JIZZAX KADASTR
1.64K subscribers
15.1K photos
1.79K videos
5 files
8.5K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati Baxmal tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 23-fevral, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Usmat shaharchasi, Do'stlik MFY, Mustaqillik ko'chasi 47-uy, 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosining faollar zali

📱 Qabulga yozilish uchun +998 88-438-80-00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
UY-JOY QURISH UCHUN YER UCHASTKALARNI SOTIB OLING!!

e-auksion.uz savdo platformasi orqali auksionlarda ishtirok eting.

▪️Paxtakor tumanidan 10 ta (ko'rish)
▪️Zomin tumanidan 1 (ko'rish)


Boshqa hududlardan ham yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish uchun;👉https://t.iss.one/onlineauksionuz 👈

Ayni vaqtda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda
.

Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
OʼZBOSHIMCHA EGALLANGAN YERLARDA QURILISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH

🔷Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
📌Asos: Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi (3-qismi);
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Infografika
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tumanlardagi filiallari tomonidan 2023-yilning 1-18-fevral kunlarida jami 851 ta koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
Кадастр агентлиги директор тайинланди

Фаррух Жахонгирович Пўлатов
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Кадастр агентлиги директори лавозимига тайинланди.

@uza_uz
⚡️ ⚡️ Jizzax viloyatida tashkil etilgan maxsus sanoat va iqtisodiy zonalardan yer uchastkalarini e-auksion.uz platformasi orqali sotib oling!

🏙 Yoshlar sanoat zonalari uchun 36 ta 👉 lot(ko'rish)
🌇Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 3 ta lot👉 (ko'rish)
🏙 Kichik sanoat zonalari uchun 24 ta lot 👉(ko'rish)
🌇Erkin iqtisodiy zonalari uchun 4 ta lot 👉(ko'rish)
🏙 Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) 2 ta lot 👉 (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarni shaffof tarzda, xarid qilishingiz mumkin. 🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun fuqaro:

1) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

2) U yerda so‘rovnoma to‘ldirilib, kadastr organlariga elektron tarzda yuboriladi.

3) Markaz so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.
Telegram I Instagram I Facebook
▪️Baxmal tumanida sayyor qabul▪️

⚡️Ayni damda rejaga binoan, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi murojaatlarini tinglab, ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Sayyor qabulda yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglanib, masalalari o'rganilmoqda. Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham yig'ilganlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
▪️Kadastr filialining yangi binosi▪️

⭐️🌟Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Baxmal tuman filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💰 Tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Jizzah viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i, Baxmal tuman hokimi, hamda tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🏛 Ushbu bino zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, unda majlislar zali, arxiv xona va ma'naviyat xonalari hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

KORRUPSIYAGA YO‘L YO‘Q

⚖️ Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

🏢 Kadastr Agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyani keltirib chikarish sabablarini aniqlash hamda uni bartaraf etish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

📲 Sizga nisbatan soha xodimlari tomonidan korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan boshqarmaning Komplayens-nazorat xizmati xodimining 998 99 550 43 53 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. 
                                 
  🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

⚛️ Amaldagi tartibga ko‘ra (https://lex.uz/docs/5947775), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion savdolari orqali sotib olganda auksion g‘olibi sotib olish qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
🇺🇿Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
#savol_javob

Men I-guruh nogironiman. Xonadonimning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda qandaydir imtiyozlar bormi?

❗️Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori (https://lex.uz/docs/-4977684) bilan tartibga solinadi.

I- va II-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi).

Telegram I Instagram I Facebook