JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Олимпия шаҳарчаси қурилишини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Олимпийского городка.

#Mirziyoyev #tanishuv #sport #olimpiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Ochiq_muloqot

TALABALAR BILAN UCHRASHUV

2024-2025 o‘quv yilida Jizzax politexnika instituti arxitekturaviy loyihalash kafedrasi negizida kadastr ta’limi yo‘nalishi tashkil etildi. Ayni vaqtda kadastr ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha jami 27 nafar talaba tahsilni boshlashdi.

☑️Bugun🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Topografik va kartografik xaritalarini tayyorlash sektori boshlig‘i S. Jo‘rayev hamda bosh mutaxassis A. Niyozovlar ishtirokida kadastr ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun ochiq muloqot tashkil etilib, institut o‘qituvchilari, faol talaba yoshlarga sohada amalga oshirilgan islohotlar, yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🩶Ochiq muloqot yakunida “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi o‘qituvchilari U. Qorabekov hamda N. Xudoyqulovlar ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari va Jizzax politexnika instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirdilar.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga qiziqqan talabalarga imkoniyatlar yaratilmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan.

Ushbu yo'l xaritasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy va horijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Xususan, bir qancha hududiy boshqarmalarda o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xonalar ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlanib, o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Uchrashuvlarda yoshlarga sohaga oid yangiliklar hamda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda, mutasaddilar esa sohada malakali kadrlar tayyorlash masalasi bo'yicha fikrlar almashmoqdalar:

▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata#oliy_talim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM