JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.8K photos
1.76K videos
5 files
8.37K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Jizzax #Kadastr #Xatlov
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat Zarbdor tumani filiali xodimlari tomonidan kadastr hujjati bo‘lmagan turar-joylar xatlovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, kadastr xodimlari tomonidan joylarda o'tkazilayotgan xatlovlar ishlari hamda egalik huquqi bo'lmagan xonadonlarga oid ma’lumotlar "Uzkad" elektron bazasiga kiritish ishlari olib borilmoqda. 🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
🕊21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni

🕊BMT Bosh Assambleyasining 55/282-rezolyutsiyasida bir ovozdan 2002-yildan boshlab 21-sentabrni Xalqaro tinchlik – har yili ommaviy zo’ravonlikka va qon to’kilishiga qarshi kurash kuni deb e'lon qilgan. Shundan beri mazkur bayramda millionlab insonlar, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkilotlari turli aksiya va tadbirlar o’tkazib kelishadi.

#DavKadastrPalata #tinchlik_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatiga murojaat qilishingiz so'raladi.

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Eldor Kasimov;
☎️ (72) 223-70-54 @jizzax_kadastr_nazorat_bot
📞 +998 94-428-04-03
MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI. 🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 13-20 sentabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 553 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
📌Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:

🔸ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari mavjud bo‘lsa;

🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa;

🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar bo‘lsa;

🔸birlamchi kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) mavjud bo‘lmasa;

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;

🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingan bo‘lsa;

🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilsa. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
🔹Koreyadan xorij tajribasi🔹

🇰🇷 Kadastr agentliginining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bir guruh mutaxassislarimiz ayni kunlar Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

🔵 Seul shahrida LG-LX konsorsiumi tomonidan "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek Geoinfokom DUKdan jami 19 nafar yetakchi kadastr mutaxassislari va mas’ullari qatnashishmoqda.

🔵 Malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida :
— UAV texnologiyasi va qo'llanilishi;
— K-manzillar tizimini joriy etish;
— Koreyaning yer siyosati va iqtisodiy o'sishi kabi mavzular tahlil etilmoqda.
Xorij tajribasi natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #xorij_safari #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul #Jizzax_viloyati

⭕️ O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Forish tumanida sayyor qabul tashkil etildi. 🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram I Instagram I Facebook
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Нурафшон шаҳрига ташриф буюриб, Халқ депутатлари Тошкент вилояти кенгашининг сессиясида иштирок этади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит город Нурафшан и примет участие в сессии Ташкентского областного совета народных депутатов.

Facebook|Instagram|Twitter
#Бугун_туғилган_кун
Орифхўжаев Асқар Бахром ўғлини табриклаймиз!
Бугун – 22 сентябрь Ўзбекистон Республикаси Давлат Солик қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги Давлат кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармаси Ш.Рашидов тумани филиали бошлиғи Орифхўжаев Асқар Бахром ўғлининг таваллуд айёми.
Орифхўжаев Асқар Бахром ўғлини бошқарма жамоаси ҳамда тизимдаги барча ҳамкасблари номидан самимий муборакбод этиб, мустаҳкам соғлик, узоқ умр, келгуси ишларида улкан зафарлар тилаб қоламиз.
Соҳавий фаолияти давомида юқори марраларни забт этишига тилакдошмиз!
Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармалари жамоаси.
🇺🇿 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг! Telegram I Instagram I Facebook
#ҳуқуқ #савол_жавоб
Савол:
— Ота-онамдан қолган кўчмас мулкни сингилларим менсиз сота олмайдиган қилсам бўладими? Отам уларга ҳадя қилганлар.
Жавоб:
— Фуқаролик кодексининг 502-моддасига асосан ҳадя шартномасига мувофиқ бир тараф (ҳадя қилувчи) бошқа тараф (ҳадя олувчи)га ашёни текинга мулк қилиб беради ёки бериш мажбуриятини олади ва мазкур кодекснинг 507-моддасига асосан эса ҳадя олувчи ҳадя қилувчининг, унинг оила аъзолари ёки яқин қариндошларининг ҳаёти ёки соғлиғига қарши атайлаб жиноят содир қилган ҳолларда ҳадяни бекор қилишга суд тартибида йўл қўйилади.

🔹Юқорида келтирилган асосларга кўра, сиз синглингизга ҳадя қилинган мулкдан улиш талаб қила олмайсиз. У уйни сотган тақдирда ҳам сизнинг розилигингиз талаб этилмайди. 🇺🇿 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг! Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️ Qanday toifadagi yerlar xususiylashtiriladi?

◻️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube