JIZZAX KADASTR
1.63K subscribers
14.9K photos
1.77K videos
5 files
8.42K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Ijtimoiy_so‘rovnoma #Aholi_fikri

📹🎤Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan “Kadastr sohasida qanday islohatlar amalga oshirilmoqda? Umuman, tizimdagi yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar sezilyaptimi?" kabi savollarga javob olish maqsadidia aholi orasida so'rovnoma o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Infografika #Jizzax_kadastr

Jizzax viloyatida ayollar egalik qiluvchi ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma’lumot.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#befarqemasman

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.

📍Konstitutsiya loyihasining 84-moddasi.

✏️“Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, mamlakat, uning fuqarolari hayotida muhim va katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim hujjat - konstitutsiya har qanday davlatning bosh qonuni hisoblanadi.
Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.


D. SHODMONBEKOV – Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasi direktori.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
📣📣TADBIRKORLIK  UCHUN YER UCHASTKALARI.

   Jizzax viloyati bo'yicha 3842 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari e-auksion.uz platformasiga  mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan.

💠Arnasoy tuman 468 ta  (ko'rish)
💠 Baxmal tuman 360 ta  (ko'rish)
💠 G'allarol tuman 435 ta  (ko'rish)
💠 Sh.Rashidov tuman 169 ta  (ko'rish)
💠 Do'stlik tuman 230 ta  (ko'rish)
💠 Zomin tuman 389 ta  (ko'rish)
💠 Zarbdor tuman  260 ta  (ko'rish)
💠 Mirzacho'l tuman 409 ta  (ko'rish)
💠 Zafarobod tuman 274  ta  (ko'rish)
💠 Paxtakor tuman  243  ta  (ko'rish)
💠 Forish tuman 330 ta  (ko'rish)
💠 Yangiobod tuman  215 ta (ko'rish)
💠 Jizzax shahar 60 ta (ko'rish
      
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmalariga 2023 yil 23-25-mart kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni 21 ta
🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 2 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 6 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 3 ta
🔺Boshqa masalalar 10 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
21 ta murojaatdan 11 ta ijobiy hal qilingan, 10 ta murojaat ijroda.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Sharof Rashidov tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i N.Mamasiyayev ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 28-mart, soat 10:00

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Uchtepa dahasi, Mustaqillik ko'chasi, Bolalar musiqa va san'at maktabi

📱 Qabulga yozilish uchun +998 88-328-48-08 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️KORRUPSIYA– HALOKATGA YETAKLOVCHI YO‘L

🔹 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ana shunday illatlardan biri korrupsiya va poraxo‘rlikdir.
🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Mirzacho‘l tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Soliyev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
🔹Davra suhbatida Sh.Soliyev xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

     Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #referendum #befarqemasman

Referendumda kimlar ishtirok etish huquqiga ega?

❗️Referendumda ishtirok etish huquqiga oid norma «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 6-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi ham referendumda ishtirok etishga to‘la haqli hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI"

🔰 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Arnasoy tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Soliyev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Davra suhbati davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida hududiy boshqarmaning Sh. Rashidov tuman bo‘limida aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

⚡️Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida SH.Rashidov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

📝 Sayyor qabulda jami 21 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.
Tashkil etilgan sayyor qabulda 8 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
📩 13 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

🌸Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook