JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.22K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr_klinikasi

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📆 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

⌨️ Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этиш учун Озарбайжонга келди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Jizzax_kadastr
#Kadastr_va_mahalla
#Sh_Rashidov_tumani

🌐KADASTR IDORALARI - XALQ XIZMATIDA

🫥Sh. Rashidov tumani, Uchtepa MFY hududida yashovchi fuqarolar uchun  “Kadastr idoralari xalq xizmatida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🟢Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla profilaktika inspektori, hokim yordamchisi  bilan birga tashkil etilgan ushbu tadbirda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari I. Mustafoyev hamda B. Abduraimovlar fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallash, noqonuniy qurilmalar qurish va uning salbiy oqibatlari yuzasidan, shuningdek, yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida batafsil tushuntirishlar berdilar.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Sh_Rashidov_tumani

YERNI EGASIZ DEMANG...

"Yer juda mo'l, ozginasini olib biron nima qurib foydalansam, nima bo'libdi, yer kamayib qolarmidi?" deguvchilar ham afsuski oramizda topiladi.

📍Kuyovboshi MFYda yashovchi fuqaro R. R. davlat zaxirasida bo'lgan 77 kv.m yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurib oladi. ⭐️Kadastr agentligi Sh. Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida esa uning noqonuniy xatti-harakati fosh bo'ldi.

🔵Holat yuzasidan fuqaro R.R. ga nisbatan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma va boshqa tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr hujjati yo'qolgan taqdirda uni tiklash uchun qayerga murojaat qilish kerak
Anonymous Poll
18%
Hududiy arxiv bo’limlariga
14%
Kadastr idoralariga
68%
Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz sayti orqali
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga
2024-yil 01.07-05.07.2024 kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📧 Jami kelib tushgan murojaatlar soni 57 ta

🧊Yer maydoni ajratish bo‘yicha 6 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 14 ta

✍️ Nizoli holatlar bo‘yicha 4 ta

✏️So‘rovnomalar13 ta

📔 Boshqa masalalar bo'yicha 11 ta

⌨️Kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq holatlar5 ta

🔰Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 4 ta

📝Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 57 ta murojaatdan 33 ta ijobiy hal qilingan 24 ta o'rganish jarayonida.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Jizzax_shahri

HOLAT BARTARAF ETILDI

◼️ Qonunchiligimizda yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, u shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi.

📍Jizzax shahri, O'ratepalik MFY, O.Saidnsimov ko'chasidagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro D. J. ham noqonuniy xatti-harakatining oqibatlarini tushungan holda o'zboshimchalik bilan o'rnatilgan yengil konstruksiyali omborxonani belgilangan muddatda bartaraf etdi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Шуша шаҳрида Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе неформального саммита Организации тюркских государств в городе Шуше.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X