Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.12K photos
524 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida Jizzax viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda.

🔹Ushbu darslar o'qituvchilarning pedagogik malakalarini yanada oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o'rganish va o'quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan o'qituvchilar yangi metodikalarni, texnologiyalarni va pedagogik yondashuvlarni o'z ishlarida qo'llashga yo'naltirilgan tajribalar bilan bo'lishmoqda.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishga_taklif

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi Matematika fani oʻqituvchisi lavozimiga tanlov e’lon qiladi!


Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.


Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.


📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 12-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Ro'yxatdan o'tish❗️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#2kun #seminar

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida Jizzax viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda.

🔹Ushbu darslar o'qituvchilarning pedagogik malakalarini yanada oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o'rganish va o'quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Jizzax viloyatidagi Drama teatri bilan yaqindan tanishishdi.

🔺Tadbir doirasida o’quvchilar teatr sahnasida o’tkazilayotgan ishlar bilan tanishib, san’atning nozik jihatlarini o’rgandilar. Ular teatrga kirib, aktyorlarning mahoratini, sahnadagi ijro uslublarini va spektakllarning tayyorlanish jarayonini ko’rishdi. Ushbu ekskursiya o’quvchilarga san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish imkoniyatini yaratdi. Teatrga tashrif, o’quvchilarga madaniyat va san’atni yanada chuqurroq anglashga yordam berdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook