JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#Sayyor_qabul
#Arnasoy_tumani

😄  Ayni vaqtda  💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevich ishtirokida Arnasoy tumani fuqarolari va tadbirkorlari uchun 5-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi majlislar zalida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Sayyor_qabul
#Arnasoy_tumani

✍️Arnasoy tumanida sayyor qabul o'tkazildi✍️

Yuqorida xabar berganimizdek,💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevich ishtirokida Arnasoy tumanida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

👨‍💻 Sayyor qabul jarayonida16 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 1 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, 10 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 5 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH DOLZARB VAZIFA

😄Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

➡️Bugun🌟 Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tojiboyev hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimov tomonidan hududiy boshqarmalarning Do’stlik tuman bo‘limi (filiali) xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil etildi.

🫥Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga aniq faktlar va misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi qanday?

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra,

*️⃣Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔵Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔵 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔵 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

🟢 Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#arxiv

💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirkulov Arnasoy tumani filiali xodimlari bilan uchrashib, xodimlarning mehnat sharoitlari, hamda arxiv xonasini belgilangan holda tartibga keltirish, hujjatlarni qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish, hujjatlarni turma-tur joylash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM