Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.46K subscribers
6.12K photos
524 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Mazkur tadbir doirasida umumtaʼlim maktab oʻquvchilari va ota-onalar Prezident maktabida yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, maktablarimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilindi.

Prezident maktablarida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlaridan videolavha.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida “Speech time” o’tkazildi.

📌Unda 7-sinf o’quvchilari “Xalqaro matematika fan olimpiadasi” da faxrli o'rinlarni olganligi uchun faxriy yorliq hamda medallari berildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda.

🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

☎️ Call-markaz: 1206

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarning joylashuv manzillari hududlar kesimida tayyorlandi.

📍Mazkur lokatsiyalar orqali hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashingiz mumkin.

🇺🇿
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#foydali_jarayon
#tez_tibbiy_yordam

Bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabida kichik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

⚡️Jizzax Prezident maktabining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Chaqiriqqacha harbiy tayyorgalik bo'yicha direktor o'rinbosari Sh.Alimardonov hamda maktab hamshirasi M.Mattiyevalar tomonidan o'quvchilarga jarohat va uning turlari, jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam, bog‘lam va bog‘lash uchun materiallar, shaxsiy bog‘lash paketidan foydalanish qoidalari va qon ketishining turlari, qon ketishini vaqtincha to‘xtatish usullari, arteriya qon tomirlarini barmoq bilan bosish nuqtalari, qo‘lbola siquvchi bog‘lam va tasma (jgut)dan foydalanish qoidalari haqida muhim ma'lumotlar berildi.

Nazariy ma'lumotlarni o'rganish amaliy mashg'ulotlar bilan uyg'un tarzda olib borilganligi, jarayonlarda bevosita o'quvchilarning ishtirok etishi foydali shu bilan birga samarali kechdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_ulashaylik

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabining 7-11-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan volontyorlik ishi yuzasidan navbatdagi manzil yaʼni "Muruvvat uyi" ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida bu maskanda istiqomat qilayotgan bemorlar holidan habar olindi va dildan suhbat qilindi. Ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun turli oʻquv qurollari toʻplami hamda bir qancha hadyalar taqdim etildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 DIQQAT, EʼLON!

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Jizzax shahridagi Prezident maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

⚡️Videoni ko'rish !

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#diqqat
#eslatma

📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda.

❗️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan ushbu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal