JIZZAX KADASTR
1.67K subscribers
15.3K photos
1.8K videos
5 files
8.56K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Korrupsiyasiz_hayot_sari

"Biz kadastr sohasi vakillari birgalikda jamiyatimizning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan - korrupsiya bilan kurashamiz.
Korrupsiya faqat bir tashkilot yoki shaxsning harakati bilan yo‘qolmaydi. Ammo birgalikda korrupsiyani yenga olamiz".

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligidagi Jizzax viloyati Baxmal tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda masalani ko‘rib chiqish uchun nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan hamda biroz muddat talab etgan bir nechta murojaatlar o‘z yechimini topdi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #jarayon

♻️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi (filiali) xodimlari ish jarayonidan fotolavhalar.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun qanday asoslar bor?

❗️O‘zbekiston Respublikasining 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-sonli Qonuni 17-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔻yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔻binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔻ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔻ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

♻️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#hashar_2023

🗒Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Zarbdor tumani bo‘limi va (filiali) xodimlari ishtirokida navbatdagi hashar bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.
Telegram I Instagram I Facebook
#Bizning_manzillar #Sh_Rashidov_tumani

OCHIQLIUKJAMIYAT TARAQQIYOTIDA MUHIM OMIL

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi va filiali

Bo‘lim boshlig‘i Qo‘ldoshev Abduxoshim Abdumo‘min o‘g‘li
Filial rahbariOrifxo‘jaev Asqar Baxrom o‘g‘li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: 🗒 dushanba-juma, soat 9:00 18:00

🏢Manzil: Sharof Rashidov tumani, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 72-342-10-75

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda tizim mutasaddilari ishtirokida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek, shu kunda Baxmal tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali binosi ham foydalanishga topshirildi.

🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:         
Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

Qanday hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish mumkin?

❗️O‘zbekiston Respublikasining 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-sonli Qonuni 12-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga Joriy yil (27.02-03.03.2023 y) kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni 60 ta
🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 5 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 15 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 8 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 3 ta
🔺Boshqa masalalar 11 ta
🔺So‘rovnomalar 18 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
60 ta murojaatdan 44 ta ijobiy hal qilingan, 16 ta murojaat ijroda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Infografika #Yer_nazorati #Jizzax

⚡️Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar to‘g‘risida MA`LUMOT (2023-yil 1-mart holatiga)

📍Jizzaxda Yer va kadastr sohasi bo'yicha jami 179 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

🔷 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
🔹 60-moddasi 2-qismi bilan 12 ta,
🔹60-moddasi 3-qismi bilan 11 ta,
🔹60¹-modda
bilan 1 ta,
🔹68-moddasi 1-qismi
bilan 54 ta,
🔹68¹-modda
bilan 101 tani tashkil etadi.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram I Instagram I Facebook
#bizning_manzillar #Jizzax_shahar

📍Kadastr agentligi Jizzax viloyati Jizzax shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati Jizzax shahar filiali

Bo‘lim boshlig‘i – Normatov Bobur Norpo‘lat o‘g‘li
Filial rahbari - Ergashev Sardor Burxonovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Amur Temur ko‘chasi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi qanday?

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🔻 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔻 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-modda.

Telegram I Instagram I Facebook
#Live #8mart

💐“Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!!!”

🌷Aziz ayollar, onajonlar, opa-singillar! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Siz borsiz - olam munavvar. Borligingizning o‘zi bir baxt. Shu baxt aslo zavol topmasin. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.🌹

🌺Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Har vaqt oilangiz, yaqinlaringiz, Sizni sevguvchilar va qadrlaganlar uchun tabassum ila yashang, munisa jonlar..!💐

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:                                                                                                                               Telegram I Instagram I Facebook
8-mart Xalqaro xotin- qizlar kuni keng nishonlandi

🎺Mo‘tabar ayollarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etish maqsadida bugun sohadagi ayollar va latofatli qizlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mamasiyayev va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar ishtirok etib, barchani ayyom bilan qutlashdi.🌸🌸

💐💐Tadbir davomida soha ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ayollar munosib taqdirlandilar.💐💐

🎼Bayram tadbirida konsert dasturlari hamda kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:                                                                      Telegram I Instagram I Facebook