JIZZAX KADASTR
1.59K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.18K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Xatlov

XATLOV JARAYONLARIDA SHAFFOFLIK TA'MINLANMOQDA

🟢Avvalgi xabarlarda ta'kidlaganimizdek, joriy yil 8-noyabrdan O'RQ-937-son Qonuni kuchga kirdi. Shundan so'ng esa Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyatimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlab yuborildi.

Eslatma: ‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

🟩Suratlarda:⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari I. Mustafoyev va B.Abduraimovlar hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zafarobod tuman filliali xodimlari ishtirokida Bo'ston MFY mahallasida xatlov jarayonlarida shaffoflik ta'minlanmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

KORRUPSIYA ILDIZ OTMASIN...

Bugun⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari I.Mustafoyev va B.Abduraimovlar Paxtakor tuman bo‘lim va filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berdilar.

Eslatma: ‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Sayyor_qabul

⚡️ Ayni damda Yangiobod tumani, Yangiobod SHFY, Davlat xizmatlar markazi binosida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

❤️Unda  Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Mamasiyayev va tuman mutasaddilari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini  o'rganishmoqda.

◼️Sayyor qabul haqida  batafsil ma'lumot beriladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Sayyor_qabul
#Yangiobod_tumani

✍️Yangiobod tumanida sayyor qabul o'tkazildi✍️

Yuqorida xabar berganimizdek, 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Mamasiyayev  ishtirokida Yangiobod tumanida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

👨‍💻  Sayyor qabul jarayonida 12 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 2 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 6 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

◼️Shuningdek, aholi hamda tadbirkorlar uchun O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-son Qonuni mazmun-mohiyati, ahamiyati yuzasidan ham ochiq muloqot tashkil etilib, batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                   Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Qonun_targ'iboti
#Ochiq_muloqot

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Mamasiyayev ishtirokida Yangiobod tumanida aholi hamda tadbirkorlar uchun O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-son Qonuni mazmun-mohiyati, ahamiyati yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Baxmal_tumani

🌟Kadastr agentligi Baxmal tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan ham muntazam ravishda yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Navbatdagi o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumandagi Oyqor QFY hududidan fuqaro O. Q. o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda poydevor qurib olganligi aniqlandi.

🔵Mazkur holat va uning huquqiy oqibatlari kadastr inspektorlari tomonidan batafsil tushuntirilgach, fuqaro O. Q. tomonidan yer maydonining ixtiyoriy ravishda o‘z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Asosiy maqsad — korrupsiyadan holi tizim barpo etish

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Mamasiyayev  hamda Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari I.Mustafoyev va B.Abduraimovlar tomonidan Yangiobod tuman bo‘lim va (filial)ida yig'ilish o‘tkazildi.

😄 Yig'ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

😄Bundan tashqari yig'ilish davomida xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, jarayonga to‘g‘ri va xolis yondoshishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #savol_javob

Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolar qonunchilikda qay tartibda hal etiladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #ishonch_raqami

Kadastr xizmati yuzasidan murojaatingiz bor, lekin borish uchun vaqtingiz yo'q.

📞 Endi bu Siz o'ylaganchalik muammo emas!

☎️ 72-223-70-62 Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi

📱72-226-75-23 Davlat kadastrlari palatasi
Jizzax viloyati boshqarmasi 📞"Ishonch raqam"lariga qo'ng'iroq qiling.

ish vaqti dushanbadan - jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00


🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Mirzacho'l_tumani

⭐️Kadastr agentligi Mirzacho'l tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida fuqaro R. U. tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan dala uyi qurilishi qurib olganligi aniqlandi.

😎 Yuqoridagi holat yuzasidan qonunchilikka asosan fuqaro R. U. ga o‘zboshimcha egallangan yer maydonlarini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi. Shundan so‘ng fuqaro R. U tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.


👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM