JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.8K photos
1.76K videos
5 files
8.38K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔴 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🔴 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
🔴 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
🔴vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyasiz_hayot_sari

"Biz kadastr sohasi vakillari birgalikda jamiyatimizning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan korrupsiya bilan kurashamiz.
Korrupsiya faqat bir tashkilot yoki shaxsning harakati bilan yo‘qolmaydi. Ammo birgalikda korrupsiyani yenga olamiz".

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #jarayon

🟢Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining Baxmal tuman bo‘limi (filiali) xodimlari ish jarayonidan fotolavhalar.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🌳 O‘RMON FONDI YERLARI

🌱O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.

🍀Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o‘rmon fondi yerlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

🌿Tuman hokimi o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari bilan kelishib, o‘rmon fondi yerlarini qishloq xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berishi mumkin.

☘️O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi,76-modda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ma_rifat_soati

NAVBATDAGI O‘QUV SOATI BOSHLANDI

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" boshlandi.

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/CiMoc96Bgd4 orqali tomosha qilishingiz mumkin.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #kitobxonlik

“O‘ZIMDAGI BARCHA YAXSHI XISLATLARIM UCHUN KITOBDAN MINNATDORMAN”

📖 Kitob bebaho boylik ekani barchamizga ma’lum. Birorta san’at turini televideniye va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o‘rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. “O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o‘z davridagi allomalardan biri.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘lim (filial) xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida haftaning juma kunida kitob mutolaasi soati yo‘lga qo‘yilgan.

📚Ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Shunday ekan, keling, birga kitob o‘qiymiz!

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

ZAFAROBOD TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-MAY HOLATIGA 4 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Zafarobod tumani bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-may holatiga 4 ta holatda 00,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

🧡2 ta holatda 00,4 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 1 ta da'vo arizasi qanoatlantirilgan.

🟢1 ta holat yuzasidan 0,01 gektar yer maydoni bo'yicha sud jarayoni davom etmoqda.

🟢2 ta holatda esa 0,03 gektar yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

💧SUV FONDI YERLARI

*️⃣Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

*️⃣Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi.

*️⃣Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oq bo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.

*️⃣Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.

*️⃣Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi,77-modda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣TADBIRKORLIK  UCHUN YER UCHASTKALARI.

   Jizzax viloyati bo'yicha 3834 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari e-auksion.uz platformasiga  mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan.

💠Arnasoy tuman 471 ta  (ko'rish)
💠 Baxmal tuman 359 ta  (ko'rish)
💠 G'allarol tuman 441 ta  (ko'rish)
💠 Sh.Rashidov tuman 168 ta  (ko'rish)
💠 Do'stlik tuman 228 ta  (ko'rish)
💠 Zomin tuman 386 ta  (ko'rish)
💠 Zarbdor tuman  260 ta  (ko'rish)
💠 Mirzacho'l tuman 407 ta  (ko'rish)
💠 Zafarobod tuman 273  ta  (ko'rish)
💠 Paxtakor tuman  239  ta  (ko'rish)
💠 Forish tuman 324 ta  (ko'rish)
💠 Yangiobod tuman 216 ta (ko'rish)
💠 Jizzax shahar 62 ta (ko'rish
      
   
Qo'shimca ma'lumotlar uchun:
Auksion vakili: 998-99-2072608 ( soat 09:00 dan 18:00 gacha)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

✍️ZAXIRA YERLAR✍️

Yuridik va jismoniy shaxslar egaligiga hamda foydalanishiga, ijaraga berilmagan, mulk etib realizatsiya qilinmagan barcha yerlar zaxira yerlardir. Bunday yerlar jumlasiga egalik qilish va foydalanish huquqi, ijaraga olish huquqi, mulk huquqi ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan yerlar ham kiradi.

Zaxira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi.


Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi,78-modda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Iyig'ilish #ijro_intizomi

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Sidikov ishtirokida tanqidiy tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

▶️Hududiy boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan barcha rahbar hamda xodimlar ishtirok etgan yig’ilishda kun tartibidagi bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda dastavval, tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, topshiriqlarning ijrosi, xodimlar o‘rtasida ijro va mehnat intizomi, ichki tartib qoidalarga rioya etilishni ta'minlash;

◼️xodimlar o’rtasida korrupsion holatlar kelib chiqmasligi kabi masalalar keng muhokama etildib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan xatо va kamchiliklarni bartaraf etish uchun topshiriqlar berilib, ularni bajarish uchun muddatlar belgilb olindi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM