Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.56K subscribers
6.7K photos
566 videos
52 files
2.03K links
Download Telegram
#team_building
#psychologist_time

🏢 JIzzax shahridagi Prezident maktabining pedagog xodimlari uchun jamoani uyushqoqligini oshirish hamda kayfiyatlarini ko'tarish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D. Xaydarova va maktab psixologi N. Egamova hamkorligida "Our friendly team!" mavzusida psixotrening mashg'uloti o'tkazildi.

⚡️Mashg'ulot davomida har bir ishtirokchi guruhlarda va yakka xolda faol ishtirok etishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍20🔥83
#trening #psychologist_time

📍Jizzax shahridagi Prezident maktabida maktab psixologi Nafisa Egamova tomonidan o'quvchilarga to'g'ri maqsad qo'yish, ijobiy fikrlashga ko'nikma hosil qildirish va turli darajadagi ruhiy zo'riqishlarni oldini olish maqsadida "Orzular xaritasi" nomli trening bo’lib o’tdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍20🔥4🎉1
#psychologist_time

🏢Jizzax shahridagi Prezident maktabi xodimlari uchun mavsumiy stress holatlarini oldini olish, jamoadoshlar orasidagi uyushqoqlikni yana ham oshirish maqsadida psixotrening mashgʻulotlari tashkil etildi.

📌 Mashgʻulot davomida turli ruhiy bosimlarni oldini oluvchi, boʻshashish hissini beruvchi amaliy mashqlar bajarildi hamda koʻzlangan maqsadga erishildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👏9👍7🔥2
#psychologist_time

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi Jizzax viloyati qo'riqlash boshqarmasining harbiy xizmatchilari bilan birgalikda "Bola huquqi himoyasida birgamiz!" mavzusida psixotrening mashg'uloti tashkil etildi.

⚡️ Unda "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya"ning tegishli moddalari haqida ma'lumotlar berildi hamda xizmat faoliyati doirasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlar yechimi yuzasidan amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍132🔥2👏1
#psychologist_time

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida “Vaqtni boshqarish taym-menejmenti” mavzusida 6-sinf o'quvchilari bilan psixologik trening mashg'uloti.

Mashg'ulot davomida SMART qonuni, Pomidor texnikasi va bir qancha diqqat va xotirani rivojlantiruvchi mashqlardan vaqtni to’g’ri rejalashtirish ko’nikmasini shakllantirish uchun foydalanildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍10🔥2
#psychologist_time

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchilari bilan maktab va maktab turar joyiga moslashish davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli ruhiy zoʻriqishlarni oldini olish maqsadida "5-sinf boʻlish osonmi ?" mavzusida psixotrening mashgʻuloti oʻtkazildi.

👩‍🏫Ushbu mashgʻulot davomida oʻquvchilar tanishuv, uyushqoqlikni oshirish va birdamlikni mustahkamlovchi hamda faollashtiruvchi oʻyinlarda ishtirok etishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍8🔥2🤩1
#psychologist_time
#dormitory_life

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o'quvchilarining maktab, yotoqxona tizimi hamda o'quv jarayonlariga moslashish davrida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli qiyinchiliklarni oldini olish maqsadida MMIBDO' va maktab psixologi hamkorligida o'quvchilar bilan samimiy suhbat qilindi.

⚡️Psixolog tomonidan faoliyati yuzasidan zarur eslatma o'quvchilar uchun taqdim etildi.

♻️Suhbat davomida o'quvchilar talab va istaklari tinglandi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍11
#Psychologist_Time | #Team_Building

Maktab jamoasi xodimlari uchun ochiq havoda ijobiy muhitni yaratish va psixologik barqarorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan psixotrening tashkil etildi. Ushbu trening davomida jamoa o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus mashqlarni bajardi.

Treningning asosiy jihatlari:

1) Jamoaviy ishonchni mustahkamlash uchun ijodiy o‘yinlar.
2) Stressni boshqarish va bardoshlilikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar.
3) Har bir xodimning kuchli tomonlarini kashf qilish va samarali ishlashga rag‘batlantirish.

🌿 Maqsad: Jamoani birlashtirish va samaradorlikni oshirish.
🎯 Natija: Ishonchli, bardoshli va samarali jamoa!

Videoni ko‘rib, bizning jamoaviy treninglar haqida ko‘proq bilib oling!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍14🔥2
#psychologist_time

Hayo - xaloskordir!

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabida MMIBDO' D. Haydarova, tarix fan o'qituvchisi M. Lapasov hamda maktab psixologi N. Egamova tomonidan o'quvchilar uchun "Hayo - xaloskordir" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati davomida "Hislatlar jamlanmasi" mavzusida psixologik trening o'tkazildi. Maqsad odob-axloq shakllanishida insoniy, ijobiy sifat va hislatlarni doimiy shakllantirib borishdan iborat.

♻️Davra suhbatida o'quvchilarga odamiylik, yaxshi va yomonni ajrata bilish, insoniylikning yuksak mezoni bo'lmish ibo, hayo, vafo, sadoqat va ma'suliyat haqida eslatib o'tildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍10🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#psychologist_time
#family_day

Jizzax shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Family day" turkum tadbirlari doirasida ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatni yaxshilash maqsadida "Farzandim-faxrim" mavzusida psixotrening mashg'ulotlari oʻtkazildi.

Ushbu mashgʻulotlar bir qancha yo'nalishlarni oʻz ichiga oldi. Jumladan:

Aloqa va tinglash ko'nikmalari;

Hissiy intellekt;

Ijobiy kuchaytirish;

Muammolarni hal qilish;

Birgalikdagi faoliyatlar;

O'zaro fikr almashish.

Barcha olib borilgan mashg'ulotlar ota-ona va farzandlar o'rtasidagi ishonchni mustahkamlashga, hamda bir-birini tushunishga yordam beradi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍14🔥52
#psychologist_time
#cyberbulling

Jizzax shahridagi Prezident maktabning 8-11 sinf oʻquvchilari uchun maktab psixologi N. Egamova hamda informatika fani oʻqituvchisi A. Mamiraliyev bilan hamkorlikda "Bir tahdidga besh zarba: Internetdan foydalanish madaniyati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida o’z-o’zini anglash va psixologik axborot gigiyenasini shakllantirish yuzasidan foydali axborotlar berildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍11🔥3
#psychologist_time
#zoʻravonlik_oqlanmaydi
#16_kunlik_aksiya


Jizzax shahridagi Prezident maktabida 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar "Zoʻravonliksiz maktab: Zoʻravonlik oqlanmaydi" faol harakati doirasida turkum tadbirlariga start berildi.

Ushbu muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktab oʻz logotipini olov rangga oʻzgartirdi.

🔥Olov rangi-umid, yorugʻlik va zoʻravonliksiz kelajak ramzidir.

🔹"Zo'ravonliksiz maktab" – bu maktabda o'quvchilarning xavfsiz va tinch muhitda o'qishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir konseptsiya. Zo'ravonliksiz maktabda o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar birgalikda ishlashadi, shunda har bir o'quvchi hurmat, mehr-muhabbat va o'zaro tushunish asosida tarbiya olishadi.

🔸Bunday muhitda zo'ravonlik, qo'pol muomalalar, kamsitish yoki boshqa salbiy xatti-harakatlarga yo'l qo'yilmaydi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍8🔥3
#psychologist_time

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari bilan orzu qilish, maqsadga erishish va kayfiyatning doimo ko'tarinki bo'lishini ta'minlashga ko'maklashadigan "Orzular xaritasi" nomli psixotrening mashg'uloti o'tkazildi.

⚡️Orzular xaritasi psixoterapiyada insonning o'zini anglashini chuqurlashtirishga yordam beradi va ichki dunyosini tartibga solish uchun bir vosita bo'lishi mumkin.

⚡️ Bundan ko'zlangan maqsad turli ruhiy zo'riqishlarni oldini olish, muntazam maqsadga erishish uchun harakat qilishlariga undashdan iborat edi va bunga erishildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍9🔥8
#psychologist_time
#CIS
#LEADERSHIP_TRAINING

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida maʼmuriy-boshqaruv xodimlari uchun "Liderlik xususiyatlari: o'zlikni anglash muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish" nomli psixotrening mashg'ulotlari oʻtkazildi.

Liderlik xususiyatlarini rivojlantirishda o'zlikni anglash va muloqot qobiliyatlari muhim o'rin tutadi. O'zlikni anglash, liderning o'z kuchi va zaif tomonlarini tushunishiga yordam beradi, bu esa uni yanada samarali boshqaruvchi qiladi. Muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, o'z fikrini aniq va tushunarli ifodalash, shuningdek, boshqalarni tinglash va ularga hurmat bilan yondashishni o'rganish orqali jamoa bilan muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi.

Psixotreningda bu qobiliyatlarni rivojlantirish, liderga o'zining ichki resurslarini topishga va boshqalar bilan to'g'ri muloqot o'rnatishga yordam beradi, bu esa jamoaning umumiy maqsadlarga erishishida katta rol o'ynaydi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍16🔥4🤩1
#psychologist_time

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan maktab psixologi hamda maktab hamshirasi bilan hamkorlikda ruhiy va jismoniy salomatliklarini oshirish maqsadida "Kelajaging uchun o'zing ma'sulsan!"mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

♻️ Trening davomida psixologik immunitetni oshiruvchi mashg'ulotlar bilan birga bio-trening hamda jismoniy mashg'ulotlar olib borildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍52🔥2😁1
#psychologist_time
#nizo_conflikt

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabinining 5-sinf oʻquvchilari uchun "Nizo va muammolarni hal etish" mavzusida psixotrening o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda, o‘quvchilarga turli xil muammolarni tahlil qilish, ularni hal qilishda mantiqiy yondashuvlar va ijobiy muloqot qilishning ahamiyati tushuntirildi. Dars davomida, o‘quvchilar nizolarni hal qilishda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni, hissiy reaksiyalarni boshqarishni va bir-birini tinglashni o‘rgandilar.

🔹Shuningdek, guruhlarda ishlash orqali o‘zaro yordam va tushunishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Treningning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda muammolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍9🔥31
#psychologist_time
#team_building

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoa xodimlari uchun kreativlik, turli vaziyatlarga moslashuvchanligi, yaratuvchanlik, zarur vaqtda jamoa boʻlib qaror qabul qila olish qobiliyatlarini oʻrganish maqsadida "Fikrlash qayishqoqligi" nomli psixolaboratoriya mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unga koʻra har bir ishtirokchi oʻz darajasini aniqladi hamda ushbu natijasiga asoslanib turli amaliy mashgʻulotlar bilan korreksion faoliyat olib borildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍8🔥2🤩2
#psychologist_time
#believe_in_yourself

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabinining 7-sinf oʻquvchilari bilan o‘quvchilarga har qanday faoliyat inson shaxsiyatining aqliy,axloqiy va estetik jihatdan shakllanishiga koʻnikma hosil qildirish hamda qatʼiy iroda, psixologik immunitetini rivojlantirish, intizom va masʼuliyatni oshirish maqsadida "Men oʻzimga, oʻz kuchimga ishonaman" mavzusida psixotrening mashgʻuloti tashkil etildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍112🔥1👏1
#psychologist_time
#practical_assistance

⚡️Jizzax shahar hokimligi, Jizzax shahar Xalq taʼlimi bo‘limi hamda Prezident maktabi hamkorligida 1-umumtaʼlim maktabi jamoasi uchun psixotrening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotlar:
– jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish,
– o‘qituvchilar o‘rtasidagi uyushqoqlikni mustahkamlash,
– psixologik barqarorlikni ta’minlash
hamda taʼlim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.


Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro ishonch, hamkorlik, hissiy barqarorlik va stressni boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍9🔥3
#psychologist_time
#CIS
#well_being

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi Jizzax viloyati qo'riqlash boshqarmasining harbiy xizmatchilari bilan birgalikda "Oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash: Qoʻriqlash xizmatining vazifalari" mavzusida psixotrening mashg'uloti tashkil etildi.

⚡️ Unda "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya"ning tegishli moddalari haqida ma'lumotlar berildi hamda xizmat faoliyati doirasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlar yechimi yuzasidan amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍5🔥4😁21