JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.22K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#yer_nazorati #Jizzax

⭐️Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Sh.Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi "Yangi diyor" va "Kuyovboshi" mahallasida noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan (huquqiy hujjatsiz) qurilgan qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko‘rilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

🔇 Hurmatli G‘allaorol tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🫥 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mamasiyaev ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 26-may, soat 10:00

✏️ Manzil: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Mustaqillik ko‘chasi, Madaniyat saroyi.

📲Qabulga yozilish uchun +998995560621 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🫥

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'lim va filiallarida inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

🟢Jumladan, viloyatning Forish tumanida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

YANGIOBOD TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-MAY HOLATIGA 5 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Yangiobod tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-may holatiga 5 ta holatda 0,46 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🟢Shundan 2 ta holatda 0,28 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

🟢3 ta holat yuzasidan 0,18 gektar yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHBARCHANING BURCHI

🟢 Jizzax shahridagi “Zilol” MFYda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi Sh.Soliyev boshchiligida ”Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning burchi” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

🟢 Tadbirda Sh.Soliyev yigʼilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

🟢 Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #yer_nazorati

✍️NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI✍️

⭐️Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Mirzacho'l tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan (huquqiy hujjatsiz) qurilgan qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko‘rilmoqda.

◾️X.Mukumov Mirzacho‘l tumani, "Yerjar" MFY, Gagarin ko‘chasidagi o‘zining yashash xonadoniga tutash bo‘lgan 15 kv.m maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy tarzda savdo do‘koni qurib olganligi aniqlandi.

◾️Shundan so‘ng fuqaro X.Mukumovga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3 -qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan edi.

◾️ Ayni vaqtda noqonuniy qurilma fuqaro X.Mukumov tomonidan bartaraf etildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🟣KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR VA ULARGA DOIR UMUMIY TALABLAR

😄Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➡️ariza;

➡️identifikatsiya qilish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

➡️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o‘chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o‘z ichiga olmasligi kerak.

➡️O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi) kerak.

💠Huquqiy asos: “«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 41-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🖥Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢ko‘p kvartirali uydagi kvartira 3 ish kunigacha;
🟢yakka tartibdagi turar joy 5 ish kunigacha;

🏢Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

⚠️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

⭕️KADASTR RAQAMI ⭕️

⭕️ Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshoot va ko‘p yillik daraxtlarning o‘ziga xos, O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlab qolinadi.


👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM