JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim

😎mulk huquqi;
😎doimiy egalik qilish huquqi;
😎doimiy foydalanish huquqi;
😎meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 🟢qilish huquqi;
😎ijara huquqi;
😎ikkilamchi ijara huquqi;
😎xo‘jalik yuritish huquqi;
😎operativ boshqarish huquqi;
😎ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
😎bepul foydalanish huquqi;
😎renta;
😎ipoteka;
😎servitut;
😎ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🟢Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 10-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmatov hamda hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi Sh.Soliyev ishtirokida tuman (shahar) filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional bajarishi, odob-axloq, kasb etika qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada bo‘lishi, shuningdek, tizimni obro‘sizlantirish va sohaga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakat (harakatsizlik) evaziga pul, moddiy boylik yoki boshqa ko‘rinishda haq olmasligi yana bir bor ta’kidlandi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🫥

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'lim va filiallarida inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

🟢Jumladan, viloyatning Jizzax shahrida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

➡️KADASTR TASVIRLOVI➡️

Yer uchastkalarining chegaralarini joyda belgilash aniqligini ta’minlash, ma’lumotlarni kadastr tizimiga berish, undan tashqari bu ishlarni bajaruvchi yer tuzuvchilarning vazifalarini to‘g‘ri aniqlash, ularning ishlarini baholash maqsadida har bir mamlakatda kadastr haqida nizom ishlab chiqiladi. Nizomda kadastr tasvirlovi haqidagi barcha ko‘rsatmalar beriladi. Kadastrni tuzuvchilarning malakasi qay darajada bo‘lishi ham nizomda ko‘rsatiladi.

Kadastr tasvirlovini bajarish uchun yuriqnomalar, boshqa me’yoriy hujjatlar tuziladi va tasdiqlanadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

😎yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

😎binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

😎belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

😎ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

😎ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

😎Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🟢Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 17-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

⭐️Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUK o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Jizzax shahrining Bosh rejasi uchun 726 gektar hududida topografik suratga olish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
YER VA KADASTR NAZORATI BO‘LIMI TOMONIDAN 2023-YILNING
1-IYUN HOLATIGA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

🟢308 ta holatda jami 442,7 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Shundan:

🟢82 ta holatda 429,4 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

🟢186 ta holatda 7 gektar aholi punkti yerlari;

🟢22 ta holatda 1,7 gektar sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar;

🟢3 ta holatda 3,3 gektar o‘rmon fondi yerlari;

🟢3 ta holatda 0,7 gektar suv fondi yerlari;

🟢12 ta holatda 0,5 gektar zaxira yerlar.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

◾️QURILISHI TUGALLANMAGAN OBYEKTLAR◾️

▪️Qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ma_rifat_soati

NAVBATDAGI O‘QUV SOATI BOSHLANDI

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/Vo7Jrqc04Bs orqali tomosha qilishingiz mumkin.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

ARNASOY TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-IYUN HOLATIGA 43 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Arnasoy tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-iyun holatiga 43 ta holatda yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 37 ta holatda yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢 6 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🫥Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik:

🧡Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 60¹-moddasi.
👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM