Jizzax AvtoYo‘l Axborot xizmati
180 subscribers
4.26K photos
538 videos
11 files
1.21K links
Мурожаат учун : 👉 @jizzaxavtoyulbot
👉 [email protected]
Бизни кузатишда давом этинг:
👉 jizzaxavtoyul.uz
👉www.instagram.com/jizzaxavtoyulboshqarmasi
👉www.facebook.com/jizzaxavtoyul.uz
Download Telegram
#Live
"Jizzax yo'lko'kalam" unitar korxonasi tomonidan 4Р-38 avtoyo'lining 28-30 kmlari oraliqlarida manzarali ko'chatlar ekish ishlari.
#Diqqat ⚠️
#Tuman❗️

Ayni paytda Jizzax viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo, jumladan quyuq tuman tushishi tufayli yo'llarda haydovchi va piyodalarni harakatlanishini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Shu sababdan Jizzax Ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi "M39 Almati - Bishkek- Toshkent- Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo'lining 993-1012 km oraliqlarida (Xalq tili bilan aytganda Sayxanda, Jizzax perevalda) qalin tuman tushganligi va kun davomida tarqamaganligini ma'lum qilgan holda yo'lda harakatlanayotgan haydovchilardan hushyorlikni yo'qotmasdan, oraliq masofani saqlab , tezlikni oshirmasliklarini, o'zi va o'zgalarning hayotini xavfga qo'ymasdan yo'l qoidalariga rioya qilishlarini so'raydi.

Jizzax viloyat avtomobil
yo'llari bosh boshqarmasi
matbuot xizmati
#Chekka manzillarda ham obodlik

Olis hududlarga ham obodlik kirib kelmoqda, shuningdek Do'stlik tumanining chekka Qahramon MFY ning Islomobod ko'chasida ham uzunligi 1.1 km bo'lgan yo'lda asfalto-beton qoplamasi qoplash ishlari hamda Dehqonobod ko'chasida jami uzunligi 800 m bo'lgan ichki yo'llarda shag'allashtirish ishlari amalga amalga oshirilmoqda.


Jizzax viloyat
Avtomobil yo‘llari
Bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati
#Obod mahallalarda ravon yo'llar

Sharof Rashidov tumani «Qulpisar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mustaqillik ko‘chasida 900 m uzunlikda ichki yo'lda Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

(https://t.iss.one/Jizzax_avtoyol_pressa)
#Ichki yo'llar ravonligi

Baxmal tumani «Saroy» mahalla fuqarolar yig‘ini «Saroy» qishlog'i hududidagi 30- maktabga olib boruvchi ichki yo'l anchayin abgor ahvolda edi, bu o'z navbatida nafaqat bolalarning maktabga borishiga, balki aholiga ham birmuncha noqulaylik va qiyinchiliklar tug'dirgan. Mana hozirgi kunga kelib ushbu yo'lda 900 m uzunlikda Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi.

(https://t.iss.one/Jizzax_avtoyol_pressa)