JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.7K photos
1.75K videos
5 files
8.31K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr #yer_nazorati

✍️NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI✍️

⭐️Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Mirzacho'l tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan (huquqiy hujjatsiz) qurilgan qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko‘rilmoqda.

◾️X.Mukumov Mirzacho‘l tumani, "Yerjar" MFY, Gagarin ko‘chasidagi o‘zining yashash xonadoniga tutash bo‘lgan 15 kv.m maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy tarzda savdo do‘koni qurib olganligi aniqlandi.

◾️Shundan so‘ng fuqaro X.Mukumovga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3 -qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan edi.

◾️ Ayni vaqtda noqonuniy qurilma fuqaro X.Mukumov tomonidan bartaraf etildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🟣KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR VA ULARGA DOIR UMUMIY TALABLAR

😄Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➡️ariza;

➡️identifikatsiya qilish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

➡️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o‘chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o‘z ichiga olmasligi kerak.

➡️O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi) kerak.

💠Huquqiy asos: “«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 41-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🖥Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢ko‘p kvartirali uydagi kvartira 3 ish kunigacha;
🟢yakka tartibdagi turar joy 5 ish kunigacha;

🏢Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

⚠️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

⭕️KADASTR RAQAMI ⭕️

⭕️ Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi.


👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

JIZZAX SHAHRI BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-MAY HOLATIGA 19 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahri bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-may holatiga 19 ta holatda 0,17 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 10 ta holatda 0,1 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢5 ta holat yuzasidan 0,1 gektar yer maydoni bo'yicha sud jarayoni davom etmoqda.

🟢4 ta holat yuzasidan 0,02 gektar yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
Fuqaro o‘ziga tegishli bino joylashgan yer uchastkasini qanday xususiylashtiradi?

⭕️1-bosqich: Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ariza topshiriladi

⭕️2-bosqich: Ariza qonunchilik me’yorlariga asosan ko‘rib chiqiladi: ya’ni shu bino haqiqatan sizning nomingizga kadastr qilinganmi, binoni xususiylashtirish shaharsozlik me’yorlariga mos keladimi, yer uchastkasi bugungi kunda ham reyestrda mavjudmi – shu kabi jihatlar Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

⭕️3-bosqich: Barcha tekshiruvlardan o‘tgandan keyin, fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, ya’ni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🫥KO‘CHMAS MULKNI TEXNIK INVENTARIZATSIYADAN O‘TKAZISH 🫥

😎 Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berish.


👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aerogeodeziya

🟢 Jizzax hududlararo bo‘linmasi xodimlari tomonidan Jizzax shahri, A.Temur MFY hududida "Jizzax Hududgaz" buyurtmasiga asosan topografik syomka ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar!

◼️ Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda hamda Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mygov.uz orqali kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

➡️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

➡️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

➡️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

➡️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

➡️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

🫥Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 17-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

Ayni damda ⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida G‘allaorol tumanidagi Madaniyat saroyi binosida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

✍️G’allaorol tumanida sayyor qabul o'tkazildi✍️

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
👨‍💻 Sayyor qabul jarayonida 14 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 6 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi. Shuningdek, 8 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi.

🌟Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM