JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.15K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida

MAHALLABAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan “Kadastr - aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

🗣Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Jizzax

🗺 Jizzax viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari

📍Arnasoy tumani
📍Baxmal tumani
📍G‘allaorol tumani
📍Sh.Rashidov tumani
📍Do‘stlik tumani
📍Zomin tumani
📍Zarbdor tumani
📍Mirzacho‘l tumani
📍Zafarobod tumani
📍Paxtakor tumani
📍Forish tumani
📍Yangiobod tumani
📍Jizzax shahar

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

Servitutni bekor qilish

😄Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

➡️servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;

➡️yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;

➡️servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;

➡️servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;

➡️qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

💠Huquqiy asos: «Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 871-sonli Qonuni.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanqid va tahlil

➡️KO‘RSATKICHLAR O‘RGANILDI

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari bo’lim boshliqlari va mutaxassislari tuman (shahar) bo‘lim va filial rahbarlari uchun (ZOOM platformasi orqali (1-15 noyabr ish hajmi) videoselektor bo‘lib o‘tdi.

🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov,💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Kodirkulov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi Sh.Soliyevlar tomonidan o‘tkazilgan ushbu videoselektorda korrupsiyaga qarshi kurash, ijro intizomi va murojaatlar to‘g‘risida, o‘zboshimchalik va noqonuniy qurilmalarga ko‘rilgan choralar va DRU bo‘yicha, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini olib o‘tish holati, Davreyestr pro 2 dasturida kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov kutilayotgan arizalar va tushum bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, mazkur dastur asosida kadastr pasporti shakllantirish uchun kelgan arizalarning muddat buzilish holati kabi masalalar ko‘rib chiqilib, ishga yondashuv bo‘yicha tahliliy, tanqidiy fikrlar bildirildi.

▪️Jumladan, Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov tomonidan joriy yilning 1-15 noyabr kunlari davomida sohaga doir ishlar, Yer nazorati tuman (shahar)lar ko‘rsatkichlari bo’yicha munosabat bildirildi. Ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tumanlarga ishni to‘g‘ri tashkillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Videoselektor yakunida rejalar kelishib olindi va tuman (shahar) bo’limi (filiali) rahbarlariga topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi uchun muddatlar belgilanib, ijro so‘zsiz ta’minlanshi shart ekanligi yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
"OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR"

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palaasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida 18-noyabr bayroq qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzularida tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Jizzax Davlat pedagogika universiteti professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ta'lim a'lochisi ko'krak nishoni sovrindori R. Xolmurodov bayroq insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biri ekanligi, o‘zini o‘sha xalqqa mansub sanagan inson borki, uni or-nomusi, hayotining muhim bir bo‘lagi deb bilishi, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayshi, madhiya yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Darhaqiqat, 🇺🇿bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. Zero, bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔨e-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

➡️Jizzax viloyatid 4 142 ta ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

📹 Arnasoy tuman 367 ta (ko'rish)
📹 Baxmal tuman 300 ta (ko'rish)
📹 G'allarol tuman 252 ta (ko'rish)
📹Sh.Rashidov tuman 242 ta (ko'rish)
📹Do'stlik tuman 280 ta (ko'rish)
📹 Zomin tuman 222 ta (ko'rish)
📹 Zarbdor tuman 269 ta (ko'rish)
📹 Mirzacho'l tuman 324 ta (ko'rish)
📹 Zafarobod tuman 329 ta (ko'rish)
📹 Paxtakor tuman 258 ta (ko'rish)
📹 Forish tuman 376 ta (ko'rish)
📹 Yangiobod tuman 346 ta (ko'rish)
📹 Jizzax shahar 639 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM