JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.22K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax_kadastr #korrupsiyaga_qarshi

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - BARCHANING BURCHI
❇️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mamasiyayev hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikovlar tomonidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
🔹Yig'ilishda barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional bajarishi, odob-axloq, kasb etika qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada bo‘lishi, shuningdek, tizimni obro‘sizlantirish va sohaga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakat (harakatsizlik) evaziga pul, moddiy boylik yoki boshqa ko‘rinishda haq olmasligi yana bir bor ta’kidlandi.
Telegram I Instagram I Facebook
АFGʼONISTONDAGI HARBIY HARAKATLARDA HALOK BOʼLGAN YURTDOSHLARIMIZ XOTIRASI YODGA OLINDI

Jizzax shahridagi “Xotira maydoni”da Аfgʼonistonda harbiy harakatlarning toʼxtatilganligiga 34 yil toʼlishi munosabati bilan tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʼi N.Mamasiyaev ham ishtirok etdi.
Аytish kerakki, jasur jangchilarning 1994 nafari Jizzax oʼgʼlonlari edi.
Bugun oramizda sogʼ-salomat hayot kechirayotgan, barchamiz uchun nihoyatda aziz va qadrli boʼlgan nuroniy otaxonu onaxonlarimizga qoʼlimizni koʼksimizga qoʼyib, taʼzim qilamiz. Tadbirda Аfgʼonistondagi harbiy harakatlarda halok boʼlgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, motamsaro ona haykali poyiga gul qoʼyildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

KORRUPSIYAGA YO‘L YO‘Q

⚖️ Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

🏢 Kadastr Agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyani keltirib chikarish sabablarini aniqlash hamda uni bartaraf etish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

📲 Sizga nisbatan soha xodimlari tomonidan korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan boshqarmaning Komplayens-nazorat xizmati xodimining 998 99 550 43 53 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
Fuqaro o‘ziga tegishli bino joylashgan yer uchastkasini qanday xususiylashtiradi?

🔻1-bosqich: Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ariza topshiriladi.
🔻2-bosqich: Ariza qonunchilik me’yorlariga asosan ko‘rib chiqiladi: ya’ni shu bino haqiqatan sizning nomingizga kadastr qilinganmi, binoni xususiylashtirish shaharsozlik me’yorlariga mos keladimi, yer uchastkasi bugungi kunda ham reyestrda mavjudmi – shu kabi jihatlar Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔻3-bosqich: Barcha tekshiruvlardan o‘tgandan keyin, fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, ya’ni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
Fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qachon paydo bo‘ladi ?

🔻O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 18-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar (Fuqarolar)ning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi deb ko‘rsatilgan.
Telegram I Instagram I Facebook
⚡️⚡️e-auksion.uz platformasi orqali 334 dan ortiq ko'chmas mulklarni sotib oling.

🏩Arnasoy tumanidan 10 ta (ko'rish)
🏩 Baxmal tumani 18 ta (ko'rish)
🏩 G'allarol tumani 19 ta (ko'rish)
🏩 Sh.Rashidov tumani 18 ta (ko'rish)
🏩 Do'stlik tumanidan 8 ta (ko'rish)
🏩Zomin tumanidan 10 ta (ko'rish)
🏩 Zarbdor tumanidan 23 ta (ko'rish)
🏩 Mirzacho'l tumani 14 ta (ko'rish)
🏩 Zafarobod tumanidan 11 ta (ko'rish)
🏩 Paxtakor tumanidan 12 ta (ko'rish)
🏩 Forish tumanidan 3 ta (ko'rish)
🏩 Yangiobod tumanidan 12 ta (ko'rish)
🏩 Jizzax shahridan 176 ta (ko'rish)

Mazkur mulklarni shaffof tarzda, xarid qilishingiz mumkin.

👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram I Instagram I Facebook
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati Baxmal tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 23-fevral, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Usmat shaharchasi, Do'stlik MFY, Mustaqillik ko'chasi 47-uy, 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosining faollar zali

📱 Qabulga yozilish uchun +998 88-438-80-00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
UY-JOY QURISH UCHUN YER UCHASTKALARNI SOTIB OLING!!

e-auksion.uz savdo platformasi orqali auksionlarda ishtirok eting.

▪️Paxtakor tumanidan 10 ta (ko'rish)
▪️Zomin tumanidan 1 (ko'rish)


Boshqa hududlardan ham yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish uchun;👉https://t.iss.one/onlineauksionuz 👈

Ayni vaqtda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda
.

Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
OʼZBOSHIMCHA EGALLANGAN YERLARDA QURILISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH

🔷Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
📌Asos: Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi (3-qismi);
Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax_kadastr #Infografika
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tumanlardagi filiallari tomonidan 2023-yilning 1-18-fevral kunlarida jami 851 ta koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
Кадастр агентлиги директор тайинланди

Фаррух Жахонгирович Пўлатов
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Кадастр агентлиги директори лавозимига тайинланди.

@uza_uz
⚡️ ⚡️ Jizzax viloyatida tashkil etilgan maxsus sanoat va iqtisodiy zonalardan yer uchastkalarini e-auksion.uz platformasi orqali sotib oling!

🏙 Yoshlar sanoat zonalari uchun 36 ta 👉 lot(ko'rish)
🌇Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 3 ta lot👉 (ko'rish)
🏙 Kichik sanoat zonalari uchun 24 ta lot 👉(ko'rish)
🌇Erkin iqtisodiy zonalari uchun 4 ta lot 👉(ko'rish)
🏙 Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) 2 ta lot 👉 (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarni shaffof tarzda, xarid qilishingiz mumkin. 🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun fuqaro:

1) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

2) U yerda so‘rovnoma to‘ldirilib, kadastr organlariga elektron tarzda yuboriladi.

3) Markaz so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.
Telegram I Instagram I Facebook
▪️Baxmal tumanida sayyor qabul▪️

⚡️Ayni damda rejaga binoan, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi murojaatlarini tinglab, ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Sayyor qabulda yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglanib, masalalari o'rganilmoqda. Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham yig'ilganlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook