JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Seminar

🟪 SEMINAR YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG'ISHLANDI

💠Bugun Jizzax politexnika instituti binosida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini tizimdagi barcha rahbar va xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i S.Kodirkulov hamda Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Zarbdor, Forish, Yangiobod tumanlari hamda Jizzax shahar filial rahbarlari hamda mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Dastlab 🌟Kadastr agentligining mas'ul xodimi B.Otabekov hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining mas'ul xodimi H.Axmedovlar seminar qatnashchilariga Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma‘lumot berishdi.

➡️Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари “Янги Навоий” шаҳарчаси қурилишининг илк босқичи доирасида олиб борилаётган ишлар билан танишди, нуронийлар ва зиёлилар билан суҳбатлашди.

Глава государства ознакомился с ходом начального этапа работ по строительству городка Новый Навои, побеседовал с представителями старшего поколения и интеллигенции.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #shaharsozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #atamalar

Davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON 📣

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati, Forish tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevichlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2024-yil 15-noyabr, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Forish tumani, Xonbandi MFY, Xonbandi shaharchasi mahalla binosi

📍 Lokatsiya

📱 Qabulga yozilish uchun +99899-335-79-57 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda:

Qoraqalpog'iston Respublikasi;
Andijon viloyati;
Jizzax viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Navoiy viloyati;
Namangan viloyati;
Samarqand viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Farg'ona viloyati;
Toshkent shahar.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan Do‘stlik tumani bo’lim va filialda faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirokida 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni mazmuni hamda “Korrupsiya - jamiyat taraqqiyotiga havf tug'diruvchi jiddiy to'siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

▶️ Mazkur davra suhbati "Jizzax _MTRK"ning "Diyor Yangiliklari" informatsion dasturida keng yoritildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Республика топонимика хизмати бошқармаси томонидан 2024 йил 9 ойи давомида бажарилган ишлар ҳамда нотўғри талқин қилиниб, кўп танқидга учрайдиган номлар

АОКАда Давлат кадастрлари палатаси Республика топонимика хизмати бошқармаси бошлиғи Дилноза Камолова иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

Брифинг

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

🗺Jizzax viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari

➡️Batafsil: PAXTAKOR.UZ

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM