JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi tizimida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar

🌟 Kadastr sohasidagi xodimlarni korrupsion holatlarga qo'l urmasliklari, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tizimida mutasaddilar tomonidan profilaktik hamda targ'ibot tadbirlari muntazam olib borilmoqda.

🟢Qoraqalpog'iston Respublikasi
🟢Andijon viloyati
🟢Buxoro viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Qashqadaryo viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Samarqand viloyati
🟢Surxondaryo viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢Xorazm viloyati
🟢Toshkent shahar

#Kadastr_agentligi #korrupsiyaga_qarshi_kurash

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Huquqiy_seminar

QONUNNING TUB MOHIYATI, TARTIBI HAMDA TALABLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR BERILDI


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda Adliya vazirligi ⭐️Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminarlar o'tkazilmoqda.

🗣Belgilangan reja-grafikka asosan DXM Jizzax shahar bo'limida vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ul xodimlari tomonidan Qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat

SANGZOR.uz Jizzax axborot portal orqali e'lon qilingan "Жиззах шаҳар кадастрда ғалати ишлар бўлмоқда"nomli murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Muallif o‘z murojaatida: “Hozirda uning yashash xonadoni onasi (III-guruh nogironi) nomida bo‘lib, Jizzax shahar hokimining 1999-yildagi qarori bilan rasmiylashtirib berilgan. Keyinchalik o‘sha vaqtdagi “MBTI” MCHJ tomonidan ushbu hujjat ro‘yxatga olingan. Oradan qariyb 25 yil o‘tib ushbu hujjat tan olinmasdan fuqaro yo‘q joydan, MJTKning 681-moddasi bilan javobgar bo‘lib qoldi. …Mulk javobgar onaning nomida bo‘lishiga qaramasdan, uning ishtirokisiz va nomidan tilxat yozdirib olinib, dalolatnoma tuzilgan. Ya’ni mulkdorning farzandi nomidan tilxat noqonuniy yozdirib olingan”, deyilgan.

Aniqlanishicha, 2024-yil 16-sentabr kuni fuqaro S. O. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax shahar filialiga kelib, yashab kelayotgan uy-joyiga onasi K. S. nomiga kadastr hujjati rasmiylashtirishni so‘ragan va o‘zida mavjud Jizzax shahar hokimining 1999-yil 4-martdagi qarori va “MBTI” MCHJ tomonidan rasmiylashtirilgan uy-joy hujjatlarini taqdim etgan.
O‘rganish davomida fuqaro S. O. taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra uy-joyga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lsada, shu kunga qadar uy-joy belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi sababli Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektori S.A. tomonidan fuqaro O.S. ga onasi K.S. ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68¹-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishini ma’lum qilgan. Fuqaro O. S. onasi III-guruh nogironi ekanligini, uyiga borib uni bezovta qilmasligini, onasining nomidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlarning barchasiga o‘zi imzo qo‘yib tasdiqlab berishini bildirgach, uning onasi K. S. ning ishtirokisiz uning o‘g‘li ishtirokida holat bo‘yicha tushuntirish xati olingan. So’ngra shu kunning o‘zida fuqaro K. S. nomiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68¹-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi inspektorining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra uning harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qilamiz.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiga qarshi kurash yo'lida


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlar ishtirokida davra suhbatlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

◼️Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida kadastr xodimlari tomonidan MFY idoralarida mahalla faollari hamda fuqarolar o'rtasida ham shu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Ushbu tadbirlarda aholiga kadastr sohasidagi murojaatlar yuzasidan korrupsiya va ta'magirilik holatlariga duch kelganlarida mutasaddilarga murojaat qilishlari kerakligi hamda huquq va manfaatlari himoya qilinishi haqida tushunchalar berildi.

▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🟢 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🫥O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🫥Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🫥Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Kadastr_agentligi

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Huquqiy_seminar

DO'STLIK TUMANIDA HAM YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI


Yuqorida ta'kidlaganimizdek, belgilangan reja-grafikka asosan 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi va 🌟Kadastr agentligi bilan birgalikda seminarlar tashkil etilmoqda.

📍Do'stlik tuman hokimligi binosida bo'lib o'tgan seminarda ham vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ul xodimlari tomonidan Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan kerakli ma'lumotlar taqdim etildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥HUDUDLARDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI 🫥

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Baxmal tumanida targ'ibot tarbirlari olib borildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM