JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️KORRUPSIYA TARAQQIYOT DUSHMANI

♻️Korrupsiya bu davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo'lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat.

🔸 Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan muntazam ravishda ushbu mavzuda davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.
🔸Bugungi davra suhbati Rеspublika aеrogeodеziya markazi Jizzax hududlararo bo‘linmasida o'tkazildi.
🔸Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.
🔸Tadbirlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar xususida davra suhbati ishtirokchilari bilan erkin fikr almashildi.

🌸Telegram I Instagram I Facebook

✏️Murojaat qilish fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Murojaatlar orqali xalqimizning kayfiyati, shart-sharoiti, olib borilayotgan islohotlarga munosabatini bilish mumkin. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman, Men konstitutsiyaviy islohotlarga #befarqemasman.

M. RAHMATOV – Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_bizniki

📹🎤Jizzaxda “Konstitutsiya o‘zimizniki” deb nomlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
.

📗Jizzaxlik yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda mamlakatning taniqli shaxslari viloyat ahlini konstitutsiya islohotlarida faol bo‘lishga chaqirdi.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🔴Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

⭕️ Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

🔻qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

🔻 noturar joylarni;

🔻 o'ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni.

👇
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
Qoraqolpog'istonda kadastri yo‘q 38 ming uy-joy va ko‘chmas mulklar bo‘yicha tegishli hujjatlar qilib beriladi.

Prezidentimiz Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda davlatimiz rahbari Qoraqalpog'iston aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan uchta yangi tashabbusni bildirdi.

Birinchisi, Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Buning uchun alohida Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, unga joriy yilda 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Ikkinchisi, kadastri yo‘q 38 ming uy-joy va ko‘chmas mulklar bo‘yicha tegishli hujjatlar qilib beriladi.

Uchinchisi, aholi talabini inobatga olib, joriy yilda 4 mingta uy-joy quriladi. Bunga qo‘shimcha, zamonaviy loyiha asosida 4 ming yakka tartibdagi uy-joy qurishga 4 sotixdan yer ajratiladi.
🌸 Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_atamalari

🛣Yer kadastri – bu yer uchastkalari haqida ma’lumotlar yig‘indisi. U kitob tarzida, kartoteka yoki ma’lumotlar tizimi tarzida tuziladi.

📉Yer kadastrida, yer uchastkalari tartib raqamlari, tavsifi, yer egalari haqida ma’lumotlar to‘plangan bo‘ladi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati Forish tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Sidikov boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 13-aprel, soat 11:00 dan.

⬇️ Jizzax viloyati, Forish tumani, O‘zbekiston MFY, Amir Temur ko‘chasi, 2 uy. Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Forish tuman bo‘limi (filiali) binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998 99-557-29-10 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Qonunchilik

Qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni sudgacha hal etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘iga asosan besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Komissiya tuziladi.

📂Komissiya a’zolarining soni toliq bo‘lishi kerak. Komissiya tarkibi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hududiy boshqarmasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining mas’ul xodimlari orasidan ularning roziligi asosida shakllantiriladi.

🏢 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan shaxs Komissiya a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#befarqemasman
#yangilanayotgan_konstitutsiya #OAV #Jizzax_kadastr

"Jizzax ovozi"
gazetasining 2023-yil 30-mart, №13-sonida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayevning "Haqiqiy hayot qomusi" nomli maqolasi chop etildi.

🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga joriy yil (27.03-31.03.2023 y.) kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni 57 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 4 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 12 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 4 ta
🔺Boshqa masalalar 11 ta
🔺So‘rovnomalar 20 ta
🔺Kadastr xodimlari xatti xarakati ustidan 1 ta
🔺Nizoli holatlar buyicha 5 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
57 ta murojaatdan 48 ta ijobiy hal qilingan, 9 ta murojaat ijroda.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
❗️Uy-joyimning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘ydim. Uni qayta tiklash jarayoni haqida ma’lumot bering.

Javob:

📌Ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron ariza berish yo‘li bilan qayta rasmiylashtirib olinishi mumkin. Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi, ariza ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Eslatma: Ariza rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook

◽️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida rasmiylashtirmaslik javobgarlikka sabab bo'ladi.

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi mumkin
👉Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Kadastr agentlik ShRashidov bo'limi sayyor qabul
<unknown>
#Jizzax_kadastr #Radio

🎤Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida SH.Rashidov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #infografika

Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Infografika #Jizzax_kadastr

Jizzax viloyatida erkaklar egalik qiluvchi ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma’lumot.

🌸Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
e-auksion.uz platformasi orqali 78 dan ortiq davlat aktivlarini sotib oling.

🔸Arnasoy tumani 6 ta (
ko'rish)
🔸 Baxmal tumani 5 ta (
ko'rish)
🔸 G'allarol tumani 10 ta (
ko'rish)
🔸 Sh.Rashidov tumani 3 ta (
ko'rish)
🔸 Do'stlik tumani 8 ta (
ko'rish)
🔸 Zomin tumani 2 ta (
ko'rish)
🔸 Zarbdor tumani 15 ta (
ko'rish)
🔸 Mirzacho'l tumani 7 ta (
ko'rish)
🔸 Zafarobod tumani 6 ta (
ko'rish)
🔸 Paxtakor tumani 2 ta (
ko'rish)
🔸 Yangiobod tumani 8 ta (
ko'rish)
🔸 Jizzax shahri 6 ta (
ko'rish)

🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHBARCHANING BURCHI

🔹Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan Jizzax shahar bo‘lim (filial) xodimlari ishtirokida korrupsiya va boshqa turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ”Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning burchi” deb nomlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🔹Unda korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga tushov ekani, shaxsiy tarkibda ushbu illatga nisbatan toqatsizlik kayfiyatini kuchaytirish, salbiy holatlarning oldini olishda barcha birdek ogoh bo‘lishi lozimligi, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganlarga jazo muqarrarligi alohida uqtirildi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook