JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🌟Kadastr agentligi va👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari I. Mustafoyev va B. Abduraimovlar tomonidan. Arnasoy tuman bo'lim hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

➡️Tadbir davomida soha xodimlariga korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Assalom_bahor_assalom_Navro'z

Aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar!

🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari jamoasi barchangizni bahor bayrami – Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etadi!

Navroʻz oʻzining betakror jozibasi, yangi hayotga umidbaxshligi bilan dillarni zabt etgan.

Istagimiz, qalbingizda hamisha bahoriy tuygʻular nish ursin! Koʻklam kabi yangi orzular istiqbolli manzillar sari chorlasin!

Navroʻz xalqimizga farovonlik, yurtimizga obodlik xonadonlarga fayzu-baraka, tinchlik-omonlik olib kelsin!

Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni qanday olish mumkin!

Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

✏️Reglamentga asosan:

🟢ismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

🟢Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

🟢Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📑Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Jizzax

KORRUPSIYANI BIRGALIKDA YENGAMIZ!

💰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📞 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining +998 72-223-73-81 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

✍️MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🟢 Hurmatli Jizzax viloyati, G'allaorol tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 29-mart, soat 15:00 da

📍 Manzil: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Mustaqillik ko‘chasi, Madaniyat markazi binosi

📃 Qabulga yozilish uchun +998 94 341 73 50 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔴 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🔴 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
🔴 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
🔴vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma'lumot
#Kadastr #Jizzax_kadastr

Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi
?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014-yildagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.

🟢 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🟢 tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▶️ DIQQAT E’LON!

🌟 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2024-yil, 29-mart,
🕔 soat 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

⚡️ Imtihoni jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Malaka imtihonida 18 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi qanday?

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

▪️ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-modda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari

TURAR JOYNING MAYDONI TO'G'RISIDA MA'LUMOTNOMA OLISH

My.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

🟢 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🟢 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

🟢 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qarori

🟢 Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida:

▫️"Jizzax ovozi" gazetasi ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Jizzax MTRK telekanalida;
▫️"Surxon tongi" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Nazorat.uz telegram kanalida;

◼️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabul haqida:

▫️"Poytaxt" informatsion dasturida (uzb);
▫️"Poytaxt" informatsion dasturida (rus);
▫️UzA maqolasida;
▫️Ochun.uz ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Hurfikr.uz internet nashrida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari haqida UzA maqolasida;

◼️Qoraqalpog'iston Respublikasining To'rtko'l umanidagi yangi kadastr binosi ochilishi to'g'risida:

▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida;
▫️TTV telekanalida;
▫️Kar24.uz telegram kanalida;
▫️Turtkul24 telegram kanalida;
▫️Qaraqalpaqstan xabar agentligi ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Karakalpakstan.uz telegram kanalida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятига ташрифини Янги Наманган туманидаги “Гавҳар груп” корхонаси фаолияти билан танишувдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Наманганскую область с ознакомления с деятельностью предприятия "Гавхар груп" в Янги-Наманганском районе.

#Mirziyoyev #safar #sanoat #zargarlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X