimizda #Faoliyat #Andijon_viloyati #Jalaquduq_tumani

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Jalaquduq tuman bo'limi va filiallari tomonidan amalaga oshirilayotgan ishlar
Forwarded from Kadastr - Live
#Prezident_Farmoni

2021 ЙИЛ 1 АВГУСТДАН ҲОКИМЛИКЛАРНИНГ ЕРГА ОИД ҚУЙИДАГИ ВАКОЛАТЛАРИ БЕКОР ҚИЛИНАДИ:

🔶 ерни тўғридан-тўғри ажратиш, фойдаланишга бериш, захиралаш, бириктириш, ободонлаштириш учун бериш ёки ерларни бошқача йўл билан тасарруф қилиш;

🔶 туман ва шаҳар ҳокимликлари томонидан ерга бўлган ҳуқуқларни белгилаш, эътироф этиш, ўзгартириш, бекор қилиш;

🔶 суғориладиган ерларни суғорилмайдиган ерлар тоифасига ёки бошқа ер тоифасига, суғорилмайдиган қишлоқ хўжалиги ерларини бошқа ер тоифасига ўтказиш;

🔶 жамоа боғдорчилиги, узумчилиги ва полизчилиги ҳамда ёрдамчи қишлоқ хўжалигини юритиш учун ер бериш;

🔶 хусусийлаштириладиган ерга нисбатан инвестиция мажбуриятлари ёки хусусий мулкни эркин тасарруф этишни чеклайдиган бошқа мажбуриятларни белгилаш.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Sayyor_qabul #Sirdaryo

Бугун Кадастр агентлиги директор ўринбосари Т.Абдуллаев иштирокида Сирдарё туманида сайёр қабул ўтказилди.

📝 Сайёр қабулда 32 нафар тадбиркор ва фуқароларнинг мурожаатлари тингланди.

Ташкил этилган сайёр қабулда 18 нафар мурожаатчининг мурожаати жойида ижобий ҳал этилди.

📩 12 нафар
мурожаатчининг мурожаатлари ўрганиш учун тегишли туман филиал ва бўлим раҳбарларига топшириқлар берилди.

📤 Қолган 2 та мурожаатлар Кадастрга оид масалалар бўлмаганлиги туфайли тегишли идораларга мурожаат этиш учун йўналтирилди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 431 752 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 95%


(2021-yil 30-iyul holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” давлат дастури доирасида Зомин туманидаги “Пешағор” ҚФЙ ҳудудида ҳам кенг кўламдаги бунёдкорлик ва ободончилик ишлари амалга ошириляпти. Эндиликда мазкур қишлоқ фуқаролар йиғинидаги бир қатор қишлоқ ва маҳаллалар бугун ўзгача кўринишга эга бўлмоқда.
Жумладан, Кадастр агенлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Зомин туман бўлими ва филали ходимлари “Ёшлик” маҳалла фуқаролар йиғинида уйма-уй юриб, аҳоли билан мулоқот қилмоқдалар, уларнинг мурожаатларини ўрганмоқдалар, ҳашарлар уюштирмоқдалар.
Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг
👇🏼 https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
Forwarded from Kadastr - Live
ФАЗОВИЙ МАЪЛУМОТЛАР ИНФРАТУЗИЛМАСИ МАЪЛУМОТЛАР БАЗАСИ НИМАЛАРНИ ЎЗ ИЧИГА ОЛИШИНИ БИЛАСИЗМИ?

‼️БУЛАР:

🛰 барча турдаги космик суратлар ва хариталар;

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Давлат чегараси, маъмурий-ҳудудий ва ҳудудий бирликларнинг чегаралари;

🌱 ер участкаларининг чегаралари, ўсимлик дунёси ва тупроқ турлари ҳақидаги маълумотлар;

🌊 гидрография объектлари ва гидротехник иншоотлар;

🏘 аҳоли пунктлари ва уларнинг кўча-йўл тармоқлари;

🏢🏭 бино ва иншоотлар, саноат ва ижтимоий-маданий объектлар;

🚙🚊 автомобиль ва темир йўллар, магистрал қувурлар ва муҳандислик коммуникациялари тизимлари;

⛔️🏕 муҳофаза этиладиган табиий ҳудудлар ва маданий мерос объектлари ҳақида;

🏘📝 аҳоли пунктлари ҳудудида ва уларда жойлашган объектларнинг манзиллари ва уларнинг номлари ҳақидаги ва бошқа маълумотлар

Telegram Instagram YouTube Facebook