JIZZAX KADASTR
1.71K subscribers
16.1K photos
1.87K videos
5 files
8.95K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +998722267523

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr
#arxiv_ishi

TEGISHLI KOʻRSATMA VA TAVSIYALAR BERILDI


💠Bilamizki, arxivlar kadastrning yuragi sanaladi. 🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan buyruqqa ko‘ra, 2024-yilda filiallar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishga yanada e’tibor qaratiladi.

🧊 Ayni vaqtda Davlat kadastrlari palatasida Arxiv ishi nazorati bo‘limi boshligi B.Axmedov Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tumani filial xodimlari bilan uchrashib, arxiv hujjatlari va ularning saqlanishini ko'zdan kechirdi. Shuningdek, arxiv hujjatlari tartibini to'g'ri yuritish va ularni raqamlashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati

NOQONUNIY ISH KЕLTIRAR TASHVISH


✏️Darhaqiqat, shunday. Afsuski, Baxmal tumani, O‘rmonchi MFY, Ilonchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.B qilayotgna ishining o‘zi uchun nechog‘lik tashvish olib kelishini o‘ylab ham ko‘rmadi.

🌟Kadastr agentligi Baxmal tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida M.B ning Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligidan 1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik egallab olib, 187 metr kvadrat noqonuniy uy-joy qurib olganligi aniqlandi.

💬Natijada esa...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun to'lovni 24 oyga bo'lib to'lash imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–198-son Farmoni bilan sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini 24 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi. Bunga qadar 12 oy muddatga bo'lib to'lash imkoniyati berilgan edi.

Ushbu Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida erkin iqtisodiy zona, turistik rekratsion zona, maxsus sanoat zona, kichik sanoat zona va yoshlar sanoat zonalaridagi yer uchastkalarini sotib olishda to‘lovlarni yigirma to‘rt oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Ayni paytda 4,5 mingdan ortiq sanoat zonalaridagi yer uchastkalari e-auksion.uz saytiga savdoga chiqarilgan bo'lib, ro'yxatdan o‘tgan holda sotib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr_mahalla
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
#huquqiy_savodxonlik

💠TARGʼIBOT TADBIRI OʼTKAZILDI

Kadastr organlari tomonidan aholi oʼrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda sohada korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

➡️Jumladan,💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimov, 🌟Kadastr agentligi Do’stlik tuman bo’limi boshlig’i F. Astanakulov hamda Davlat kadastrlari palatasi Do’stlik tuman filiali boshlig’i J. Qobulovlar tomonidan “Chinobod” MFY hududida yashobchi fuqarolar uchun targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

📹 Tadbir davomida soha vakillari tomonidan kadastr hujjati tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini olish va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📹Shuningdek, tamagirlik, korrupsion holatlarga guvoh boʼlgan taqdirda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimovga murojaat qilishlari toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati

ORTIQCHA XARAJATGA TUSHIB, QO‘SHIMCHA TASHVISHGA QOLMANG
!

🌟Kadastr agentligi Zarbdor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan ham muntazam ravishda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Sharq yulduzi” MFY hududidan fuqaro M. B. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 0.08 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olinib, qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

✏️Bo‘lim inspektorlari tomonidan ushbu huquqbuzarlik yuzasidan jinoyat alomatlari mavjudligi bois to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasiga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborildi. Shuningdek, fuqaroga yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan yozma ogohlantirish xati ham berildi.

✔️Xulosa o‘rnida aytish kerakki, agar fuqaro M.B qonun doirasida qurilish qilganida ortiqcha xarajatga tushib, qo‘shimcha tashvishga qolmagan bo‘lar edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan siyosiy (ma'rifat) o‘quv soatining bugungi sonida ishtirok etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI"

🌟Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Mirzacho‘l tumani bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Abduraimov, ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

➡️Davra suhbati davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM