JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Sayyor_qabul

✍️Paxtakor tumanida sayyor qabul o'tkazildi✍️

🫥Yuqorida xabar berganimizdek, kadastrga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish maqsadida 🌟 Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida Paxtakor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.

👨‍💻 Sayyor qabul jarayonida 16 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 7 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 4 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

🟢Sayyor qabul davomida O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini sotib oling!

Jizzax viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi va ijara huquqidagi 2900 ga yaqin yer uchastkalari ommaviy savdolarga chiqarilgan.

Jizzax shahar 106 ta (batafsil)
Arnasoy tumani 124 ta (batafsil)
Baxmal tumani 466 ta (batafsil)
G‘allaorol tumani 320 ta (batafsil)
Sh.Rashidov tumani 40 ta (batafsil)
Do‘stlik tumani 103 ta (batafsil)
Zomin tumani 637 ta (batafsil)
Zarbdor tumani 205 ta (batafsil)
Mirzacho‘l tumani 234 ta (batafsil)
Zafarobod tumani 142 ta (batafsil)
Paxtakor tumani 279 ta (batafsil)
Forish tumani 85 ta (batafsil)
Yangiobod tumani 122 ta (batafsil)

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

📝 Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

🟢 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📕 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)

🟢 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

❤️‍🔥Korrupsiyaga qarshi kurashish 📏 davr talabi

💫Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig‘i I. Tadjibayev hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimovlar boshchiligida Baxmal tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun davra suhbati tashkil qilindi.

💬 Suhbat jarayonida, xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilidi.

🟢Tadbir davomida soha xodimlariga  korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik,  hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobiga mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.


🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi tomonidan hududiy tuman shahar filiallaridagi Yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.

🎲Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 614-sonli qaroning mazmun-mohiyati qaror bilan amalga oshirilishi belgilangan ishlar tahlil etildi.

🟢Bundan tashqari "Yer hisoboti ATT" hamda yer balansining 2025-yil 1-yanvar holatiga tayyorgarlik, hududlarda yer hisobi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib mutaxassislarga bu yo‘nalishda ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobiga mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.


👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM