JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.8K photos
1.76K videos
5 files
8.38K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Туркий давлатлар ташкилоти давлат раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтди.

В городе Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось заседание глав государств Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika #Seminar

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi "Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 1010-son qaroriga muvofiq, geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish maqsadida Kadastr agentligi, Respublika aerogeodeziya markazi hamda Davlat Kadastrlar palatasi mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti  xodimi Uchqun Maxmudovraisligida D.Xudoyberdiev, D.Qodirov, hamda viloyat hokimi maslahatchisi B.Mavlonovlar ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi. Telegram I Instagram I Facebook
🔹Madaniy xordiq – ish unumiga zamin🔹

⚜️ Bugun, Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun madaniy xordiq tashkillashtirildi.

🎭 Xodimlar O'zbekiston Davlat Milliy Akademik drama teatriga tashrif buyurib, "Usmon Nosir" spektakli namoyishidan bahramand bo'lishmoqda.

#DavKadastrPalata #kasaba_uyushmalari_kuni
▫️Obyektning taqiqini tekshirish▫️

🏠 Sotuvga qo'yilgan mulkni notarial tartibda oldi-sotdi qilishdan avval binoga taqiq qo'yilganmi, yo'qmi tekshirishingiz ortiqcha ovoragarchilikka chek qo'yadi.

📧 Ushbu ma'limotni elektron ko'rinishda uyda o'tirib ham tekshirishingiz mumkin. Ya'ni my.gov.uz orqali koʼchmas mulkka nisbatan taqiq bor-yoʼqligini aniqlashtiring.
👉 https://my.gov.uz/uz/service/471

#DavKadastrPalata #ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд саммити доирасида манзарали ва мевали дарахтлар экилди

Куни кеча, Туркий давлатлар ташкилотининг Самарқанд саммити доирасида яна бир хайрли ишга қўл урилди – барча иштирокчи мамлакатларда дарахт экиш маросими ўтказилди.

Маълумки, ташкилотда бугунги куннинг энг долзарб муаммоси бўлган экология масалаларига алоҳида аҳамият қаратилиб, табиатни асраш бўйича амалий чоралар кўрилмоқда.

Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан “Яшил макон” дастури амалга оширилмоқда. Бундай лойиҳалар Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркия, Туркманистон ва Венгрияда ҳам бор.

Хусусан, Самарқанд саммити доирасида Ўзбекистон, Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркия, Туркманистон ва Венгрия етакчилари “Регистон” мажмуаси боғига кўчатлар экишди.

Маросим ушбу давлатлар пойтахтлари ва мамлакатимиз ҳудудларида видеоалоқа орқали кўрсатилди. У ерларда ҳам минглаб кўчатлар экилди. Шу тариқа, дарахтзорларни кўпайтириш ҳаракати халқаро миқёс касб этди.

Мазкур маросим доирисида Жиззах вилоятида ўтказилган кўчат экиш ишларида вилоят ҳокими Эргаш Салиев бошчилигида барча маҳаллалар вакиллари, ташкилот ва корхоналар ходимлари, олимлар ҳамда турли меҳнат жамоалари иштирок этишди.

Ўзбекистондан бошланган "Яшил макон" умуммиллий ҳаракати бутун Осиё минтақаси давлатлари ҳудудларига ҳам кўчганлигидан руҳланганлар Жиззах шаҳри марказидаги истироҳат боғига 5000дан зиёд туп манзарали ва мевали дарахт ва бута кўчатларини экдилар.
🔹Murojaatlarning haftalik tahlili🔹

🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 7-11 noyabr kunlarida jami 1 513 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 18
▫️Andijon viloyati - 76
▫️Buxoro viloyati - 16
▫️Samarqand viloyati - 18
▫️Sirdaryo viloyati - 63
▫️Surxondaryo viloyati - 163
▫️Qashqadaryo viloyati - 98
▫️Toshkent shahar - 156
▫️Toshkent viloyati - 453
▫️Navoiy viloyati - 27
▫️Namangan viloyati - 91
▫️Xorazm viloyati - 108
▫️Jizzax viloyati - 108
▫️ Farg‘ona viloyati - 75
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 43

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️OAV biz haqimizda▫️

❇️O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun 15,7 gektar yer Yerelektron AATga kiritilgan” sarlavhasi bilan UzAning ijtimoiy tarmog‘ida berilgan maqolada Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov bilan bo‘lgan suxbatni o‘qishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
✔️ TAYINLOV

Davlat soliq qo‘mitasi raisining joriy yilning 8-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Pazilov Bahrom Bahodirovich ⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Pazilov Bahromjon Bahodirovich 1988-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutining binolar va inshootlar qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Hozirgacha ⭐️Kadastr agentligi 🌟Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uychi tumani filiali boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

⭐️Kadastr agentligi jamoasi B.Pazilovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yugurish marafonida ▫️

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizada “Yangi Nafas” yugurish marafonlar o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

🏃‍♂️Bugun poytaxtimizning Xumo arena saroyi oldida ana shu marafon doirasida yurtimizdagi bir necha tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasidan ham xodimlar faol ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #marafon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube