JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
MANFAATLAR TO'QNASHUVI

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi tuman (shahar) xodimlari uchun ZOOM platformasi orqali 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

🤔 Seminar davomida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i S. Kodirkulov, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nazarovlar tomonidan mazkur Qonunda keltirilgan asosiy vazifalar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, tartibga solish, keltirib chiqaradigan oqibatlari hamda uni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🗣 Shuningdek, yig‘ilishda tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🇺🇿 Xabaringiz bor, 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot» AAT dasturi ishga tushirilgan. Tizimga hududiy filiallar yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shunga ko'ra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

🟢 Maʼlumot o‘rnida, Jizzax viloyatining 01.01.2024 yil holatiga umumiy yer maydoni 2 117,8 mln gektar, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlari 304,9 ming gektarni tashkil etadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni huquqiy hujjatlari asosida to‘g‘ri va sifatli kiritilishi, kiritilgan maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha viloyatning hududiy filiallarida Davlat yer kadastriini yuritish sho‘basi boshlig‘i L.Nahalov va bosh mutaxassislari tomonidan viloyatning Sh.Rashidov, Zarbdor, Zomin, tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🌐Bundan tashqari, yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, "Uzkad" axborot tizimdagi yer balanschi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha ham kelishib olindi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Baxmal _tumani

⭐️ Kadastr agentligi Baxmal tuman bo'limi inspektorlari tomonidan O'rmonchi MFY Bekkeldi qishlog‘ida yashovchi fuqaro O'. Y. tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurib olganligi aniqlandi.

🩶Ushbu holat yuzasidan fuqaro O'. Y. ga nisbatan MJtKning 60-modda, 3-qismi bilan dalolatnoma tuzilib, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

✍️Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🧊Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

◼️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
◼️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

📝Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

✏️Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Sharof Rashidov _tumani

YER EGASIZ EMAS, UNI SO'ROVCHILAR BOR❗️

✔️Darhaqiqat, shunday.📍 Sharof Rashidov tumani, Ravot MFY hududidagi xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. N. davlat zaxirasida bo'lgan 176 kv.m yer maydonini hech qanday asos hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan egallab, uy-joy qura boshlgani aniqlandi.

⭐️Kadastr agentligi Sharof Rashidov tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida noqonuniy holat fosh bo'ldi.

📁Natijada esa aniqlangan holat yuzasidan fuqaro Z. N. ga nisbatan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma  rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Forish_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Forish tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida📍 Egizbuloq MFYda yashovchi fuqaro F. U. Egizbuloq MFY hududi, GOLDEN TERRITORY MCHJga ijaraga ajratilgan yer maydonidan 48 kv.m yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab, uy poydevori qurib olganligi aniqlandi.

🩶Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro F. U. ga nisbatan Forish tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, ham ogohlantirish xati berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid🟢

🤔Bugun ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Zomin tumanida Kadastr xodimlari ishtirokida o'tkazilgan davra suhbatida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan zarur ko'rsatmalar berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🔰 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

📔 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

⌨️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish 📏 davr talabi

😄Jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladigan, davlatni ich-ichidan yemiradigan illatlardan biri bu korrupsiyadir. Shu boisdan korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining tuman bo‘lim (filial) lari xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

🕓 Navbatdagi davra suhbati Zomin tumanida tashkil etildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Sh_Rashidov_tumani

⭐️Kadastr agentligi Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida Forish tumani "Garasha" MFYda yashovchi fuqaro I. A. tomonidan Sharof Rashidov tumani, Kuyovboshi MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 kv.m yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab,uy-joy qurib olganligi aniqlandi.

📁Fuqaro I. A. ga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilib, ogohlantirish xati berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM