JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

➡️Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

➡️Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

➡️Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 11-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

G'ALLAOROL TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-IYUN HOLATIGA 45 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi G'allaorol tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-iyun holatiga 45 ta holatda yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 23 ta holatda yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢5 ta holat yuzasida yer maydoni bo'yicha yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟢 17 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

◾️YER UCHASTKALARI HAQIDA MA’LUMOTLAR◾️

▪️Yer kadastri ikki tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, biri yer uchastkasining yozma bayoni, ikkinchisi, uning chizma tasviri yoki xaritasidir. Xaritada asosan, yer uchastkasining fazoviy jihatlari ko‘rsatiladi. Ya’ni, uning chegarasi o‘tadigan nuqtalarning fazoviy koordinatalari beriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, fazoviy jihatlar yer uchastkasining yozma bayonidan alohida aniqlanadi.

▪️Kadastr axborotlarining mualliflik huquqi ham muhofaza qilinadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Jizzax_kadastr_radio

Kadastr xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

SH.RASHIDOV TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-IYUN HOLATIGA 32 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Sh.Rashidov tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-iyun holatiga 22 ta holatda yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 16 ta holatda yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢3 ta holat yuzasida yer maydoni bo'yicha yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan. 1 ta da'vo arizasi qanoatlantirilgan.

🟢 2 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🫥Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik:

🧡Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 60¹-moddasi.
👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

MANZIL XARITASI

Manzil xaritasi — reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bog‘langan axborotni o‘z ichiga olgan bir qismi sanaladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

DO'STLIK TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-IYUN HOLATIGA 19 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Do'stlik tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-iyun holatiga 19 ta holatda yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 10 ta holatda yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢5 ta holat yuzasida yer maydoni bo'yicha yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan. 2 ta da'vo arizasi qanoatlantirilgan.

🟢 2 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya

O'quv seminar

📚2023-yil 10-iyun kuni Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasining yillik ish rejasiga muvofiq, xodimlarning nazariy va amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida Zomin tumanida «Har bir xodim topograf va kartograf» mavzusida oʻquv-seminari o'tkazildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🟣Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar:

➡️yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;
➡️xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;
➡️xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;
➡️aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;
➡️yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;
➡️xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
➡️arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;
➡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, rad javobi olingan kundan e’tiboran bir oy ichida arizachi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi.

💠Asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 23-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Jizzax_kadastr_radio


Jizzaxda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar haqida ma'lumot berildi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

🌟Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga (05.06-09.06.2023-y) kelib tushgan murojaatlar tahlili

Jami kelib tushgan murojaatlar soni 50 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 12 ta

Yer maydoni ajratish bo‘yicha 4 ta

Boshqa masalalar 24 ta

So‘rovnomalar 10 ta

🔵Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 50 ta murojaatdan 26 ta ijobiy hal qilingan, 24 ta murojaat ijroda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🟣Xususiylashtirish subyektiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan, tegishli yerlar uchun xususiylashtirish paytida belgilangan yer solig‘i bazaviy stavkasining karrali miqdorlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

➡️Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer uchastkalarining, shuningdek xususiylashtirish subyektlarining ayrim toifalariga, shu jumladan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan shaxslarga nisbatan tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni belgilashga haqli.

➡️Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ijobiy qarorga ega bo‘lgan xabarnoma olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida arizachi tomonidan amalga oshiriladi.

💠Asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 24-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Infografika
⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasiga (2023-yil 1- 15 iyun holatiga) kelib tushgan jami murojaatlar soni 13 ta

SHUNDAN:

🧡Ijobiy hal etilgan murojaatlar 4 ta

🧡 Umumiy tushuncha berilgan 4 ta

🧡O’rganilish jarayonida 5 ta

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati, Zarbdor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

😄 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 16-Iyun, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Oybek MFY, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 11-sonli bolalar Musiqa va san’at maktabi binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998945755056 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

“E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI I

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimidir.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

🌟Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Rahmatov ishtirokida Zarbdor tumani hokimligi binosida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🌟Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                          Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM